3-Modul. Lokal kompyuter tarmog’iga kirish 6-Mavzu: Lokal hisoblash tarmog’ining tashkil etuvchilari. Lokal tarmoq topologiyasi



Yüklə 388,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix05.10.2023
ölçüsü388,17 Kb.
#125750
1   2   3   4   5   6
3-Modul. Lokal kompyuter tarmog’iga kirish 6-Mavzu Lokal hisobl

 


2.
Lokal hisoblash tarmog’i turlari: kliyent-server va piring(peer-to-
peer).
LHTning asosiy ikki turi mavjud: kliyent-server va piring. 
Kliyent-server 
tipidagi 
LHT
Bu tipdagi LHT talab qiluvchi 
mikrokompyuter – kliyentlar va xizmat ko’rsatuvchi qurilmalar-serverlardan 
iborat. Server taqsimlangan ma’lumot va qurilmalarni (masala, printer) boshqarib 
turadi. Tarmoq operatsion sistemasining bir qismi esa serverlarda joylashadi. 
Tarmoq operatsion sistemasi uzoqdagi disklarni “yaqinlashtiradi”. Server od atda 
kuchliroq kompyuter bo’lib, katta operativ xotira va katta sig’imli qattiq diskka ega 
bo’ladi. Yaqin o’tmishda Novell Netware tarmoq operatsion sistemasi boshqaruvi 
ostida ishlovchi LHTlar eng ko’p tarqalgan edi. Kliyent-server texnologiyasi 
Internet tarmog’iga ulanishda ham amal qiladi. Kliyent mashina GUI asosidagi 
operatsion sistema va brouzerga ega bo’lishi yetarli.
Bitta LHTda turli vazifalar uchun turli serverlar ajratilishi mumkin (fayl-
server, ma’lumotlar bazasi serveri, bosmaga chiqarish serveri va hokazo). 
Piring (peer-to-peer) tipidagi LHT
“Peer” so’zi “o’zga bilan teng huquqli” 
degan ma’noni bildiradi. Piring tipidagi LHTda barcha kompyuterlar hech qanday 
serversiz bir-birlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilishadi. Bunda tarmoq 
operatsion sistemasi har bir kompyuter ham server, ham kliyent bo’lishiga imkon 
beradi. Shuning uchun bir kompyuterdagi har qanday fayldan tarmoqning ixtiyoriy 
boshqa foydalanuvchisi foydalanishi mumkin. Piring tarmoqlari kliyent-server 
tarmoqlariga nisbatan arzonroq va 25-tagacha kompyuter bilan samarali ishlaydi. 
Kompyuterlar soni bundan oshsa, ma’lumot almashinish tezligi keskin p asayadi, 
chunki har bir kompyuter 25 dan ortiq kompyuterga xizmat ko’rsatis higa to’g’ri 
keladi.
Ko’pgina LHTlar ham kliyent-server, ham piring tipidagi tarmoq 
birlashmasidan iborat. 

Yüklə 388,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə