3-Modul. Lokal kompyuter tarmog’iga kirish 6-Mavzu: Lokal hisoblash tarmog’ining tashkil etuvchilari. Lokal tarmoq topologiyasi



Yüklə 388,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix05.10.2023
ölçüsü388,17 Kb.
#125750
1   2   3   4   5   6
3-Modul. Lokal kompyuter tarmog’iga kirish 6-Mavzu Lokal hisobl

LHT (Local Area Network)
. Lokal tarmoqlar o’z navbatida kliyent-server va 
piring(peer-to-peer) tipdagi bo’lishi mumkin. LHT tarkibiga tarmoq kabeli, 
interfeys kartalari, operatsion sistemalar, umumiy foydalanish qurilmalari
ko’prik(bridge) va shlyuz(gateway)lar kiradi.
Katta tarmoqlar ham foydali bo’lishiga qaramasdan, ko’pgina kompaniyalar 
bir bino hududidagi qurilma va kompyuterlarni lokal tarmoqlarni birlashtirishni 
afzal ko’rishadi.
PBX (Private Branch Exchange). 
Bino doirasidagi telefon simlari orqali 
aloqa qilishga asoslangan lokal tarmoq. U tashqi telefon liniyasiga ham ulanishi 


mumkin. Bu eski texnologiya bo’lib, hozir asta-sekin kamayib bormoqda. Tezligi 
past. 
LHT (Local Area Network). 
LHT esa odatda aloqa kanaliga ega bo’lishi 
kerak. Bu kanal simli yoki simsiz bo’lishi mumkin. LHT kommunikatsion 
aloqalar, tarmoq operatsion sistemasi, shaxsiy kompyuterlar yoki ishchi 
stantsiyalar, serverlar va boshqa umumiy foydalanishga mo’ljallangan 
qurilmalardan iborat. Bu qurilmalarga printerlar, skanerlar va saqlash qurilmalari 
kirishi mumkin. Katta tarmoqlardan farqli o’laroq LHTlarda host-kompyuterdan 
foydalanilmaydi. 
Lokal hisoblash tarmog’i (LHT
) bu kabel (angl. Wireless-simsiz) orqali 
maxsus komponentlar yordamida apparatli va dasturli ta’minotda shaxsiy 
kompyuter (ShK) hamda atrofdagi qurilmalarni birlashtirish.
LHT ning oddiy formasi ikkita ShK. Ular o‘zaro tarmoqli kabel (yoki radio) 
orqali bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, o‘zining resurslaridan birga foydalanishlari 
mumkin (ma’lumotlar, xotira, printer, faks, skanner, dasturlar, modem va h. k.). 
Bir nechta personal kompyuterlarni bitta printerga ulash mumkin. Bu prinsip 
bugungi kunda ham qo‘llanib keladi. 
Keyin birinchi 
Disk-Server
(Disk-Servis) yaratildi. Bu markaziy kompyuter 
bo‘lib, bir nechta ishchi stansiyalar bilan ulangan. Markaziy kompyuterda 
operatsion tizim o‘rnatildi va bu bir nechta ishchi stansiyalarga (clients) bir vaqtda 
kirish imkoniyati yaratildi. Ma’lum bir resurslarga ulangan ishchi stansiyalarni 
kirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘yish xususiyatlarga Disk-serverlar ega edi. 
Bunday serverlarga texnik xizmat va xizmat ko‘rsatish katta xarajatlar talab 
qilinar edi, chunki ishchi stansiyalar boshqarar edi.
Keyinchalik disk-serverlarni faylli serverlar (File-Server) bilan almashtirishdi. 
Bunda boshqarish vazifalarini server o‘ziga oldi.
Ishchi stansiya resurslariga kirishni qo‘shimcha chegaralash uchun yangi 
imkoniyatlar tug‘ildi. Yakka ShK afzalligi bu ko‘p sonli amaliy dasturlar bilan 
avtonomli ishlash. Buning uchun unga markaziy kompyuter resurslariga kirish 
kerak emas.
Bunday ishlashni kamchiligi esa, qayta ishlangan ma’lumotlarni saqlash lokal 
tariqasida bo‘ladi. Ya’ni, bu ma’lumotlar bilan boshqa foydalanuvchilar ham 
ishlamoqchi bo‘lsa, ularni avval saqlash kerak yoki disketaga nusxa ko‘chirish 
kerak.
Birinchi kompyuterlar katta xarajatlar talab qilar edi, - atrof qurilmasi va 
xotira uchun ancha-muncha mablag‘ kerak edi. O‘sha vaqtda har bir hisoblash 
mashinalari orasida ma’lumotlar bilan almashish zarurligi paydo bo‘lgan . Shu 
sabab bilan kompyuterlar tarmoqga birlashtirilar edi.

Yüklə 388,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə