3-mashg’ulot. Ommaviy qirg’in qurollari ta’siridan himoyalanish ishdan maqsad


-rasm. Yadroviy portlashda radioaktiv shikastlanish hududlarining hosil bo’lishi



Yüklə 69,61 Kb.
səhifə5/7
tarix20.06.2023
ölçüsü69,61 Kb.
#118239
1   2   3   4   5   6   7
3 mashgulot

2-rasm. Yadroviy portlashda radioaktiv shikastlanish hududlarining hosil bo’lishi

Yadro zaryadining to’liq parchalangan vaqtdagi nurlanish dozasi bilan zararlangan vaqtdagi radiatsiya darajasi o’rtasidagi bog’liqlik quyidagicha ifodalanadi: D = 5 Pt zar t zar



Bunda:

D - yadro zaryadining to’liq parchalangandagi nur dozasi;




t zar - zararlanish vaqti;




Pt zar - zararlangan vaqtdagi radiatsiya darajasi.

A hudud tashqarisida D=40 rad, P=8 rad-soat bo’lib, hudud ichida radioaktiv moddalar miqdori 60 foizni tashkil etadi. Bunday holatda A hudud ichida joylashgan inshootlar ma’lum vaqt oraliqlarida ishlash imkoniyatlariga ega.
B hudud tashqarisida esa D=400 rad. va P=80 rad./soat bo’lib, hudud ichida bo’lgan odamlar 1 sutka davomida himoya inshootlarida saqlanishlari hamda ish faoliyatlarini to’xtatishlari kerak bo’ladi.
V hudud tashqarisida D=1200 rad. va P=240 rad./soat tashkil etib, hudud ichida bo’lgan odamlar ishlarini 1-4 sutkagacha to’xtatib, fuqarolar himoya inshootlarida saqlanishlari kyerak bo’ladi.
G hudud tashqarisida esa D=4000 rad. va P=800 rad./soat ichida esa -10000 rad bo’lib, bunda fuqarolar 4 sutkagacha ishni batamom to’xtatib, o’zlari himoya inshootlarida saqlanishlari kyerak.
Vaqt o’tishi bilan radioaktiv moddalar tabiiy parchalanishi oqibatida shikastlangan hududlarda radiatsiya darajasi kamayib boradi.
Radiatsiya darajasi aslahaning portlatish turiga, quvvatiga, joy rel’efiga, metereologik va geologik sharoitlarga bog’liq. Agar radiatsiya darajasi yerdan 0,7-1 metr balandlikda o’lchanganda 0,5 rad/soat bo’lsa, o’sha joy zararlangan hudud deyiladi. U yerda himoya vositalaridan foydalaniladi.
Yadroviy portlashda nafaqat joylar, balki uning hududida bo’lgan jamiki uskunalar, kiyim-kechaklar, suv, havo, oziq-ovqat mahsulotlari va yerning ma’lum qalinlikdagi qatlami ham zararlanadi.
Inshootlarni, atrof-muhitni, moddiy resurslarni qanday darajada zararlanishi u yerdagi radioaktiv moddalarning miqdori bilan yoki zararlanish zichligi bilan aniqlanadi va Kyuri /sm bilan o’lchanadi.
Kyuri-deganda 1 soniyada 37 mld. atom parchalanganda hosil bo’ladigan radioaktiv modda miqdori tushuniladi, Yani 1kyuri=3,7 1010 parch/s. Odatda radioaktivlik millikyuri va mikrokyuri (mk kyuri) bilan yoki SI tizimida esa Bekkyerel bilan o’lchanib, uning birligi sifatida, radioaktiv moddalarni 1 soniyada 1 ta parchalanishi (1 parch/s) qabul qilingan.
Radioaktiv zararlanish birlamchi va ikkilamchi ta’sirlardan bo’lishi mumkin: Yani radioaktiv bulutdagi radioaktiv zarrachalarni tushishi oqibatida hamda zararlangan uchastkalardan texnikalarni changitib yorishi natijasida kuzatiladi.
Inson organizmiga radioaktiv zarrachalar 2 xil yo’nalish bo’yicha: birinchisi zarrachalarni nafas yo’li orqali va ikkinchisi radioaktiv zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari orqali kirib zararlaydi. Buning oqibatida radioaktiv moddalarning miqdoriga qarab: engil, o’rtacha og’ir va juda og’ir darajadagi shikastlanish yuz beradi. Radioaktiv zararlanishdan saqlanishning ishonchli uslubi- himoya inshootlarida (boshpanalarda, RSB, usti Yopiq yerto’lalarda va shaxsiy himoya vositalari (gazniqob, respirator, changdan saqlovchi maska, paxta dokali taqqich va boshqalar) yordamida saqlanish mumkin.

Yüklə 69,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə