3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja


Detallar bo’iicha ixtisoslashtirish



Yüklə 69,28 Kb.
səhifə3/15
tarix21.10.2023
ölçüsü69,28 Kb.
#130141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi-fayllar.org

Detallar bo’iicha ixtisoslashtirish ishlab chiqarish uchastkalarini qisman ixtisoslashgan
uskunalar bilan qurollantirish natijasida xom ashyolarni tejab-tergab ishlatishni va yuqori mehnat 
unumdorligiga erishishni ko’zda tutadi.
Zavodlarni detallar bo’yicha ixtisoslashtirishda faqat bir xil turdagi mashinalarning bir xil 
nomdagi yoki bir xildagi detallari tayyorlanadi. Detallar bo’yicha ixtisoslashtirish standartlashning
keng ko’lamda rivojlanishini, detallar va qismlarning konstruktsiyasini me’yorlashtirish o’zaro 
bog’liqligini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir xil sifatli bo’lishini ko’zda tutadi.
Ixtisoslashtirishning bu shakli ko’proq mashinasozlik va yengil soha da tarqalgan, shuningdek, boshqa 
ishlab chiqarish tarmoqlari (metallurgiya, mebel, tikuv, poyabzal soha lari)da ham rivojlanmoqda.
Detallar bo’yicha ixtisoslashtirish mashinasozlik zavodlarida mayda seriyali va donalab ishlab 
chiqarishda keng tarqalgan. Bunday ixtisoslashtirishdan maqsad korxonalarni unifikatsiyalash, detallar
guruhini texnika jihatidan asoslash va ularni tayyorlashni texnologik, ya’ni guruh yo’li bilan amalga 
oshirishdan iboratdir. Keyingi vaqtlarda ixtisoslashtirishning funktsional shakli yanada ko’proq ko’zga
tashlanadigan bo’ldi. U korxonalarda ishlab chiqarishga xizmat qiladigan ishlarni bajarishga 
ixtisoslashadi, masalan, ta’mir ishlari, yuklarni tashib olib borish va h. k.
Korxonalarni, Sexlarni ixtisoslashtirish ishlab chiqarishni kooperativlashtirishni va biron-bir 
mahsulot tayyorlash uchun birgalikda ish olib borishni taqozo qiladi. Zavod ichidagi
kooperativlashtirish deganda Sexlar va ish joylarining birgalashib mahsulot ishlab chiqarishini tashkil 
etish tushuniladi.
Sex va uchastkalar ishlab chiqarishining o’zaro bog’liqligi texnikaviy tayyorgarlik ko’rish 
jarayonida aniqlanadi. Konstruktorlik va texnologik tayyorgarlik davrida zavod ichidagi
kooperativlashtirish masalasi va ishlanadigan materiallar, yarimfabrikatlarning marshruti aniqlanadi. 
SHunday qilib, zavod ichidagi kooperativlashtirish belgilangan muhlatda mehnatni, materiallarni
kam sarflash natijasida rejada ko’rsatilgan mahsulotni kompleks va sifatli tayyorlashni ta’minlaydi. 
Ixtisoslashtirishning mavjud turlariga muvofiq, kooperativlashtirish ham quyidagi uch turga
ajratiladi: 
-buyumlar bo’yicha kooperativlashtirish — bunda so’nggi mahsulotni komplektlash
uchun ayrim Sexlar yig’uv Sexiga tayyor agregatlar yetkazib beradi; 

detallar bo’yicha kooperativlashtirish — bunda Sex ayrim detallarni yoki uzellarni 


yetkazib beradi;



texnologik kooperativlashtirishda bir Sex boshqasi uchun yarim tayyor fabrikatlar


yetkazib beradi yoki alohida operatsiyalarni bajaradi. 
Ixtisoslashtirish va kooperativlashtirish bilan bir qatorda kombinatsiyalash ham korxonalarda
ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. 
Kombinatsiyalashni quyidagicha tahriflash mumkin: kombinatsiyalash soha ning turli
tarmoqlarining bir korxonaga qo’shiluvidirkim, bunda ushbu tarmoqlar xom ashyolarni ketma-ket 
ishlab beruvchi tarmoqlar (masalan, rudadan cho’yan quyish va cho’yanni po’latga aylantirish,
so’ngra po’latdan turli tayyor buyumlar ishlab chiqarish bo’lishi mumkin) yoki biri ikkinchisiga 
nisbatan yordamchi rol o’ynovchi tarmoqlar bo’ladilar (masalan, chiqindilarni yoki bir narsani
ishlaganda chiqqan narsalarni ishga solish, mol joylash uchun kerakli narsalar ishlab chiqarish va 
hokazolar).
Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasining o’ziga xos xususiyati kombinatsiyalashning 
keng tarqalmasligiga sabab bo’ldi. Kombinatsiyalash, ayniqsa, kimyoviy va fizikaviy-kimyoviy
jarayonlar bilan xom ashyolarni qayta ishlash (kimyo, metallurgiya, gaz soha i va h. k.) soha larida 
rivojlangan va ular uchun xarakterlidir. Kombinatsiyalash — bu, turli soha tarmoqlarida ishlab
chiqariladigan har xil mahsulotlarni bir korxonada birlashtirish, demakdir. 
Ishlab chiqarishda kombinatsiyalash uch asosiy shakli bilan farq qilinadi:

xom ashyoni ketma-ket ishlash;



ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish;





xom ashyoni kompleks ravishda ishlash. 


Ishlab chiqarish tipi deganda texnikaviy tashkil qilish va iqtisodiy xususiyati,


ixtisoslashtirish va tayyorlangan mahsulot nomenklaturasi, miqyosi va bir nomda chiqariladigan 
mahsulot darajasining doimiyligi, barqarorligi va boshqalar yig’indisi tushuniladi.
Ishlab chiqarish ko’lami va ixtisoslashtirish darajasi turlicha bo’lganda, uskunalardan foydalanish 
sharti har xil bo’ladi. Bir xilda ishlab chiqariladigan mahsulot miqyosi uskunalarni tanlashga va
texnologik asbob-uskunalarning kimyoviy xossalariga ta’sir etadi. Ayrim buyumlarni tayyorlash uchun 
belgilangan yuqori unumli uskunalar mahsulotlari turlicha bo’lgan va tez-tez o’zgarib turadigan zavodlar
uchun to’g’ri kelmaydi. Ular ishlab chiqarish strukturasini belgilaydi hamda texnologik jarayon 
xususiyatini va ularning qurolanganligi, ishlab chiqarish jarayonlarini va ish joyidagi mehnatni tashkil
qilish shakllarini hamda boshqarishning aniq usullarini ko’rsatadi. 
Ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy darajasi ko’p jihatdan ishlab chiqarish turlariga
bog’liqdir. Soha korxonalarining ish tajribasi shuni ko’rsatadiki, hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni 
tashkil qilishning asosiy turlari donalab, seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishdan iborat.
Donalab mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar iste’moli chegaralangan buyumlarni tayyorlash 
uchun tashkil etiladi. Donalab ishlab chiqarishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

tayyorlangan mahsulotning ko’p xilliligi, ulardan asosiy qismining takrorlanmasligi,


shuningdek, uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab chiqarilishi; 

ish joylarini texnologik ixtisoslashtirish, ma’lum detallarni va operatsiyalarni doimiy ravishda 


ish joylariga biriktirib qo’yishning mumkin emasligi;



universal uskunalarning va universal yig’uv asbob-uskunalarning qo’llanilishi;



qo’l bilan yig’iladigan va yakunlovchi operatsiyalar salmog’ining kattaligi;



universal va yuqori malakali ishchilardan ko’p foydalanish;



ishlab chiqarish tsiklining nisbatan uzunligi;



uskunalarni tez-tez sozlash natijasida ulardan foydalanish koefitsientining kamligi.


Mahsulotni donalab ishlab chiqaradigan korxonalar samaradorligi va mehnat 
unumdorligi darajasining pastligi, asosiy va yordamchi materiallarning ko’p sarf bo’lishi,
mahsulotning tannarxi yuqori bo’lishi bilan boshqa korxonalardan farq qiladi. 



Yüklə 69,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə