3-topshiriq javobi



Yüklə 233,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix02.05.2023
ölçüsü233,18 Kb.
#108016
1   2   3   4   5
3-topshiriq javobi

Xo‘ja Ahmad yassaviy 
hayoti, vafot etgan yillari haqida turlicha 
ma’lumotlar mavjud. Jumladan, mavlono Xusomidin Sig‘noqiy «Xo‘ja Ahmad 
yassaviy 130 yil umr ko‘rgan», deb yozadi ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u zoti 
sharif payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga e’tiqod yuzasidan 63 yoshga 
kirganda er tubida, g‘orda yashab hayot kechirganlar. Lekin u erda necha yil 
yashaganlari Aniq ma’lum emas. Ammo o‘zlarining hikmatlarida yozilishicha, 125 
yoshga kirganligi haqida ma’lumot berilgan. Shu yoshda ham tetik bo‘lib, hikmat 
misralarini bitgan. 
Xo‘ja Ahmad yassaviy taxminan 125-130 yoshlar orasida, ya’ni (1041 yilda 
tug‘ilgan) 1166(67) yilda yassida olamdan o‘tgan. Ulug‘ bobomiz Jahongir Amir 
Temur 1395-1397 yillarda uning kichik qabri ustiga ulug‘vor bino qurdirgan 
bo‘lib, u hamon o‘zining salobati, ko‘rkamligi bilan ziyoratchilarni o‘ziga maftun 


qilib kelmoqda. Shoirning yassaviy taxallusi bilan qoldirgan adabiy merosi asosan 
to‘rtliklardan iborat. Shuningdek, uning adabiy merosida ayrim g‘azal va 
masnaviylar ham mavjud. Shoir ijodining g‘oyaviy yo‘nalishi tasavvufona bo‘lib, 
kishilarni bu dunyoda pok, halol, beozor, etim-g‘ariblarga mehr-Shafqatli bo‘lib 
yashashga da’vat qilishdan iborat. Bu yo‘lda insonlar o‘zlarini turli nojo‘ya 
yo‘llarga boshlovchi nafsni jilovlashga chaqiradilar. 
Ahmad yassaviy yusuf Hamadoniyga Shogird to‘Shadi va uning ta’limotini 
rivojlantirib «yassaviya» tariqatini yaratadi. «yassaviya» tariqatining barcha 
aqidalari Ahmad yassaviyning asosiy asari bo‘lmish «Hikmat»da mufassal bayon 
etilgan. «Hikmat»da o‘z ql kuchi, peshona ter iva halol mehnati bilan kun 
kechirish, Alloh taolo visoliga etishish yo‘lida insonni botinan va zohiran har 
tomonlama takomillashtirish kabi ilg‘or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan. 
Mol-dunyoga, boylikka va davlat orttirishga mukkasidan ketgan, xasis va ochofat 
kishilarni yassaviy beayov tanqid qiladi. 

Yüklə 233,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə