3-mavzu. Xalqaro mehnat bozorining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Reja


Xalqaro mehnat bozorining rivojlantirish omillari



Yüklə 31,41 Kb.
səhifə2/4
tarix20.10.2023
ölçüsü31,41 Kb.
#128686
1   2   3   4
3-mavzu.

3.2. Xalqaro mehnat bozorining rivojlantirish omillari
Mazkur maqsadlarga uzluksiz erishish uchun mehnat bozori rivojlanishining asosiy bosqichlari va vazifalarini aniq belgilash zarur.
Mehnat bozori rivojlanishining birinchi bosqichida (1991-1996yy.) quyidagi vazifalar bajarilgan: mehnat birjasi va bandlik xizmatining boshlang`ich tashkilotlari tashkil etilib, ular ishsizlik va bo`sh o`rinlar miqdor va tuzilishning hisob-kitobi, tahlili va kelajagi, band bo`lmagan aholini ishga joylashtirish va qayta o`qitish, bandlikka ko`maklashish jamg`armasini tashkil etish va sarflash ishlari bilan shug`ullanadilar, kichik va o`rta biznes hamda xususiy tadbirkorlik doirasida imtiyozli kreditlar ajratish yo`li bilan yangi ish joylarini yaratishga, muayyan moliyavi yordam ko`rsatilildi, xalq xo`jaligi tarmoqlarida, ayniqsa qishloq xo`jaligida tarkibiy islohotlar amalga oshirilib, «paxta yakka hukmronligi»ni tugatish uchun shart-sharoitlar yaratildi; yollanma xodimlar va ish beruvchilar sonining huquqiy asoslari yaratildi va boshqalar.
Bu davrda aholining ish bilan bandilk darajasining pasayishi, ishsizlikning
oshishi, ishchi kuchiga talab va unnig taklifi o`rtasidagi nomutanosiblikning ortishi sodir bo`ldi.
Ushbu bosqichning yakuniy natijasi – Mehnat bozorini shakllantirish uchun
ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarini yarattilish bo`ldi.
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (1997-2000 yy.) quyidagi vazifalar bajarilishi belgilangan:
Mahalliy investisiyalar va juda zarur bo`lgan holda xorijiy kreditlarni
jalb qilish asosida qishloq xo`jaligida bo`lmagan yangi ish joylarini yaratish yo`li bilan ishchi kuchiga talabni oshirish;
mehnatga layoqatli o`smirlar, ko`p bolali ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun kvotalangan ish joylarini tashkil etish va ularni iqtisodiy rag`batlantirishni ta`minlash;
band bo`lmagan shaxslarga yangi ish joylarini yaratish bilan shug`ullanuvchi – ish beruvchilarga doimiy yordamlar ko`rsatish;
ishchi kuchi taklifini uning malakasini, raqobatbardoshligini va eksportni oshirish yo`li bilan kamaytirish; mulchilikning turli formalarini shakllantirish va milliy iqtisodiyotda chuqur islohotlarni o`tkazish asosida aholini ish bilan bandligi sohasida tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish; ish haqi va boshqa mehnat daromadlarining manbalari darajasidan soliq stavkasidan keskin kamaytirish; bandlik xizmatining bozor infratuzilmasini tashkil qilish; mehnat shartnomalarini tuzishni takomillashtirish va boshqalar. Bularni barchasi bandlikni sezilarli o`sishi va ishsizlikning kamayishi hamda ishchi kuchiga talab va uning taklifi o`rtasidagi farqi qisqarshiga ko`maklashadi.
Uchinchi bosqichda (2001-2005yy.) quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutladi: ishchi kuchiga talabni oshishi va uning taklifini kamayishga yo`naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishni kuchaytirish; bandlik xizmati va uning infratuzilmasida qudratli va tez rivojlanuvchi tizimini yaratish; ishsizlikni yo`l qo`yiladigan darajasiga qisqatirish; ish bilan band bo`lmagan mahalliy xodimlarning malakasi, raqobatbardoshligi, ijtimoiy himoyasi va eksportni oshirish, mehnat bozori, bandlik va ishsizlikni tartibga solishning samarali tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini yaratish va hokazo.
Qayd etilgan vazifalarni bajarish ijtimoiy yo`naltirilgan mehnat bozorining
shakllanishiga olib keladi. Mazkur bozorning rivojlanishining keyingi bosqichida (2010-2015 yillar va undan keyingi davr ) ishchi kuchi talabi va taklifi o`rtasidagi bozor muvozanatiga erishish mumkin. Bularning barchasi mehnat bozorini samarali rivojlanishiga yo`naltirilgan ishchi kuchiga talabning oshishi va uning taklifini kamayishi bo`yicha iqtisodiy. ijtimoiy va tashkiliy tadbirlar majmuasi mujassamlashgan.



Yüklə 31,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə