3-sinf oʻquvchilariga vaqt oʻlchovlarini oʻrgatish metodikasi mundarija kirish I bob. Vaqt o‘lchov birliklari



Yüklə 99,53 Kb.
səhifə3/8
tarix22.06.2023
ölçüsü99,53 Kb.
#118515
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5224590371396266795

I BOB. VAQT O‘LCHOV BIRLIKLARI
1.1 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish
Mavzuni o‘rganishning asosiy vazifasi bolalarni vaqt birliklari va ularning munosabatlari bilan tanishtirish, vaqtni soat bo‘yicha aniqlashga o‘rgatishdir. Ularga minut, sekund, soat, kun, hafta, oy, yil kabi vaqt o‘lchovlarini uy sharoitida o‘rganib kelish topshiriladi.
Birinchi sinfning tayyorgarlik davridayoq oldin, keyin tushunchalari kiritiladi. Masalan, to‘rtta faslga doir rasmli ko‘rgazmadan foydalanib, qaysi fal oldin keladi, qaysisi keyin keladi, degan savollarni tushuntirish mumkin. 1-sinfdan boshlab, tong, kunduz, kechqurun, tun, bugun, kecha, ertaga tushunchalari bilan tanihib boradilar. Sinfda kalendardan (taqvim) foydalanish, shu asosda hafta, oy, yil kabi ularning orasidagi bog‘lanishni o‘rganish mumkin.
Vaqt o‘lchovlari‖ mavzusi bo‘yicha darslarda odamlar turmushida vaqtning qanday rol o‘ynashini, kichik chaqaloqligidan keksa bo‘lgunga qadar o‘tgan oraliqdagi odamlarning yoshi bo‘yicha bosqichlarini tushuntirish, suhbat uyushtirish mumkin.
IV sinfda ―Vaqt o‘lchovlari mavzuida yil, oy hafta, sutka, soat, minut kabi o‘lchov birliklari haqida tushuncha beriladi. Ko‘rgazmali tushuncha berish uchun soat va undan foydalanishga kengroq to‘xtatilish kerak. Sinfda vaqtning o‘lchov asboblari : soat va sekundomerlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ko‘proq hisoblash ishlarida soat siferblatining bo‘lishi shart. Vaqtni hisobga oladigan quyidagi qo‘llanmalar haqida tushunchlar berish mumkin:
1.Tabel
2.Soatning demonstrasion modeli (sifrblat).
3.Maktab o‘quvchisining kundalik rejimi‖ jadvallari.
Shuningdek, sekund va asr bilan tanishadilar. O‘quv yilning oxirida quyidagi vaqt o‘lchovlari jadvali beriladi.
1 asr = 100 yil 1 sutka = 24 soat
1 yil = 12 oy 1 soat = 60 minut
1 oy = 30 yoki 31 sutka 1 minut = 60 sekund.
Fevral oyi 28 yoki 29 kun. 1 oddiy yil 365 sutka. Kabisa yili 366 kun.
Asosiy birliklar – yil va sutka
Darslikda berilgan jadvaldan foydalanib 12 oy va har bir oy necha kundan iboratligini ko‘rsatish zarur. Bu mavzuga oid darslarda yirikroq vaqt o‘lchovlarini maydaroq vaqt o‘lchovlariga va aksincha almashtirishga oid mashqlarga katta e‘tibor bergan maqul.


1 asr 1 yil 1oy 1 kun 1 soat 1min

100 yil 12oy 30 yoki 31 24 60 min 60 sek


Mavjud dastur bo‘yicha vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishuv 2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi tshlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim.


2-sinfda “Vaqt o‘lchovlari” mavzusini o‘rgatishda bolalar vaqt o‘lchovining asosiy birliklari haqida konkret tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Bular yil, hafta, sutka, soat, minut.
Ma’lumki, vaqt o‘lchovlari, o‘lchovlarning metrik tizimidan farqli o‘laroq bevosita o‘lchash imkoniyatini bermaydi. Bu xol turli ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanish kerakligini ko‘rsatadi.
1. Tabel-kalendar. Joriy yil uchun bunday tabel-kalendarni o‘quvchilarning o‘zlari o‘qituvchi raxbarligida mehnat darslarida tayyorlaydilar.
2. Maktab o‘quvchisining kundalik rejimli jadvallari.
Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga tanish bo‘laklari bo‘lgan ertalab, kunduzi, kechqurun, tun tushunchalari orqali kiritiladi. O‘quvchilarga kalendardagi chislolar sutkalarni ifodalashni, sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishini tushuntirish kerak.
Shundan keyin soat va minut qaraladi. Soat va minut bilan tanishtirishga bag‘ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o‘lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir sutka 24 soatdan, 1 soat 60- minutdan iborat.
2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar o‘rganiladi.
3-sinfda esa sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt haqidagi tushunchalarni Yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish Yaxshi samara berish mumkin, masalan: o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng bir minut o‘tgach, bolalar ham qarsak chalishni tushuntiradi. (bolalar bir minut vaqt o‘tish uchun 60 gacha sanashlari kerak.). Kalendar bilan ishlash ham Yaxshi natija beradi. Darslikda berilgan mashqlarni bajarish davomida bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini bilib oladilar.


    1. Yüklə 99,53 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə