3 Mavzu: inssenirovka ustidagi ish bosqichlari



Yüklə 240,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix31.01.2023
ölçüsü240,46 Kb.
#99840
1   2   3   4
3-mavzu (1) (1)

Tasviriy masal — 
ssenariysini 
yaratishda, asosan, bir mavzuga g’oyaviy jihatdan to’g’ri keladigan bir nechta 
masallar kompozitsion jihatdan birlashtiriladi. Tasviriy masal mavzusi 
tanlanganda uning dolzarbligi, g’oyaviyligi bor muammolarni ochib bera olish 
g’oyasi majoziy obrazlar orqali hal etiladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, 
majoziy obrazlar insonlashtiriladi. Ya'ni majoziy obrazlarda xarakter 
chizgilaridagi detallarning ba'zilari eng keraklilari olinib, insonning xarakterli 
chizgilari orqali ijro etiladi. Tasviriy masal ssenariysida masallar g’oyaviy 
jihatdan birbirini to’ldiruvchi, davom ettiruvchi sifatida montaj qilinadi. 
Tasviriy masalda faqatgina masallargina emas, balki hayvonlar obrazi 
ishtirokidagi ertak va hikoyalardan ham foydalanish mumkin. Masalan, Anvar 
Obidjonning «Qorin botir» nomli ertagi, talabalar ijrosida tasviriy masal janrida 
sahnalashtirildi. Bu 118 she'riy uslubda yozilgan ertakning g’oyasi masal 
janrining talab- [ariga toiiq javob beradi. Bu asardagi quyonlar, sher, ayiq va 
hokazo majoziy obrazlar ishtirok etib, insonlarning o’rmonda unutib qoldirgan 
shari (pufak) atrofida rivojlanadi. Odam timsolida ko’z, qosh, og’iz chizib 


qo’yilgan shardan quyonlar qorin botir sifatida foydalanib, yowoyi, yirtqich 
hayvonlarni qo’rqitish maqsadida unumli foydalanadilar. Bu tasviriy masalga 
chaqimchi qarg’alar obrazini kiritilishi masalning tomoshaviyligini yanada 
oshirgan. Ayniqsa, hammamizga maium boigan Krilovning «Tulki bilan 
qarg’a» masalining zamonaviy talqinining ishlatilishi tomosha g’oyasini 
yanada toidirishga yordam berdi. Bu masalning zamonaviy talqini quyidagicha 
hal etildi. Bir boiak pishloqni tishlab olgan qarg’a daraxt shoxida o’tiribdi. Buni 
ko’rgan tulki uning oldiga ayyorona, qo’shiq aytib, raqsga tushib, yaqinlashadi. 
Tulki qarg’ani ko’p maqtaydi, uning ovozini bulbulga o’xshatadi... Undan 
ajoyib bir qo’shiq aytib berishni iltimos qiladi. Uning gapini eshitib turgan 
qarg’a pishloqni qanoti orasiga shartta qistirib: — «Ey ahmoq tulki, kimni 
aldamoqchisan, u davrlar o’tib ketgan, ayyorliging menga o’tmaydi», — deb, 
tulkining ustidan kulib, uchib ketadi. Giybatchi qarg’alar obrazlari barcha 
masallarni bir-biri bilan g’oyaviy ulashga, tomosha tempo-ritmini 
rivojlantirishga yordam berdi. Yana bir misol, talabalar bilan material yig’ish 
jarayonida qoiimizga bir betlik, o’rmondagi hayvonlarning qo’shiq bo’yicha 
ko’rik tanlovi haqida yozilgan she'r tushib qoldi. She'r orqali tasviriy masal 
ssenariysi yaratiladi. Bu tomoshada qo’shiq, raqs va boshqa ta'sirchan 
vositalardan unumli foydalanildi. Tomosha prologida bir qancha hayvonlar 
rechtativ shaklida: 
Hayvonlaru, hayvonlar Eshitmadim demanglar. Bugun 
bizning o 'rmonda, Bo Tib o 'tur zo (r tanlov, 
deb o’rmondagi barcha 
hayvonlarni tanlovga chorlaydilar. Barcha tanlovlarning hakami Sher aka bilan 
uning rafiqasini qarsaklar bilan kutib oladilar. Ishtirokchilar endi eion 
qilinadigan vaqtda Eshshak sahnaga yugurib chiqib, Sher akaga egilib ta'zim 
qilib, Sher aka to’g’risida va'zxonlik qilib, unga to’n, do’ppi kiygazadi. 119 
Shunday qilib, ko’rik-tanlov boshlanib, birinchi ishtirokchi Bo’ri, so’ng 
Xo’roz, Ayiq va Bulbul o’z mahoratlarini namoyish etib, qo’shiq kuylaydilar. 
Ayniqsa, Bulbul kuylaganda hamma qoyil qolib, qarsak chalib olqishlaydi. 
Oxirgi boiib, Eshshakvoy chiqib, maza qilib, barchaning qulog’ini qomatga 
keltirib, hangrab beradi. _oliblarni eion qilish uchun so’z Shyerga beriladi. Sher 
Eshshakni maqtab, g’oliblikni unga beradi. Ish jarayonida har bir obrazning 
xarakteri yaxshilab o’rganilib, chizgilari topildi. Shu tasviriy masalning 
g’oyaviy davomi sifatida boshqa kurs talabalari bilan «Ziyofat» nomli tomosha, 
bir qancha mashhur mualliflarning masallari asosida sahnalashtirildi. Bu 
tomoshada masallarni birlashtirish maium qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. 
Lekin, asosiy g’oyadan kelib chiqib, barcha masallar farzandli boigan o’rmon 
shohi Sherning farzandiga atab uyushtirgan ziyofati voqeasiga montaj qilindi. 
Bu tomoshada ko’plab turli obrazlarning ishtirok etishi, ommaviy sahnalarning 
ko’pligi bilan ajralib turdi. Tomoshada kursning barcha talabalari faol ishtirok 
etadilar (Ssenariy ilova qilinmoqda). 

Yüklə 240,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə