3-Ma’ruza. Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari



Yüklə 42,2 Kb.
səhifə10/11
tarix25.05.2023
ölçüsü42,2 Kb.
#112886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- Ma\'ruza

Me'da osti bezi. Me'daning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi ro`parasida joylashgan bo`lib, og`irligi yangi tug`ilgan bolada 4-5 g, balog`atga yetish davrida 15-20 baravar kattalashadi. Uning vazni kattalarda 70-80 g, uzunligi 16-20 sm gacha bo`ladi. Me'da osti bezi aralash bez bo`lib, to`qimasining 98-99 % tashqi sekretsiya funktsiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi shira yoki fermentlarni ishlab chiqaradi. qolgan bir ikki foizi ya'ni Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funktsiyasini bajaradi. Bezning Langergans orolchasi qismida glyukagon, insulin va gastrin gormonlari ishlab chiqariladi.
Glyukagon – alfa hujayralaridan ishlab chiqiladi. Bu yog`` to`qimalaridagi yog``ning parchalanishini tezlashtiradi. Sekresiya funktsiyasida jigar muskullarida zahira holda to`plangan glyukogen moddasini parchalab glyukozaga aylantiradi. Gastrin gormoni esa qon orqali me'daning ferment ajratish funktsiyasini boshqarishda ishtirok etadi.
Insulin ta'sirida qondagi qand yani uglevodlar zapasi glikogenga aylanadi. Insulinning kamayishi qandlik diabetga olib keladi. Insulin organizmda yog`` to`planishini yaxshilaydi. Insulin B betta- hujayralaridan ishlab chiqiladi. Oqsillarni sintezlashda embrionning dastlabki rivojlanishida uning qoniga insulin ko`p bo`ladi. Tug`ilgandan keyin insulin miqdori o`zgarishlarga uchraydi. Sog`lom odam qonida qandning normal miqdori 80-120 mg % bo`ladi, qandli diabet kasalligida esa uning miqdori 150-250 ml g % ga ko`tarilib, undan ham ortib ketishi mumkin. Bu kasallik turli yoshlarda ayniqsa 6-12 yoshli bolalarda ko`p uchraydi. Uning kelib chiqishiga sabab, ko`p siqilish va uglevodlarga boy ovqatlar, hamirli ovqat, qand, shirinliklarni haddan tashqarii ko`p yeyish natijasida kelib chiqadi.
Jinsiy bezlar –Aralash bezlar qatoriga kiradi. Ularning tashqi sekretsiyasi jinsiy hujayralar-spermatazoidlar, hamda tuxum hujayralariga ishlab, tashqariga chiqarishdan iboratdir. Ichki sekretsiya esa garmonlar hosil qilish va ularni qonga ajratishdan iborat. Funktsional jihatidan erkak jinsiy garmonlari bilan ayol jinsiy garmonlari bir – biridan farq qiladi, ammo ularning kimyoviy tarkibi, tuzilishi bir xil bo`ladi.
Odamning ma'lum bir yoshga kelib, balog`atga yetilishi jinsiy bezlarning rivojlanishiga va ularning ichki sekretor faoliyatiga bog`liqdir. Bolalarning jinsiy balog`atga yetilishi, ovqatning turi, uning sifat tarkibi, mehnat va dam olishning rejimiga qarab, ertaroq yoki kechroq boshlanishi mumkin. Iste'mol qilinadigan ovqat tarkibida oqsil birikmalari va yog``lar yetarli bo`lmasa, jismoniy mehnat og`ir bo`lsa, ruhiy isteroblar bo`lib tursa, balog`atga yetishish odatda kechiqadi. Balog`atga yetish davrida bolalarda, barcha organlar va sistemalarda chuqur marfologik hamda funktsional o`zgarishlar ro`y beradi. Bu davrda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi. Birlamchi jinsiy belgilarga: jinsiy bezlar (urug`don va tuxumdonlar) hamda jinsiy organlar (jinsiy olat, prostata bezi, qin, bachadon, tuxum yo`llari) kiradi.
Balog`atga yetish davrida o`g`il bolalarda yetuk spermazoidlar hosil bo`la boshlasa, qiz bolalarda tuxum hujayralar hosil bo`la boshlaydi.
Erkaklar jinsiy bezlaridan androgenlar deb nomlanuvchi garmonlar ajralsa, ayollar jinsiy bezlaridan esa ekstrogenlar deb nomlanuvchi garmonlar ajraladi.
Androgenlarga, testosteron, ondrosteron va boshqa garmonlar kiradi.
Ekstrogenlarga, estron, estriol va estradiol garmonlari kiradi.
O`g`il bolalar 13-15 yoshdan spermazoidlar ishlab chiqara boshlaydi. Qiz bolalarning tuxum ishlab chiqarishi 12-13 yoshda boshlanadi.
Kichik maktab yoshini o`z ichiga oladigan davr prebubertat davri deb ataladi, mana shu davrda organizm jinsiy jihatidan yetilishga tayyorlanib boradi. Bu davrda muskul sistemasi zo`r berib rivojlanadi. Bu davrda o`g`il bolalar bilan qiz bolalar harakterining muayyan belgilari rivojlanishdagi tafovutlar bilinib qoladi. Shuni yaxshi bilish kerakki, organizmning pubertatdavrida (jinsiy yetilish) tayyorlanishi bir qancha omillarga bog`liqdir; irsiy xususiyatlar, ovqatlanish harakteri, iqlim turmush tarzi, oila, tarbiya va hokazalar jarayonga ta'sir etadi.
Bolalarning jinsiy yetilib borishi bilan xiqildoqdagi qalqonsimon tog`aylar zo`r berib o`sadi, ovoz bir muncha past tovushga o`tib, sochlar ancha qattiqlashadi, soqol va mo`ylov ancha ko`rinib qoladi va hokazo.
Qiz bolalarda jinsiy yetilish, o`g`il bolalarga nisbatan, oldinroq tugallanadi. Hozirgi kunda, jinsiy yetilish qiz bolalarda 10-11 yoshdan boshlanib, tana tuzilishida o`zgarishlar, ya'ni ayollarga xos belgi va sifatlar paydo bo`la boshlaydi. Qiz bolalarning 12-13 yoshdan ayrim hollarda kattaroq yoshdan menstruatsiya jarayoni boshlanadi.
Bolalarning jinsiy balog`atga yetilishi individual xususiyatlarga, yashash geografik sharoitlarga bog`liqdir. Shimoliy kengliklarda yashovchilarga nisbatan, janubiy kenglik sharoitida yashovchi xalqlarda jinsiy balog`atga yetilish barvaqtroq boshlanadi.
Organizmda jinsiy faoliyat, boshqa ichki sekretsiya bezlarining garmonal faoliyati bilan ham bog`liqdir. Jinsiy bezlar funktsiyasiga bosh miya katta yarim sharlar po`stlog`i va markaziy nerv sistemasi ham ta'sir ko`rsatadi.
Bolalarning maktab yoshigacha, buqoq bezi buyrak usti bezi faoliyatidan ustunlik qilsa, maktab davrida jinsiy bezlar faoliyati ustunlik qiladi. Bu holat suyak-muskul sistemasiga va psixo-nervologik holatiga ham ta'sir etadi. O`smirlar bu davrda uyalchang, tez-tez arazlaydigan, harakteri beqaror bo`lib qoladilar. Jinsiy balog`at yetilish davrida, bolalar bolalikdan, kattalikka o`tishga intiladilar va o`zlarini kattalarga xos hatti harakatlari bilan ko`rsatishga harakat qiladilar. Shu davrdan boshlab, tarbiyachilar, ota-onalar, biz pedagoglar uchun eng ma'suliyatli davr hisoblanadi. O`g`il bolalar chekishga, ichishga intiladilar. Kattalarni gapini eshitishga qiziqadilar. Bu davrda ota-onalardan va pedagoglardan juda juda ziyraklik talab etiladi. Ularning nomaqul ishlarini, ko`pchilik oldida muhokoma qilmasdan individual tarbiya olib borishga to`g`ri keladi.
Jinsiy tarbiyani balog`atga yetilmasdan oldinroq boshlash kerak. Ularga odamning jinsiy rivojlanishi haqida chuqurroq tushuncha berish kerak bo`ladi. Bu tarbiyani olib borishda pedagoglardan moxirlikni, qattiyatlikni va zukkolikni talab etadi.



Yüklə 42,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə