3-sinf oʻquvchilariga vaqt oʻlchovlarini oʻrgatish metodikasi mundarija kirish I bob. Vaqt o‘lchov birliklari



Yüklə 99,53 Kb.
səhifə7/8
tarix22.06.2023
ölçüsü99,53 Kb.
#118515
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5224590371396266795

2.Vaqt birliklari bilan amallar bajarish.
Bir necha dars vaqt birligi qatnashgan ismli sonlar ustida amallar bajarishga ajratiladi.
12 soat 45 minut 15 soat 35 minut
10 soat 30 minut 8 soat 48 minut
Vaqtni qo’shishni o’rganishdan oldin, ana shunday mashqlar qaraladiki, ularda minutlar yoki sekundlar yig’indisi 24 soat dan kam, kunlar yig’indisi 30 dan yoki 31 dan kam,…
Ayrishni qarashda quyidagi misollar tavsiya qilinadi:
1 soat -34 min, 3 m 26 sekund

Xulosa
O’zbekiston Respublikasining istiqboli xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida bo’lganidek, xalq ta‘limi oldida ham muhim vazifalarni qo’ymoqda. Zero yosh avlod tarbiyasi O’zbekiston istiqbolini mustahkamlashning muhim zamini deb hisoblanadi.
“Yoshlari bilimdon, yurtning kelajagi buyukdir”.(I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi”).
Biz shunday farzandlarimizni tarbiyalashimizda boshlang’ich sinflarda matematika fanini ahamiyati juda katta ekanligini aytib o’tishimiz lozim hisoblanadi. Bugungi kunda har bir kishi ishbilarmonlikni, iqtisodiy hisob-kitobni bilishi zarur. Shuning uchun boshlang’ich sinflarda ta‘lim jarayonini tubdan Yaxshilash davr talabi hisoblanadi. Bu esa har bir o’qituvchidan yuksak tajribani puxta bilimni, malakani talab qiladi.
Boshlang’ich sinflarda miqdor va birliklarni juda keng o’rganilmoqda. Boshlang’ich sinf matematikasida uzunlik o’lchovi, vaqt o’lchovi, yuzani o’lchash va topishga doir misol va masalalar berilgan.
Bu sinflarda miqdor o’lchovlari o’zgarmas birligidan foydalanib bilib boriladi. Masalan: uzunlik o’lchovi, millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr.
Vaqt o’lchovi: sekund, minut, soat, yil, asr, oy, kun sutka, hafta.
O’lchov birliklarini tarkib toptirishda qadimgi nomlardan ham foydalanilgan. Masalan: qarich, quloch, gaz, qadam, chaqirim, tosh, pud, misqol, chorak, daqiqa, tanob, asr, qadam, olchin, ongli, manzil, yog’och, farzand va shular kabilar.
Bundan tashqari miqdorlar tushunchasi figuralarning yuzini o’lchashda ham ma‘lum birliklardan foydalaniladi.Kvadrat santimetr (kv sm) kvadrat detsimetr (kv dm) kvadrat metr (kv m) lardir. Hozirgi vaqtda minutni daqiqa, sekuntni soniya deb atash odat tusiga kirib qolgan.
Matematikada o’rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Shuning uchun “Matematika miqdorlar haqidagi fan, u miqdor tushunchasidan kelib chiqadi” deb bejiz aytilmagan. Boshlangich sinfda quyidagi miqdorlar qaraladi: uzunlik, yuz, massa, hajm, vaqt va boshqalar.
Boshlangich sinflarda asosiy miqdorlarni o’rganish arifmetik materialni o’rganish bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshiriladi. Jumladan “o’lchashni o’rgatish sanashni o’rgatish bilanbog’lanadi; Yangi o’lchov birliklari tegishli sanoq birliklari kiritilgandan so’ng kiritiladi; ismli sonlarni yozilishi va o’qilishi sonlarni nomerlash bilan parallel o’rganiladi; arifmetik amallar abstrakt sonlar ustida va isimli sonlar ustida bajariladi. O’quvchilarning o‘lchov birliklari to‘g‘risidagi bilimlari va tasavvurlari ko’rgazmalilikning turli vositalari Yani geometrik figuralarning modellari, chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish, kuzatishlar asosida va har qaysi o‘quvchining alohida miqdorlarni o‘lchashga doir amaliy mashqlar ish natijalari asosida xulosa chiqarish o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Atrof-borliqni o’z kashfiyotlari orqali bilib olish bolalar uchun juda qiziqarlidir.
Matematikani tevarak atrof, kundalik turmush bilan bog’lab o’qitishda yetuk olimlar, metodistlar, didaktiklar tomonidan asoslab berilgan nazariyalar hamda ilg‘or tajribali o‘qituvchilarni dars jarayonida olib borgan amaliy ishlariga tayanib bu mavzuni yoritib berishdagi 4 ta asosiy sabablarini ta’kidlab o’tish lozim:
1. Mahalliy materiallardan foydalanib darsni xayotiyligini ta’minlash.
2. Miqdorlar ustida ishlashda bu miqdorlarni turmush hayot bilan bog’lash.
3. Turli masalalar tuzish va yechish matematikani hayot bilan bog’lashdagi muhim vosita ekanligi.
4. O’quvchilarni jamoa va Yakka tartibdagi ishlarini tashkil qilish uchun Yahshi sharoit Yaratadi.


Yüklə 99,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə