3-Mavzu: Kompyuterning mantiqiy qurilmasi va arxitekturasi


Shaxsiy kompyutеrlar tansifi



Yüklə 23,59 Kb.
səhifə2/2
tarix05.06.2023
ölçüsü23,59 Kb.
#115554
1   2
1.2 Shaxsiy kompyutеrlar tansifi.
Shaxsiy kompyutеrlar (ShK) — xammaboplik va kullashda univеrsallik talablarini koniktiruvchi, bir kishi foydalanadigan mikro EUMlardir.
Shaxsiy kompyutеrlar xammaboplik va univеrsallik talablarini kondirishi uchun kuyidagi xususiyatlarga ega bulishi lozim:
individual xaridor uchun mos kеladigan narxlarda;
atrof-muxit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanish avtonomligi;
tuzilishining boshqarish, fan, ta'lim, turmush soxalarida turli kurinishda Qo’llanishlarga moslashuvchanligi;
foydalanuvchining maxsus, kasbiy tayyorgarliksiz ishlashi imkoniyatini bеruvchi opеratsion tizimlar va boshqa «dustona» dasturiy ta'minotlar;
ishlashning yukori darajada ishonchliligi (buzilmasdan 5000 soatdan ortik ishlashi).

Apparat taʼminoti , apparat vositalarikompyuter komponentlari, „temir“ (inglizcha: hardware) — tizim yoki tarmoqning bir qismi boʻlgan hisoblash qurilmasining elektron va mexanik qismlari, dasturiy taʼminot va maʼlumotlar (hisoblash tizimi saqlaydigan va qayta ishlaydigan maʼlumotlar) bundan mustasno. Apparat taʼminotiga quyidagilar kiradi: kompyuterlar va mantiqiy qurilmalar, tashqi qurilmalar va diagnostika apparatlari, quvvat uskunalari, batareyalar va akkumulyatorlar .
Apparat taʼminoti deganda kompyuter konfiguratsiyasini tashkil etuvchi qurilmalar tushuniladi.
Ichki va tashqi qurilmalarni ajratish mumkin. Alohida tugunlar va bloklar oʻrtasidagi oʻzaro muvofiqlashtirish apparat interfeyslari deb ataladigan apparat-mantiqiy qurilmalar yordamida amalga oshiriladi; apparat interfeyslari uchun standartlar protokollar deb ataladi. Shaxsiy kompyuter — universal texnik tizim boʻlib, uning konfiguratsiyasini kerak boʻlganda oʻzgartirilish mumkin.
Hisoblash tizimlarining apparat taʼminoti — bu kompyuterlar va kompyuterlar tarmoqlari ishlaydigan uskunaning umumlashtirilgan nomidir.
Apparat taʼminoti odatda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • markaziy protsessor (protsessorlar) operativ hotira

  • tizim mantigʻi periferiya qurilmalari

  • tarmoq uskunasi

Dasturiy taʼminotda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan algoritmlarni apparat taʼminotiga misollar:

  • 3D grafika

  • DMA — IDE qurilmalarining ishlash tartibi

  • FIFO — COM portlari uchun bufer

  • Kompyuter oʻyinlarida ob’ektlarning harakatini hisoblash uchun jismoniy protsessor

  • Operatsiyalarini tezlashtiradigan matematik protsessor (zamonaviy protsessorlarga oʻrnatilgan)

  • Fayrvol (xavfsizlik devori) funktsiyalari

Shaxsiy kompyuterning tizim bloki ichida
Oddiy shaxsiy kompyuter shassi va tashqi qurilmalardan tashkil topgan tizim blokidan iborat.
Tizim blokiga quyidagilar kiradi:

Ona (asosiy) plata


Kabel halqalari, signal va quvvat yordamida ona plataga kontrollerlar orqali tizim blokidagi mumkin boʻlgan elementlar ulanadi:

  • qattiq disk (ular bir nechta boʻlishi mumkin, ular RAID-massiviga birlashtirilishi mumkin)

  • SSD

  • floppy (egiluvchan) disk saqlovchi

  • CD-ROM tipidagi optik saqlovchi va boshqa qurilmalar.

Bundan tashqari, kompyuter apparat taʼminotiga shuningdek tashqi (tizim blokiga nisbatan) komponentlar, yaʼni turli xil kombinatsiyalardagi periferik qurilmalar kiradi:

  • Kiritish qurilmalari

    • klaviatura sichqoncha, trekbol yoki tachpad

    • grafik planshet joystik

    • skaner mikrofon

  • chiqarish qurilmalari

    • monitor

    • kolonkalar/naushniklar

    • printer yoki plotter kabi chop etish qurilmalari

  • aloqa uchun turli modemlar va tarmoq uskunalari ishlatiladi: marshrutizator, tarmoq kommutatori, simsiz kirish nuqtasi.

  • virtual haqiqat texnologiyalari uchun kiritish-chiqarish qurilmalari.

Kompyuterning apparat taʼminoti arxitekturasi deganda kompyuterning ichki komponentlari va unga ulangan kiritish qurilmalari (masalan, kompyuter sichqonchasi va klaviaturasi) va chiqarish qurilmalari (monitor) tushuniladi. Kompyuterning ichki komponentlari birgalikda shina orqali ulangan hisoblash va boshqarish qurilmasini ifodalaydi. Eng keng tarqalganlari bu — protsessor, operativ hotira va qattiq diskdir. Shina alohida komponentlarni murakkab tizimga ulaydi, chunki shinasiz bir-biridan farq qiluvchi qismlar ishlay olmaydi. Protsessor yoki markaziy protsessor kompyuterning asosiy tezligini aniqlaydi. Protsessor tezligiga va protsessorning oʻz quvvatiga talablar doimiy ravishda oshib bormoqda, chunki texnologiyaga qoʻyiladigan talablar ham oʻsib bormoqda. Keyinchalik kompyuterga oʻrnatiladigan dasturiy taʼminot tobora koʻproq protsessor quvvatini talab qiladi.
Yüklə 23,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə