3-mavzu. Xalqaro mehnat bozorining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Reja


Mehnat faoliyatini tashkil etish va oqilonalashtirishga oid xorijiy nazariyalarning rivojlanishi



Yüklə 31,41 Kb.
səhifə4/4
tarix20.10.2023
ölçüsü31,41 Kb.
#128686
1   2   3   4
3-mavzu.

3.4. Mehnat faoliyatini tashkil etish va oqilonalashtirishga oid xorijiy nazariyalarning rivojlanishi
Amerika Qo`shma Shtatlarida mehnat faoliyatini tashkil etish tizimlari XIX-XX asrlarda paydo bo`ldi. Ularning paydo bo`lishiga o`sha davrda mamlakat iqtisodiyotida ro`y berayotgan tub jarayonlar: kapitalning jamlanishi va markazlashishi, monopoliyaning vujudga kelishi, mehnatkashlarning siyosiy va iqtisodiy kurashi kuchayishi sabab bo`lgan edi. Shu o`zgarishlarning natijasida mehnat, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish zarur bo`lib qolgan edi.
Amerikalik muhandis F. Teylor (1856-1915) o`zi ishlab chiqqan usullarni ishlab chiqarish sharoitlarida qo`llagan, mehnatni tashkil etish masalalari tadqiqotchisi sifatida keng tanilgan birinchi olim bo`lgan edi. F. Teylor o`z tizimining asosiy qoida va tamoyillarini «Fabrikani boshqarish» (1903) va «Korxonani ilmiy boshqarish asoslari» (1911) asarlarida bayon etib, ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy negizda tashkil etishning zaruratini ilk bor asoslab berdi.
Teylor boshqarish funksiyalarini tabaqalashtirish, ya`ni texnologik va mehnat jarayonlarini rejalashtirish, loyihalashtirish va hokazolar funksiyalarini ajratishni taklif qildi. U vaqt sarflarini bevosita o`lchashga asoslangan mehnatni me’yorlash usulini ishlab chiqdi va qo`lladi.
O`sha yillarning o`zida yana bir taniqli Amerika tadqiqotchisi F. Gilbret (1868-1924) ham mehnat jarayonlarini takomillashtirish muammolarini ishlab chiqish bilan shug`ullangan edi. U o`z tadqiqotlarini yalpi, to`xtovsiz ishlab chiqarish sharoitlarida olib borgan va shu bois mehnatdagi xatti-harakatlar uning o`rganish predmeti bo`ldi, ularni kuzatish uchun u kinotasvirdan foydalandi. Shu tariqa Gilbret siklografik tadqiqot usulini ishlab chiqdi. Ushbu usuldan foydalanish mikroelementli me’yorlash tizimlarini yaratishni boshlab berdi. Gilbretning «Xatti-harakatlarni milliy boylik ko`payishi nuqtai nazaridan o`rganish» kitobi (1911) keng miqyosda tanildi. Bu tadqiqotchi, shuningdek ishchilarni kasb malakasi jihatidan tanlash va ularga ilg`or ish usullarini tezlashtirilgan tarzda o`rgatish usulining muallifi hamdir.
Mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirishning yana bir yo`nalishi G. Fordning (1863-1947) nomi bilan atalgan fordizm bo`lgan edi. Bu tizim AQShda Birinchi jahon urushi yillarida yuzaga kelgan va tashkilotchilik nazariyasining izchil davom ettirilishi va rivojlantirilishi bo`lgan edi. G. Ford «Mening hayotim – mening yutuqlarim» kitobini yozib, unda o`z tizimining asosiy tamoyillarini bayon etgan edi. Fordizmning mohiyati ishlab chiqarishning uzluksizlik usullari, birxillashtirilgan mashinalar va asboblar, andozali uzellarni qo`llash, ishni mumkin qadar bir qolip va majburiy maromga solish (konveyer), mehnatni haddan ziyod taqsimlash, asosiy ishlarni yordamchi ishlardan ajratishdan iborat edi. Ford Teylor tomonidan ta`riflangan ilmiy boshqarish tamoyillarini mehnatni ko`proq intensivlashtirishdan iborat o`sha maqsadning o`zini qo`ygan holda mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlariga tatbiqan rivojlantirdi.
F. Teylor zamonasida endigina tetapoya qilgan mehnat to`g`risidagi fan hozirgi vaqtga kelib, katta o`zgarishlarni boshidan kechirdi. Xorij mutaxassislari hal etayotgan masalalar doirasi nihoyatda keng. Mehnat sharoitlarini takomillashtirish, xodimni kasb malakasiga ko`ra tanlab olish usullarini mukammallashtirish, ergonomika masalalari, mehnatni tashkil etishda psixologik va sotsiologik usullarni qo`llash, ilmiy boshqarish usullarini ishlab chiqish, mehnatni insoniylashtirish masalalari shular jumlasiga kiradi.
Xorijiy amaliyotda ergonomika faniga katta ahamiyat berilmoqda. «Ergonomika» atamasi grekcha “yergon” – “ish”, “nomos” – “qonun” ma`nosini anglatadi. Uning mohiyati yangi mashina yaratilayotganda gap shunchaki mashinaning o`zi haqida emas, balki inson - mashina - ishlab chiqarish muhiti tizimidan iborat. Bunday yondashuv texnikaviy fanlarni inson va uning faoliyati o`rtasidagi mutanosib aloqalar uchun negiz bo`lib xizmat qildi. Shunday qilib, ularning oralig`ida yangi kompleks fan – ergonomika fani bunyodga keldi. Turli mamlakatlarda u turli nom oldi, masalan, Amerika Qo`shma Shtatlarida «inson injeneriyasi», Germaniya Federativ Respublikasida «antropotexnika» nomini oldi, Hamdo`st­lik mamlakatlari, xususan, O`zbekistonda ham «ergonomika» inglizcha atama qabul qilindi. Ergonomikaga sanoatdagi inson faoliyatining samaradorligi uchun javob beradigan mutaxassislarni zaruriy ma`lumotlar bilan ta`minlashi lozim bo`lgan oraliq fan deb qaraladi.
Bugungi kunda xorij mutaxassislari yangi psixologik va «Insoniy munosabatlar» nazariyasining tarafdorlari ishchilarga insoniy munosabatda bo`lish va shaxsni hurmat qilishni targ`ib qiladilar. Ularning fikricha, bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirish vositasidir.
XX asrning 70-yillari oxirida xorijlik nazariyotchilar «mehnatni insoniylashtirish» doktrinasini ilgari surdilar. Uning xususiyatlari shundan iboratki, taklif qilinadigan yangiliklar an’anaviy usullarning rivojlantirilishi emas, aksincha, an’anaviy usullar, o`ziga xos yo`sinda taftish qilinib, tubdan qayta ko`rib chiqilgan. Mazkur nazariyaning tarafdorlari shuni qayd etadilarki, kiritiladigan yangiliklarning maqsadi qulayroq mehnat sharoitlarini yaratish va uni insoniy-lashtirishdan iborat, bunda insoniylashtirish har tomonlamalilik va tizimlilik tabiatiga egadir.
Yüklə 31,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə