3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja



Yüklə 69,28 Kb.
səhifə6/15
tarix21.10.2023
ölçüsü69,28 Kb.
#130141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi-fayllar.org

Ishlab chiqarish samaradorligi 
Samaradorlik - bu foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat 

qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish


kerak.

Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki


resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, Samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan 
ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o’zaro nisbatidir.

natija natija 

S = ---------------- = ---------------------------------------------------- 

xarajatlar mexnat, moddiy va moliyaviy resurslar 
Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini farqlaydilar. Samaradorlikni 

iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo’lish shartli bo’linish hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish


jarayonida yuzaga keladigan va mehnat xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan natijalarning hammasi 
iqtisodiy va ma’lum ma’noda ijtimoiy samara deb aytish mumkin.
Bu yerda shuni eslatib o’tish kerakki, iqtisodiy va ijtimoiy tushunchalarning sunhiy 
bo’linishi haqida bahslashish mumkin. Lekin, iqtisod ijtimoiy hayotdan tashqarida bo’lmagani
kabi, ijtimoiy hayot ham iqtisodsiz bo’lmaydi. Demak, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. 
CHunki amalga oshirilgan har bir ish ayni vaqtda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara keltiradi.

Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko’rsatadi. Masalan,
mahsulot ishlab chiqarish, boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat sifatini 
oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara material, mehnat, pul va boshqa resurslarni
tejash tufayli erishilgan miqdor, vaqtni tejash, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini 
tejash, ish vaqtining zoe ketishini kamaytirish, mablag’lar oborotini tezlashtirish, mahsulot
yetishtirish hajmini o’stirish, ishlar sifatini yaxshilash va boshqa natijalar bilan tavsiflanadi. 



Yüklə 69,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə