3-mavzu: O’rta asrlar Yevropa manbalarini o’rganish, aniqlash va tahlil qilish. Reja



Yüklə 60 Kb.
səhifə2/2
tarix19.10.2023
ölçüsü60 Kb.
#128060
1   2
3-mavzu

Manbalarning asosiy turlari. 1. Ashyoviviy manbalar, ularga shahar qoldiklari, ro‘zg‘or buyumlari, arxeologik topilmalar kiradi.
2. Etnografik (etnologik) manbalar.
3. Lingvistik manbalar, ularga joy nomlari, muloqat (sheva) va kitobiy til, so‘z boyligini o‘zgarishi, boshqa tillardan so‘zlarni o‘zlashtirish va h.q. kiradi.
4. Og‘zaki manbalarga – folklor, lapar, ashula, maqollar va h.q. kiradi.
5. Yozma manbalar o‘z navbatida uchta yiriq guruhlarga bo‘linadi: a) adabiy manbalar (yilnomalar, xronograflar, xotira, paflet va boshqalar); v) dalolatnoma turidagi yodgorliklar (yorliklar va keng ma'nodagi huquqiy hujjatlar, qonuniy eslatmalar, xatlar va yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlar); s) epigrafik turdagi yodgorliklar (tosh va yog‘och buyumlardagi yozuvlar).
6. Audiovizual manbalar (kino, surat, ovozli hujjatlar va televiomateriallar).
7. Sotsiologik tadqiqotlar materiallari.
Har doim manba mualifning voqyea yoki hodisalarga munosabatini uning o‘rganilayotgan hodisalar to‘g‘risidagi tushunchalarini aks ettiradi. Bu hol manbaning ma'nosi va ba'zida shakli va stiliga manbada keltirilayotgan ma'lumotlarni ob'ektiv va sub'ektiv omillarga mos kelishi, undagi ma'lumotlarni to‘liqligi, manbaning boshqa manbalar bilan bog‘liqligiga ta'sir etadi.
Tarixiy tadqiqotlar vazifasini quydagicha aniqlash mumkin:

  1. Tarixiy tadqiqotlardan foydalanish usullari va tamoyillari metodlarini ishlab chiqish.

  2. Manbalar bilan amaliy ishlash, ularni izlash, tanlash, tahlil etish, tarixiy ahamiyatin aniqlash, manbalardan ilmiy faktlar majmuasini shakllantirish. Bu ma'noda manbashunoslik nafaqat manbalar bilan ishlash nazariyasi, balki manbashunoslik tarixiy amaliyotni ham o‘z ichiga oladi. Tarixiy manbashunoslikning tizimi qanday?

Manbashunoslik eng avvalo ikkita asosiy qismga bo‘linadi: amaliy va nazariy manbashunoslikka. Nazariy manbashunoslik o‘z navbatda umumiy nazariyasi va alohida manbashunoslik nazariyasidan iborat.
O‘z navbatida manbashunoslik amaliyoti a) analitik-tasnifiy; v) sintetik - qiyosiy tahlildan iborat.
Manbashunoslik nazariyasi – bu manbashunoslikning umumiy masalalari, - manbashunoslik tabiati, manbashunoslik predmeti va metodi, tarixiy manbalarning umumiy tasniflash tamoyili, manbashunoslik tanqidi tushunchasi va uning manbashunoslik tadqiqotidagi o‘rni.
Nazariy manbashunoslik muammolariga alohida tarixiy fanlarning (vatan tarixi, umumiy tarix, arxeologiya, etnologiya) manbashunosligi kiradi, ular o‘z navbatida mazkur fanlar manbashunosligini o‘z ichiga oladi. Ularning birinchisi manbashunoslikning nazariy muammolarini hal etadi. Umumiy manbashunoslik uning nazariyasini o‘rganadi.
Manbashunoslik amaliyoti o‘z ichiga yuqorida aytib o‘tilganidek, tavsnifiy manbashunoslikni oladi. Uning asosiy vazifasi esa alohida manbalar yoki ularning guruhini maxsus o‘rganishdan iborat. Albatta, analitik-tasnifiy faoliyat natijasida nazariy xulosalar, kuzatuvlar olib borish mumkin, lekin uni to‘g‘ridan to‘g‘ri vazifasi uslubiyat emas, balki aniq manbaning tashqil etilishi tarixi, uning mazmuni, ahamiyati va h.q. o‘rganishdir. Manbashunoslik amaliyotiga ma'lum tarixiy muammoni manbalar bilan bevosita yoritish va tarixiy tadqiqotlarni tashqil etuvchi amaliyot kiradi. Ba'zan bunday amaliyot vaqtida analitik –tasnifiy va hattoki nazariy xususiyatga ega masalalar ko‘tarilishi va hal etilishi mumkin.
Umuman, yuqoridagilardan kelib chikib, manbashunoslikni tarixiy bilimlarining maxsus sohasi, tarixiy manbalar to‘g‘risidagi fan, tadqiqotlarda manbalardan foydalanishning nazariyasi va amaliyoti deb tariflash mumkin.
Manbashunoslikning asosiy usullari qanday bo‘lishi kerak?
Eng avvalo bu manbaga aniq tarixiy yondashuv, masalaning chuqur o‘rganilishini talab qiluvchi, manba qanday paydo bo‘lgani, qanday sharoitda, uning qo‘rinishi va mazmunini aniqlashdir. Bunda nafaqat voqyealarning sabablaribalki joyi va mualif pozitsiyasini ham o‘rganish zarur.
Manbalarning o‘zaro ob'ektiv ravishda bog‘liqligini hisobga olish kerak. Negaki, har qanday manba ma'lum bir ma'noda to‘liksiz bo‘ladi, voqyea va xodisalarning eng muhim va ahamiyatli tomonlarini ma'lum bir qismini aks ettiradi. Fakatgina turli xil manbalar kompleksinio‘rganish manbaning xususiyatlarini, qonuniyatlari, sabablari, u yoki bu xodisaning oqibatlarini ma'lum bir tarixiy davrda yoritishga imqon beradi. Manba aksariyat holad dastlab tarixchilar uchun manba sifatida yaratilmaydi, balki ma'lum bir vaqtdan so‘ng unga aylanadi. Manbaning ana shu «xizmat» vazifalarini xodisalarning bog‘likligini aniqlash uchun har doyim hisobga olish kerak.
Hayot hamisha manbalarga boydir. Manbalarning miqdori har doim ham hodisalarning o‘rni, mualifning voqyeadagi o‘rninga mos kelavermaydi, bu yerda ko‘proq manbaning yaratilishi sharoitiga bog‘lik. Tarixchi-manbashunosning buyuq maxorati – bu hujjat satrlari orasida yotgan ma'lumotni, hayotni barcha kiynchiliklarini, qarama-qarshiliklarini, insoniyat dunyoqarashini o‘zgarishini to‘g‘ri tushunishi va ko‘ra olishiga bog‘liqdir. Tarixning yoritilishi faqatgina manbadan olingan ma'lumotlarni sanab o‘tish yoki aytib berish hayotdagi qahromonona kurashshish, mehnat qilish kabi jihatlaridan sustroq bo‘lishi mumkin, umuman tarixni bayon etishda odamlar hayotiy xususiyatlarini yo‘qotishi mumkin emas.
Amaliy manbashunoslik maxsus tarixiy fanlar, ayniqsa tarixiy-arxivshunoslik bilan uzviy bog‘langan. Manbashunoslik boshqa tarixiy fanlar usullaridan ham foydalaniladi. Bular xronologiya, tarixiy geografiya, geneologiya, numizmatika, sfragistika, gelaldika va h.q. maxsus yoki yordamchi tarix fanlariga faqatgina «arxiv ishi» yoki «arxivshunoslikni» kiritilishi mumkin emas. Bu inson faoliyatining ilmiy, ma'muriy-boshqaruv, ho‘jalik va madaniy maxsus qismidir. Arxiv ishi tarix fanida katta ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramasdan, tarix faniga xizmat qilish uning bir qator vazifalaridan biridir. Arxivshunoslik aksariyat tarixiy fanlar usullaridan foydalanishiga qaramay, qo‘proq tarix va manbashunoslik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri paralel ravishda bog‘liq bilimlar tizimidir.
Paleografiya faning manbashunoslik fanida qo‘llanishi alohida ahamiyat qasb etadi. Manbalarning paleografik naqtai nazardan tadqiq qilish qo‘l yozma va bosma shakldagi yozma manbalarni o‘rganishga juda ham foydalidir. qog‘oz, dasxat, xarflaning yozilish tartibi, hujjatning tashqi rasmiylashtirishning o‘rganish mualifni hujjatning asl nusxa yoki ko‘chirmaligini, uning tuzilgan vaqtini va keyin kiritilgan o‘zgartirishlarni aniqlashda yordam beradi.
Shuningdek, qo‘pgina masalalarni tarixiy xronologiya o‘rganadi. Unda yil va sanalar tizimi tarixini yaratilishi, yillarni hisoblash usullari o‘rganiladi.
Masalan, Yulian kalendaridan Grigoryan kalendariga o‘tish sabablari, yoki milodiy yilni xijriyga, xijriy yilni milodiy yilga aylantirish usullarini yoritadi. Shu bilan birga xronologiya usullari yordamida og‘irlikni, masofani o‘lchash birliklari va ularni zamonaviy o‘lchov tizimiga mos kelishi aniqlanadi.
Manbalardan foydalanish asosan tarxiy manbalarni nashr etish usuli va tamoyillarini ishlab chiquvchi arxeografik bilimlarni egalashni ham manbashunoslik va maxsus tarix fanlari usullaridan ham foydalaniladi. Tarixchi-arxivshunosga arxeografiyadan tarixiy manbalarni talqin etishda kerak bo‘ladi. Manbalardan foydalanayotgan har qanday tarixchi o‘z o‘rniga arxeograf sifatida ish olib boradi (manbada berilgan har bir qo‘rsatkich va keltirilgan jumla arxeografik nuqtai nazardan to‘g‘ri bo‘lishini kuzatadi). Hujjatning aniq vaqtini belgilash, uning mualifi va tashqil etilgan joyini aniqlashda sfragistika fani ham yordam beradi. Mazkur fan hujjatdagi muxrlarni, gerblarni, rasmiy hujjatlarni tuzilishi shakllari, usulini o‘rganadi.
Manbashunoslik yuqorida aytib o‘tganimizdek tarixshunoslik fani bilan ham uzviy bog‘liq. Manbalarning ilmiy qo‘llanilishi bevosita oldin yaratilgan asarlar va ularda keltirilgan usullarni bilishni ham taqqazo etadi.
Iqtisodiy va siyosiy tarixiy geografiya ba'zi manbalarning topologik joylashishini, tashqil etilish sharoiti va hudud xususiyatlari ta'sirini anqlashga yordam beradi.
Nazariy manbashunoslikning muhim qismi bu klassifikatsion (sinfiylashtirish) tizimlar joriy etishdir. Ma'lumki sinfiylashtirish ilmiy (asosiy) va yordamchi turlarga bo‘linadi. Sinfiylashtirish har qanday fanning tashqi xususiyatlarini inobatga oladi va aksariyat fanlarga ma'lum tartibni belgilab beradi, masalan kutubxonalarda mavzu bo‘yicha alfavit, arxivlarda esa fondlar (jamg‘armalar) bo‘yicha tizimga solinadi.
Ilmiy sinflashtirish bu biron bir xususiyatlari asosida (bir xil turdagi predmetlar, sinf, guruh bo‘yicha) tizimga solishdir.
Asosan guruhlar bo‘yicha tarixiy qoldiqlar va tarixiy an'analarga bo‘lib sinfiylashtirish keng tarqalgan. Tarixiy qoldiqlar deganda voqyealar bo‘lib o‘tayotgan paytda paydo bo‘lgan manbalar tushiniladi, ular o‘z xususiyatiga qo‘ra voqyeada biron bir hizmat vazifasini o‘tab, bevosita unda ishtirok etadi. Ularga dalolatnoma va buyruqsimon hujjatlar, operativ yozishmalar, informatsion materiallar, bayonnoma va qaydnomalarni ya'ni shaxs yoki bir guruh insonlar faoliyatini yorituvchi va o‘z vaqtida u yoki bu voqyeaga buyrug‘ sifatida ta'sir etuvchi hujjatlar kiradi.
Tarixiy an'analarga u yoki bu voqyeadan manba mualifida kolgan xis-tuyg‘ular yoki xotiralar asosida paydo bo‘lgan hujjatlar tushiniladi. Bunday hujjatlarbo‘lib o‘tgan voqyea va xodisalarga xech qanday ta'sir o‘tkaza olmaydi. Bunga, masalan xotiralar, shaxsiy yozishmalar, kundaliklar, gazeta ma'lumotlari, yo‘l kundaligi va h.q. kiradi. Ularning paydo bo‘lishi ham tarixiy davr bilan bog‘lik, lekin aynan bo‘lib o‘tgan voqyealarning bir qismi bo‘la olmaydi.
Tarixiy qoldiq hisoblangan manbalar o‘zining kam sub'ektivliligi bilan farklanadi, ularda mualifning qarashlari, xis xayajonlari qamroq aks etadi. Shuning uchun ular ko‘proq asoli manba hisoblanib, o‘rganilayotgan material tarixiy qoldik manbalar bilan solishtiriladi va tadqiqotda ular katta ahamiyat kasb etadi. Ammo «tarixiy an'analar» singari «tarixiy qoldiq» sanalgan manbalar ham mualif tomonidan yaratilganligi tufayli, hujjatda mualifning dunyoqarashi o‘z aksini topadi. Misol, ma'ruza, tekshiruv mateiallari, kenshadagi nutqlar hammasi ma'lum tekshirishlar va tanqidiy tahlilni talab qiladi.
Har xil vaziyatda bir xil hujjat turli «rollarda» ishlatilishi mumkin. Biron bir operativ hujjat xarakteriga ega bo‘lgan tarixiy qoldiq manba, boshqa bir oldinroq bo‘lib o‘tgan voqyeaga nisbatan voqyealarni tasvirlovchi, lekin ularga ta'sir eta olmaydigan tarixiy an'ani sifatida ham ishlatilishi mumkin. Shu nuqtai nazardan manbalarning tarixiy an'ana va tarixiy koldik manba guruhlariga bo‘linishi shartli hisoblanadi.
Manbalarning aniq turi va xillari ularning ma'nolariga karab sinflashishi mumkin, lekin amaliyotda bu doyim ham amalga oshavermaydi. Keng tarkalgan tushunchalardan biri bu «me'yoriy» va «ijro» hujjatlaridir.
Me'yoriy hujjatlar biron bir jamiyat hayoti, insoniyat tajribasi, jamiyat ehtiyojini aks ettiruvchi hujjat sifatida tuziladi. U paydo bo‘lgan davrdagi munosabatni tadqiq etishga yordam beradi. Me'yoriy hujjatning klassik shakli sifatida farmoyish hujjatlarini aytib o‘tish mumkin. Me'yoriy manba, u paydo bo‘lgunga qadar bo‘lib o‘tgan voqyealar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichida mujassam etadi va bevosita o‘zi paydo bo‘lgan shart sharoitlarni yoritadi. qaysi me'yoriy hujjat insonlar xarakatini yo‘naltirib tursa, shunga ko‘ra u yuridik kuchga ega bo‘lgan insonlar faoliyatini aks ettiruvchi manba sifatida xizmat kiladi.aynan mana shunda me'yoriy hujjatlarning asosiy ahamiyati nomoyon bo‘ladi. Insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanib borgan sari, odamlar faoliyatini boshqaruvchi, belgilab beruchi, ularga ta'sir etuvchi me'yoriy hujjatlar soni ortib boradi. Jamiyat qanchalik tarqqiy etgan bo‘lsa, shunchalik tarixchi-manbashunos o‘tmishda siyosat, ma'naviyat, iqtisodiyot va boshqa munosabatlarni boshqaruvchi me'yoriy manbalarga duch keladi. Manbalar kelib chikishi, turlari, shakli, ahamiyatiga ko‘ra turli xildir, lekin ular manbashunos tadqiqotining asosi bo‘la omaydi. Me'yoriy hujjatlar o‘z o‘zidan qaror yoki qonun, buyruq yoki yo‘riknoma, farmon yoki dekret hayotda amaliy tadbiq etilishini aks ettira olmaydi.
Shu sababdan, ijro etuvchi manbalarning ahamiyati katta. Agar me'yoriy hujjatlar u yoki bu masala bo‘yicha chora, istaq, qarorlarni aks ettirsa, ijro manbalari ularning qay darajada hayot talablariga mos kela olganligi va davomiyligini namoyon etadi va amaliy hayotni kuzatishga imqon beradi. Ijro hujjatlarining soni qo‘p: ma'lumotlar, hisobotlar, yozishmalar, gazeta materriallari va h.q.
Ijro manbalarini o‘rganishda ularning haqqiyligiga e'tibor berish zarur. Negaki me'yoriy hujjatlar tadqiq etilganda, ularning asl nus’ha ekanligiga shubha bo‘lmasa ularni tekshirib o‘tirishini xojati yo‘q, shu asosda ular hayotda amal qilganmi yoki yo‘qmi bilib olish kiyin emas. Ijro hujjatlarini esa tuzilishi shart sharoitlarini, uning umumiy kiymati, voqyea va xodisalardagi o‘rnini belgilab olish zarur. Ko‘pgina ijro hujjatlardagi ma'lumotlarni, ularni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishni talab qiladi. Har doyim ham tadqiqot manbaasi to‘g‘ridan to‘g‘ri me'yoriy hujjat hisoblanmaydi.
Manbaning asosiy guruhlariga davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoa tashkilotlari, ommaviy axborot va noommaviy matbuot hujjatlari, xotiralar, xalqaro kelishuvlar, aniq sotsiologik tadqiqot natijalari, kino, surat, ovozli hujjatlar, televideomateriallar kiradi. Tadqiqotda ash'yoviy, og‘zaki, etnografik va boshqa manbalar ishlatilishiga karamasdan, yozma hujjatlar uning asosiy qismini tashqil etadi.
Nazariy manbashunoslikning asosiy masalasi manbalarning tanlab olish tamoyili va usullarini aniqlashdir. Bu yerada «illyustrativ» (ko‘rgazmali) usuldan foydalanish mmkin emasligini aytib o‘tish joiz, ya'ni mualif tomonidan xulosalarini kuvvatlovchi faktlargina tanlab olinib, u tomonidan oldindan ishlab chikilgan rejaga mos kelmaydigan ma'lumotlarni chetlab o‘tishni taqazo etadi.
O‘rganilayotgan tashkilot, muassasa tizimidagi ish yuritish asoslarini bilish zarur. Shu orkali ularni qay sharoitda hujjatlar tayyorlaganligini, yoki saklayotganligini, yo‘q bo‘lib ketganligi yoki boshqa joyga saqlash uchun berib yuborilganligini aniqlash mumkin.
Bunday ishlarda arxivlardagi ilmiy-ma'lumot apparati katta ahamiyat kasb etadi. Hujjatli materiallar mazmunini arxivlardagi ro‘yxatlar, kataloglar, yo‘riqnomalar va turli xil uslubiy qo‘llanmalar yoritib beradi. Masalan, klassifikatsion (sinfiy) sxemalar, tarixiy ma'lumotnomalar, ishchi yo‘riqnomalar va h.q. Hozirgi kunda ma'lumotlarni elektron shaklini yaratish imqoniyati manbalarni izlab topish imkoniyatini tezlashtirib yubormoqda. Imkon qadar arxivlardagi barcha ma'lumotlar hisobga olinmoqda. Faktlar yig‘indisini o‘rganish o‘rganish uchun katta hajmda turli xil manbalarni o‘rganib chiqish kerak. Bu yerda tadqiqotchining o‘ziga xos konsepsiyasi ham zarur bo‘ladi. Barcha omillarning hisobga olish kerak, ammo bu hamma manbalarni ishlatish kerak degani emas, negaki buning har doim ham imkoni bo‘lavermaydi.
Keng doirada manbalarni qamrab olish va aniqlashning bir necha usullari majud bo‘lib bu ko‘proq tanlangan mavzuga ham bog‘liqdir. Ba'zida aniq belgilab olingan, har biri ma'lum takrorlanmas ma'lumotlarga ega bo‘lgan ma'lumotlar tizimiga borib taqaladi. Agar mavzu turli xil manbalar asosida qurilgan bo‘lsa, ularning hammasini o‘rganib chiqish mumkin emas. Albatta bu yerda tarixchilar guruhini jalb etish va zamonaviy elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish katta imqoniyatlar yaratadi. Lekin katta jamoa ham keng qamrovli manbalarni qayta ishlash imkoniga ega emas. Zamonaviy texnika vositalari (kompyuter, Internet)dan foydalanish, ma'lumotlarni to‘plash va qayta ishlashni yengilashtiradi. Texnika vositalari ma'lumotlarni qayta ishlash bilan barga ularni izlash yo‘llarini ham osonlashtirdi. Ma'lumotlarni mexanizatsiyalashgan yo‘l bilan to‘plash insonlar tomonidan ularniqayta ishlatish talab qilinadi. Tanlash – bu eng avvalo kerakli va mazmunli materiallarni topshirishdir. Bunda albatta boy manbaviy asos zarur bo‘ladi. Ammo be yergda ikkita xavf bor, biri daryo kabi faktlar ichida cho‘kib ketish, yoki ma'lum fakt, misollarni tanlab olishdir. Shuning uchun tanlashning asosiy usuli va tamoyilini ishlab chikish kerak. Turli shakldagi manbalarni o‘rganish usullarini bir biriga moslashtirish juda ham zarurdir. Manbalarni frontal ravishda o‘rganish va kuzatish bilan birga «tasodifiy tanlash» usulidan ham foydalanish muximdir. Bu ma'lum kategoriyadagi (umumiy, ommaviy) hujjatlarda ahamiyat kasb etadi; hujjatlarning turi ularning o‘rganishdagi yo‘nalishini ham belgilab beradi. «Tasodifiy tanlash» usulida (ko‘p miqdordagi hujjatlardan) har bir 5, 7, 10 va h.q.lardan mujassamlashtirib o‘rganilganda ma'lum bir salmoqli manzara hosil bo‘ladi. Monografik-lokal usulda bir biriga o‘xshash muassasalar tanlanadi, masalan bir xil turdagi korxonalar guruhidan 1-2 yoki 2-3 tasi tanlab olinadi va ular asosida hammasi uchun xos xususiyatlar o‘rganib chikiladi. Asosiy massiv usulida biron bir xodisaning sodir bo‘lish joyi yoki rayoni aniqlanadi (masalan, xalq xarakatlari). Manbalarni qisman o‘rganish usulida natijalarning ko‘rgazmaliligi ko‘rinib turadi.
Manbashunoslik ishining keyingi muhim bosqichi bu manbalarni ilmiy tanqid qilishdir. Agar bu ishning birinchi yo‘nalishi manbalarni aniqlash, tanlash va sinflashtirish bo‘lsa, tadqiqot uchun tanlangan ma'lumotlarni tanqid qilish yo‘li orqali ularni qiymatini aniqlash ishning natijasidir.
Faktlar yig‘indisini tadqiqotchiga yetkazib berish ham manbalarni ilmiy tanqid qilishning asosiy maqsadidir.
Manbashunoslik tanqidi bu manbalarga (jumladan arxiv materiallariga ham) «shubha» bilan yondashish emas, balki manbalarni ilmiy tahlil etish, tanlash va tadqiqot uchun ilmiy ahamiyatini aniqlashdir. Manbashunoslik tanqidi manbalarni paydo bo‘lishidagi umumiy konuniyatlari ularning mazmunida qay darajada aks etganini kuzatadi. Bu ishonchli ilmiy faktlar yig‘indisini tashqil etish usulidir.
Manbalar tanqidi analitik va sintetik usullarda amalga oshiriladi. Manbaning ob'ektiv ilmiy qiymatini aniqlashda analitik tadqiqotning bir qator masalalari xizmat qiladi. Bular manbaning asl yoki ko‘chirma ekanligini, uning tuzilgan vaqti va joyini aniqlash; manba mualifi bilan bog‘liq masalalar, uni yaratishdagi asosiy sabablarni, manba matnini va tahrir masalalarini o‘rganishdir. Manbalarni kalbaqilashtirishning ikki xil usuli mavjud: biri mexanik ravishda hujjat matnini o‘zgartirish; ikkinchisi intelektual yo‘l bilan u yoki bu sabablarga ko‘ra mualifni hujjat mazmunini o‘zgartirib bayon etishi.
Tanqidning muxim elementlaridan biri bu manbaning qachon tuzilganligini aniqlashdir. Manbaning sanasi, uni qanday aniq tarixiy sharoitda yaratilganligini tushunish uchun kerakdir. Aks xolda u noto‘g‘ri talkin qilinishi mumkin. Bunda u yoki bu voqyeaning bo‘lib o‘tgan sanasi ma'lum bir yil boshidan, boshqa bir yilning ohiri kilib belgilanadi.
Manbalar matnini tahrir qilish ham alohida ahamiyatga ega. Tekstologiya (matnshunoslik) usuli hujjatdagi matnlarni bog‘liqligini qiyosiy-tarixiy tahlilyordamida aniqlashga ko‘mak beradi. Bir matnni turli xil taxrir ostidao‘zgarishi bilan tez-tez duch kelishi natijasida manbadagi asl, asosiy matnni aniqlash va uni tarixini bilish katta ahamiyatga egadir. Har doyim hujjatlarning tuzilishishida matnda turli xil mualif tahriri borligini hisobga olish zarur. Bu tahrirlar hujjat tayyorlash ketma-ketligin amalga oshirilmaydi (qoralama, oq variantdagi taxrir, loyihalar, ta'sis etilgan rasmiy matnlar va h.q.), mualifga bog‘lik bo‘lmagan sabablarga ko‘ra paydo bo‘luvchi (masalan, nashr etilayotganda matni o‘zgarishi, boshqa shaxs aralashuvi natijasida noto‘g‘ri talqin etilishi) omillarga bog‘liq.odatda hodisalarni mualif tomonidan bayon etilgan matnni to‘la va to‘kis aks ettiruvchi tahrirli matan asosiy sifatida qabul qilinadi.
Ammo har doyim ham mualifning ohirgi variantdagi matn tahriri voqyealarni to‘liq-to‘kis yoritmaydi. U yoki bu sabablarga ko‘ra siyosiy muhit va shaxsiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan voqyealarni aks ettiradi. Hujjatlarning ohirgi tahrir variani ko‘proq funksionaldir, ya'ni hujjat nashr etish va amaliyotda qo‘llanilishi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir. Ba'zida manba xusisiyati va tadqiqot mazmuniga ko‘ra asosiy matn mazmuni emas undagi oralik taxrirlardan biri ko‘proq kizikish uo‘g‘otadi. Har qanday xolatda xujjatlarni kompleks ravishda o‘rganish zarur. Matn yaratilishi tarixini o‘rganish o‘z ichiga dastlabki manbalarni aniqlashni o‘z ichiga dastlabki manbalarni aniqlashni o‘z ichiga oladi. Barcha matn ishi – matnning turli xil variantlarini qiyoslash, o‘rganish, qayta tiklash, kamchiliklarini va tushunarsiz joylarini bartaraf etish kabi usullar tadqiqotchiga bayon etish va foydalanish uchun manbaning to‘liq asl matni bilan ishlayotganligiga ishonch uyqotadi.
Analitik tanqidning ohiri maqsadi va yakuniy vazifasi bu hujjatning asl nus’ha ekanligini aniqlashdir. Bu manbaning haqiqatdan ham ahamiyatga ega tarixiy xodisani ob'ektiv va to‘g‘ri aks ettirish.
Analitik tanqidda shuningdek, faktik tanqid ham o‘z o‘rniga ega. Bunda manba boshqa manbalar bilan solishtirish va tekshirish yo‘li orqali uning to‘liqligini va to‘g‘riligi aniqlanadi. Agar boshqa bir to‘g‘riligiga shubha bo‘lmagan manba bilan solishtirish imqoni bo‘lsa, bunda o‘rganilayotgan manbaning to‘g‘riligini aniqlash ishi oson kechadi. Ko‘p xollarda manbalardagi ma'lumotlar har xil berilishi mumkin, bunda qaysi biri ahamiyatliroq va to‘g‘riroqligini tanlash joiz. Bu yerda manbaning yaratilishi tarixi, uning aslligi, nashr joyi, vaqti, mualifi, dastlabki manbalari, paydo bo‘lgan muhitini bilish katta foyda beradi.
Dastlabki manbalar qo‘shma manbalardan bir qancha farq qilib, aks ettirilgan voqyealarga to‘g‘ri, to‘lik, aniqligi bilan yakinroq turadi, negaki qo‘shma manbalarda dastlabgi ma'lumotlarni hammasi ham tushavermaydi. qo‘shma manbadagi xulosa va umulashtiruvlar ko‘proq mualif yondashuvini aks ettiradi. Ammo ma'lumotlar to‘g‘riligi masalasi ancha murakkabdir, negaki dastlabki manbalarda ham voqyealar to‘g‘ri aks etavermaydi.
Manbaning to‘likligi va to‘g‘riligini aniqlashdagi mantiqiy tekshirish usullari tarixiy voqyealarning rivojlanishini mantiqiy bog‘liqligini aniqlashdan iboratdir. U yoki bu fakt to‘g‘risida ma'lumotni uchratib, uni bulganmi yoki yo‘qligini baholash zarur. Albatta, agar fakt siyosatda bo‘lishi mumkin bo‘lsa u ahamiyatga ega, agar mumkin bo‘lmasa birdaniga bo‘lmagan voqae deb xulosa chikarish noto‘g‘ri. Mantiqiy tanqid faktik tanqid o‘rnini egalay olmaydi. Lekin mantiqiy tanqid yordamida tadqiqotchilar uydirma va bo‘lgan voqyealar ustida bosh kotirishi va vaqt ketkazishini oldini oladi. Bu usuldan foydalanishda ehtiyot bo‘lish kerak, negaki tarix bir chizikda rivojlanmaydi, ba'zida tarixiy jarayonlar bir biriga qarama-qarshi kechishi mumkin.
Voqyealar o‘rtasidagi bog‘liqlik, ularning sodir bo‘lish ketma-ketligini aniqlash sintetik tanqid yordamida amalga oshiriladi. Bunda o‘rganilayotgan tarixiy masala har tomonlama sintez kilinadi. Shu bilan birga sintetik tanqid bir emas, bir nechta guruh manbalar bilan ishlab, o‘z ob'ekti sifatida faktlar «makrostukturasiga» ega.
Yozma manbalar ichida asosiy tarixiy manbalar guruhiga davlat hokimiyati organlari va jamoa tashkilotlar, profsoyuzlar, ilmiy jamiyatlar, yoshlar tashkilotlari va h.q.ning hujjatlari kiradi.
Davlat organlari hujjatlari jamiyat hayotining u yoki bu xodisalarini aks ettiradi, farmoyish materiallarini, joriy yozishmalarni, xisobotlarni, iqtisod, fan, madaniyat, siyosat bilan bog‘liq materiallarni o‘z ichiga oladi. Tarixiy manba sifatida sud va tergov hujjatlari ham qo‘llanilishi mumkin. Alohida guruh hujjatlariga kooperativ tashkilotlar, profsoyuz hujjatlarini ajratish mumkin. Ular umumiymasalalar bilan bir qatorda tashqiliy va iqtisodiy, ishlab chikarish, madaniy, ijtimoiy va statistik masalalarni o‘z ichiga oladi.
Siyosiy partiyalar materiallari, ularning dasturlari, ustav va platformasi, joriy etilgan tamoyillar, maqsad va faoliyatining shakli va usullarini aks ettiradi.
Jamoa tashqilotlarining materiallari sirasiga ijodiy uyushmalar (yozuvchi, jurnalist, kompozitor, rasomlar va h.q.), ommaviy himoya jamiyatlari (DOSAAF.- hozirda Vatanparvar), «Bilim» jamiyati, ilmiy-texnika jamiyatlari, tabiatni muxofaza qilish jamiyatlari, tarixiy yodgorliklar va madaniyatni himoya qiluvchi, kashfiyotchilar va ratsionalizatorlar, veteranlar, ayollar jamiyatlari, «Ma'naviyat va ma'rifat», do‘stlik va horijiy davlatlar bilan madaniy aloqalar assotsiatsiyalari, milliy madaniy markazlari, sport jamiyatlari va h.q. hujjatlarini ham kiritish mumkin. Jamoa tashkilotlari hujjatlarining taxlili ularning xususiyatini ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda yana bir muxim manbalardan biri bu davriy matbuot (gazeta, jurnal) va nodavriy matbuot (kitob, risola, plakatlar, varqlar va h.q) hujjatlari kiradi. Manbalar o‘rganilayotgan davrga ko‘ra rasmiy xukumat, markaziy, maxaliy nashrlarga va norasmiy – nodavlat tashkilotlari nashrlariga bo‘linadi. Nashrlar xarakteriga ko‘ra ham ijtimoiy, siyosiy, adabiy nashrlarga ajratilishi mumkin.
Gazeta-jurnallarning asosiy janrlari bu rukin, reportajlar, korrespondensiya turli xil hisobotlar, ocherk va feletonlar. Ularning materiallari kizikarli, dolzarb va tezkor bo‘lishiga karamasdan davr va gazetaning maqsadi va yo‘nalishini xisobga olish zarurdir. Voqyealarga gazeta tomonidan bildirilgan birinchi va bevosita munosabatini bildiruvchi material bu reportajdir. U qisqa (xronikal) yoki keng tarzda sarlavha bilan nashr etiladi. Gazeta uchun faktlarning tanlashuning yo‘nalishiga bog‘likdir. Odatda gazeta faktlarning qisqa bayoni bilan chegaralanadi. Reportaj o‘zining veqyealarni kengroq bayon etilishi, jurnalning munosabatini aks ettirib, turishi va bo‘lib o‘tgan xodisaning yozma shaklda qayta tiklay olish bilan boshqa rukinlardan farq qiladi. U ko‘rgazmalidir, lekin har doyim mualif shaxsini, uning voqyealardan qay darajada habardorligini, eruditsiyasini, yondoshuvini xisobga olish zarur.
Yüklə 60 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə