Mavzu: Naqshbandiya tariqatining mazmun mohiyati Reja



Yüklə 39,25 Kb.
səhifə1/2
tarix08.06.2023
ölçüsü39,25 Kb.
#116247
  1   2
Mavzu Naqshbandiya tariqatining mazmun mohiyati Reja


Mavzu: Naqshbandiya tariqatining mazmun mohiyati
Reja:

  1. Kirish. Bahouddin Naqshband-yangi tasavvuf ta’limotining asoschisi.

  2. Bahouddin Naqshband ta’limiy-ahloqiy qarashlarining asosiy yo’nalishlari.

  3. Naqshbandiya tariqatining tub mazmuni va hozirgi kundagi ahamiyati.

  4. Xulosa.


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil, xuquqiy-demokratik, ma’naviy barkamol fuqarolar jamiyati qurish yo‘lida borayotgan vatanimizda uning porloq kelajagi davlatimizning ustivor siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Buni biz kundalik faoliyatimizning barcha jabhalarida dildan xis qilayotirmiz. Chunonchi mamlakatimiz o‘zluksiz ta’limining hamma bo‘g‘inlari I.A.Karimovning «Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» ma’ruzasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi konun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan islohotlar hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tdi 1 . Mazkur dasturiy hujjatlar nafaqat mamlakatimizda balki talay rivojlangan davlatlarning rahbarlari ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat arboblari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Buning boisi shundaki ushbu xujjatlar asosida barkamol shaxs tarbiyasidek olijanob maqsad yotadi. Barkamol yosh avlodni tarbiyalash, uning ongi tafakurini jahon andozalari darajasiga ko‘tarishda xalqimizning asrlar davomida yaratgan boy ma’naviy merosi umrboqiy qadriyatlari, e’tiqodiy udum-an’analari xal qiluvchi ahamiyatiga molikdir. Bular hozirgi kunda bizni ikki jihati bilan o‘ziga jalb qiladi. Birinchidan, ular bir vaqtlar jahon sivilizatsiyasi fanining rivojlanishiga turtki va poydevor bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi mustaqillik sharoitiga yosh avlodni milliy g‘urur va ruhiy jihatdan tarbiyalashda muhim ma’naviy omil hisoblanadi. Ikkinchidan biz XIX-XX asrning suronli alg‘ov-dalg‘ovida kommunistik tuzum sharoitida o‘zligimizni unutib butun bir avlod tarbiyasida milliy qiyofa, o‘ziga xos axloq odobimizni anchayin unutib yuborganimizni ham bugungi kunda ularni e’zozlab o‘rganishimizni taqozo qiladi. Istiqlol yo‘lidan shahdam odimlar bilan ilgarilab borayotgan Respublikamizda ma’naviy-axloqiy, ilmiy-irfoniy merosga sidqu sadoqat bilan qarayotganligiga butun jahon jamoatchiligi tan bermoqda. Buning ifodasi sifatida Imom Muhammad Ibn Ismoil Buxoriy, Al-Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Al-Moturudiy, Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur, Xoja Abdulhomid G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshbandiy kabi ulug‘ shaxslarning tavallud kunlarini mamlakatimizda va jahonda keng nishonlashi, ularga bag‘ishlab purvikor ziyoratgohlarni tiklash, hamda ma’naviy ilmiy merosini asarlarini nashr qilishga davlat miqiyosida e’tibor berishi milliy merosimizni o‘rganishga ulkan turtki bo‘ldi. Ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar davomida yaratilgan g‘oyat bebaxo va o‘lkan ma’naviy-madaniy, ilmiy-pedagogik me’rosini pedagogik jihatlarini umummilliy muammo hisoblanadi. Bu ulkan xazina har jihatdan ma’naviyma’rifiy, tarixi va pedagogik jihatdan yosh avlodda mustaqillika nisbatan ixlos, imom-e’tiqodni shakllantirishda vosita hisoblanadi. Milliy merosimizni yaxlit qadriyat sifatida har jihatdan tadqiq qilish dolzarb muammo va ilmiy tamoyil hisoblanmog‘i lozim. Bu mumtoz, badiiy adabiyot hamda irfoniy-ilohiy merosimizga ham taalluklidir. Muborak ona zaminimizni ettinchi asrlarda arablar tomonidan zabt etilib va islomiy e’tiqodni ular shuuriga amaliy ilmiy, ma’naviy madaniy xayotiga kuch bilan singdirilganligi inobatga olinsa, o‘n turt asrlik taqdirimizning shu din zamirida tuganligini anglash qiyin emas. Shu davrlar mobaynida islomiy talablar antiqa udumlarimizda, turmush tarzimizga singib ketib, ularning g‘oyaviy va axloqiy asosini belgilab kelmoqda. Ayniqsa, islomiy g‘oyalar og‘zaki va yozma badiiy adabiyotda axloq, ta’lim tarbiyada xayotbaxsh g‘oyalar sifatida singib kelgan, hamda xalqimiz iymon-e’tiqodini belgilagan.


Manbalar asosida Bahouddinning tavalludi hijriy 718 yili muharram oyida va rihlati hijriy 791 yili robi’ul avval. oyining uchinchisi, dushanba kechasi ekanligi ko‘rsatilgan. Bahouddinga tarbiya bergan ustozlar shartli ravishda ikkiga ajratilgan: 5 1.Zohiran, bevosita muloqotda bo‘lib tarbiya bergan ustozlar. 2.Bevosita uchrashmasdan, ruhlari orqali tarbiya bergan uvaysiy ustozlar. Birinchi guruhga Xoja Muhammad Boboi Samosiy, Xalil Og‘a, Amir Kulol, Orif Digtaroniy, Qusam SHayx va Hadisshunoslikni o‘rgatgan ustozlari kiradilar. «Rashohot»da Bahouddin Amir Kuloldan so‘ng Orif Digtaroniy va Qusam Shayxdan va «keyinchalik esa, Xalil Otadan tarbiya olgan» deyilgani voqealar mantiqiga mos kelmaydi. Chunki «Maqomot»da Naqshbandning o‘zi keltirgan naqli bu voqeaning boshqa tarzda bo‘lganligini ko‘rsatadi: Bahouddin Samosiydan keyin Samarqanddagi shayxlardan ta’lim oladi. Keyin tushida Hakim ota-Sulaymon Boqirg‘oniyning ishorasi bilan turk shayxlaridan Xalil Otadan 12 yil saboq olgan. Keyin Amir Kulol, 7 yil Orif Digtaroniy, 5 oy Qusam SHayxdan tarbiya olgan. Ammo haqiqat yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, Bahouddin Uvaysiy bo‘lgan va G‘ijduvoniydan tarbiyat topgan. Naqshbandiyning Uvaysiyligini o‘zidan oldin o‘tgan G‘ijduvoniy (vafoti 1180 yoki 1220) ruhi va madadidan tarbiyat topganligi bilan izohlanadi. Manbalar taxlili asosida xojaning birinchi ruhiy holatining o‘zgarishiga sabab Xoja Ali Romitaniy ruhi bo‘lganini, uning Naqshband o‘zini «Biz Hazrat Azizoning muridimiz» deb ta’kidlagan. Uning tushida Boqirg‘oniy (vaf. 1186) ruhi ishorat qilgani va u Xalil Ota tarbiyasini olganini, shundan keyin Xojai Jahon ruhiyati tarbiyasida bo‘lganini yozgan. Naqshband buyuk mutasavvif Mansur Halloj (858) ruhidan ham ta’lim olgan. Naql qilinishicha, u aytgan: «Talab ayyomlarida Mansur Halloj sifati ikki marta menda tug‘yon urdi. Bir dor bor edi. Ikki marta o‘zimni dor ostiga etkazdim va dedi: «Joying mana shu dordir!». Tangri inoyati bilan bu maqomdan o‘tib keta oldim». Naqshband buyuk so‘fiylar Boyazid Bastomiy (vaf. 875), Junayd Bag‘dodiy (vaf. 910), Shibliy (861) ruhiy olamidan ham bahra olgan, lekin ular maqomida qolmagan. Manbalarda keyingi ruhiy tarbiya bergan valiy Xoja Hakim at-Termiziy ekanligi ko‘rsatilgan. Hijriy 789 yidda Bahouddin shunday degan: «Yigirma ikki yildirki, biz Hakim at Termiziy tariqatiga ergashamiz va ular besifat edilar. Agar biror kishi bilsa men ham bu zamonda besifatdurman». Yana Naqshband Xavazan Qushayriy (986) va Fariduddin Attor (vaf. 1220) ruhiyatidan tarbiya olgan. Maqomotda yozilishicha, u aytar edi: «Bizning sulukimiz tariqatda Imom Qushayriy va Shayx Attor aytgan so‘zlariga juda muvofiq keladi» 6 . Manbalar malum bo‘ladiki, Naqshbandga Abu Ali al-Horis Muhosibiy (781), Abu Sayid Abulxayr (967), Abdulloh Ansoriy (1006) va Abdulqodir Giloniy (1077-1166)lar ruhiy ta’sir etgan. Bahouddinning «Avrod» asari bor. Avrod «vird» so‘zining ko‘pligidir. Virdni Trimingem uch mazmunda: «a) tariqat; b) maxsus duo; v) tariqatning zaruriy duosi» deb talqin etgan. Virdning tariqat manosida kelishi uning bu yo‘lning asosini tashkil etuvchi duolar tizimi ekanligini anglatadi. «Vird tariqat so‘zining sinonimi bo‘lib, xizmat qilish zarur bo‘lgan yo‘lni anglatadi. SHuning uchun muayyan shayxning virdiga ergashish shu tariqat yo‘liga ergashish demakdir». Vird tariqatga kirishda ahd marosimida bu yo‘lga kirayotgan kishiga tasbeh bilan birga topshirilgan va kamolot darajalariga muvofiq o‘qishga ijozat berilgan. Trimingem islomdagi tariqatlarni tahlil etib, «Barcha tariqatlar o‘zining shaxsiy, o‘z rahbari ijod etgan avrodiga ega bo‘lgan. Unda tariqatning xususiyati o‘z aksini topgan», - degan xulosaga kelgan. Tadqiqotchi Naqshbandning «Avrod»i Naqshbandiya tariqatining xususiyatlarini aks etgiruvchi muhim manba degan xulosaga keladi. «Avrod»da butun borliq yagona ilohiy asosga ega bo‘lgan ikki olamdan iborat, deb qaraladi. Bu olamlarning biri «amr», ikkinchisi «xalq» deb nomlanadi. «Amr» - Tangrining amri bilan yaratilgan birlamchi, abadiy va asosiy olam, «xalq» esa shu amr olamining tadrijiy rivojlanishi natijasida vujudga kelgan mavjudotlar olamidir. Ikkinchi olamning asli amr olami bo‘lib, u o‘zgaruvchan va foniydir. SHu bilan birga, Bahouddin jami borliqni «g‘ayb» va «shahodat» olamlariga ajratadi. «G‘ayb» bizga ko‘rinmaydigan farishtalar, jinlar va boshqa ilohiy q u v v a t l a r olami. «Shahodat»-biz guvoh bo‘lib turgan zohiriy olam. Bahouddinning fikricha, «shahodat» olamiki inson o‘z hissiyotlari va aqli orqali o‘rganishi mumkin. Ammo Tangri o‘zi istagan kishigagina g‘ayb olami sir-asroridan boxabar bo‘lish imkoniyatini laduniy-o‘z bilimlaridan berishi mumkin. Naqshband ma’rifatni keng ma’noda tushunadi. U ruhiy kamolotning asosiy maqsadi ma’rifatli bo‘lishdir, deb biladi. Ma’rifatni ijmoliy (qisqa) va tafsiliy (to‘liq) deb ikkiga ajratadi. Bahouddindan so‘raydilar: «Sayru sulukdan maqsad nima?». U javob beradi: -«To ijmoliy ma’rifat tafsiliyga aylansin», ya’ni solik xabarchidan qisqagina qabul qilingan narsani, tafsil yo‘li bilan to‘la tanib olsin. Bahouddin ijmoliy ma’rifat bosqichida dalilu hujjat vositasi bilan, ya’ni aqlu tafakkur ila amal qilish mumkinligini ta’kidlagan. Tafsiliy ma’rifat martabasi esa kashf va ayonlik ila, ya’ni Tangri inoyati orqali hosil bo‘ladi, deydi. Bahouddin «Tavhidga etish oson, lekin ma’rifatli bo‘lish murakkab jarayon, shuning uchun unga piru murshid rahbarligi orqali etishish mumkin», -deydi. Naqshband «Haqqa etish talabida bo‘lgan soliklarning asl maqsadi tafsiliy ma’rifatdir», ya’ni Haqning talabida bo‘lgan inson-butun kullga to‘la singib ketishi, binobarin, sayru sulukning oxirgi maqsadidir, deb belgilagan. Naqshband Haqqa etishish yo‘li o‘zini tanishdan boshlanishi, bu yo‘lda asosiy to‘siq kishining o‘zi ekanligini ta’kidlagan. Inson ma’rifatli bo‘lishi, o‘zini anglashi, o‘rganishi uchun avvalo o‘z-o‘zini boshqara olishi, barcha quvvatlarini ilohiy yo‘lga sarflashi, butun vujudini idora etib, uni ruhiy kamolot uchun safarbar etishi kerak. Shuning uchun Bahouddin poklanish kerakligani alohida 11 ta’kidlagan. U aytgan: «Haq yo‘lining avvali botindan yomon sifatlarni yo‘qotishni talab etadi. Bilginki, erdan yaxshi hosil olish uchun uni barcha xashaku xaslardan tozalab, keyin urug‘ sepiladi. Xuddi shunday botinni poklab, so‘ng unga zikr urug‘ini sepish kerak». Bahouddin Naqshband ma’rifatli bo‘lishni fano holati bilan bog‘lagan. Bu holatga etgandan so‘ng kishiga ma’rifatning sirlari ochiladi, deydi. Buning uchun barcha hijob - to‘siqlar bartaraf bo‘lishi kerak. U yana ta’kidlaganki, ilm va aqlning yo‘li to fano sohiligachadir, ya’ni bu moddiy olam bilan bog‘langan narsalarni o‘rganishda ilm va aql ko‘maklashadi. Fano holatiga etib, yo‘qlik olamiga kirgandan keyin hayrat va benishonlik boshlanadi, ya’ni tafsiliy bilish jarayonida dalil va isbot emas, noratsional bilish usullari zarurligini aytmoqchi bo‘ladi. Bu jarayonni Naqshband bunday ta’riflagan: «Tanish shuxuddan vujudga keladi. SHuhud vujuddan emas, unga ziddir». Demak, bu irfoniy jarayonda aql emas, ruhiy bilish, qalb ko‘zi asosiy o‘rinni egallaydi. Bu «ko‘z» bilan g‘ayb olami sirlarini ko‘rib bo‘ladi. Dalilu burhondan so‘ng kashfu ayon martabasiga o‘tilishini ta’kidlagan u. Naqshbandning irfoniy ta’limotida vujud bilan shuhud tushunchalari bir-biriga qarshi turadi. Aql va ilm vujud bilan bog‘langan va dalil hujjat bosqichi, deyilsa, shuhud kashfu ayonlik darajasi bo‘lib, ruhiyat bilan bog‘langandir. Shuhud darajasiga etgan solik surat, kasrat martabalaridan o‘tib, ayoniy tavhid maqomiga etadi. Ko‘plikning suratiga qarab turib, shuning jamuljamida Haqni mushohada etadi. Unda Ollohdan o‘zga narsa va hodisalar mushohadasining o‘zi to‘la yo‘q bo‘ladi va har narsagaki ko‘zi tushsa, unda faqatgina haqni ko‘radi7 . Bahouddinning ma’rifatga oid 20 ta maslahati bor. Nodir maslahatlar hozirgi kunda ham ma’rifat talabidagi kishilar uchun bag‘oyat qimmatlidir. Bahouddin maslahatlarini berishdan oddiy insonni, ulardan foydalanishga tayyorlash maqsadida uqgarib o‘tgan: «Siz o‘zingizni bilim bilan to‘ldirmoqchisiz. Lekin bir narsani to‘ldirish uchun uni avval bo‘shatish lozim. Siz o‘zingizni to‘g‘ri bilimlar bilan to‘ldirish va bo‘shatish uchun quyidagi maslahatlarga amal qilishingiz va o‘zingiz uchun ularni qoida qilib olishingiz mumkin». Bu bilan Bahouddin yangi, to‘g‘ri bilim bilan o‘zini to‘ldirmoq istagidagi kishiga, avvalo, o‘zidagi bor narsalarni olib tashlab, poklanishga maslahat beradi. Bahouddin irfoniy ta’limotida bu maslahatlar hozir ham muhim ahamiyatga ega. «Hech qachon, qanchalik istagingiz kuchli bo‘lmasin, o‘qish muddatiga berilmang, o‘qish-o‘rganish shiddat holatida sezilmaydigan yo‘lyo‘riqdir», - degan Bahouddin birinchi maslahatida. Bu bilan o‘qish-o‘rganish shiddat bilan, tezlik bilan, qisqa muddatda amalga oshadigan jarayon emasligini ta’kidlagan. Qisqa muddatda ilmdagi harfu-qoidani, uning tashqi tomonlarini yodlash mumkin, lekin asl mohiyat -uning botin tarafini anglash, tushunish, ko‘rish uzoq jarayon. «Hech qachon ichki kechinmalaringizga berilmang. Qachonki, siz ularning chegarasidan chiqsangiz bilimga etasiz. Ular sizni adashtirish uchundir», - degan bu ulamo ikkinchi maslahatida. Ma’lumki, har bir kishi atrofdagi voqea-hodisalarni o‘ziga xos tarzda ko‘radi, eshitadi, ta’sirlanadi, o‘zicha xulosalar yasaydi va bu ichki kechinmalar ob’ektiv ilm, haqiqatga etish uchun to‘siqdir demoqchi u. Qachonki ularni engib, olamga xolisona nazar tashlanadigan bo‘lsa, haqiqiy bilishga etishish mumkin Ichki kechinmalar olamni tor tushunishga, sub’ektiv qarashlarga olib keladi va ilohiy haqiqatii bilishga to‘siq bo‘ladi. «Agar sizni bilim izlash uchun yubormasalar, hech qachon sayohat qilmang. Sayohat bilim uchun sinovdir, yo‘l-yo‘riq emas», - deydi Naqshband uchinchi maslahatida. Naqshband asoslagan ta’limot va naqshbandiya tariqatida «safar dar vatan» qoidasi bor. Unda inson shaxsiy kamoloti uchun o‘z-o‘zini anglash, o‘z vujudi bo‘ylab safar etishi, o‘zidagi yomon jihatlarini tashlab, yaxshi axloqni egallashi kerak, deyilgan8 Tasavvufga doir barcha lug‘at, maqolalarda bilish haqida ran ketganda laduniy bilim-yaqin, to‘g‘ri bilim, haqiqat darajasidagi bilim Olloh inoyati bilan beriladi, deb ta’kidlangan. Yirik olim Frans Rouzental ham «Bilim-nur, so‘fizm» haqida gapirganda «ilm» va «yaqin» tushunchalarini taqqoslagan va «yaqin» ilohiy tomonidan beriladi degan tushunchani ilgari suradi. Bahouddin ta’limotida bu fikr boshqacha izohlangan. Uning fikricha, laduniy ilm bilan yaqin ilmi o‘rtasida farq mavjuddir. U bunday deb yozgan: «Laduniy va yaqin ilmlarning orasida farq shudirki, yaqin ilmi - asl zotning nuri va ilohiy sifatlarini idrok etishdan iboratdur. Laduniy ilm esa, ilhom orqali uning ma’nosini va Haqning kalomlarini fahmlay olishdir». Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqadiki, Naqshbandning fikricha, y a q i n ilmi orqali so‘fiy Tangrining zoti va sifatlarini, nurlarini idrok qiladi. Laduniy ilmda esa ilhom orqali haq mohiyati va kalomlarini fahmlay oladi. Bahouddin Naqshband laduniy ilmni yaqin ilmdan ko‘ra yuqori darajada va butun olamdagi ilmlarning eng yuksagi deb qaragan. Chunki asl maqsad-bu nurlarni ko‘rish emas, balki haq mohiyati va kalomlari ma’nosini anglashdir.
Jonajon yurtimizda ustoz shogird munosabatlari o‘zoq tarixga ega. Tariximizda muayyan vaqt ilm va kasb-xunar o‘rganish ustoz shogird tariqasida amalga oshirilgan. Buning oqibatida jahon fani va madaniyatiga tamal toshlar qo‘ygan buyuk shaxslar etishib chiqqan. Bular Abu Ali Ibn Sino, Ulug‘bek, Farobiy, Beruniy, Imom Buxoriy, Abu Hamid G‘azzoliy va boshqalar. Bular o‘nlab, yuzlab dunyoga mashhur shogirdlarni tarbiyalaganlar, Shu bilan birga ustoz shogird munosabatlarining g‘oyaviy-axloqiy ishlarni ishlab chiqqanlar. Tasavvuf ta’limotini yoki tariqqati bilan bir yo‘nalishi o‘rgatuvchi muhim 3 bosqichni bosib o‘tish lozim. Bular: 1) Darvishlik 2) So‘filik 3) Faqirlik. Bunda darvishlik yo‘li so‘filik uchun ilk qadamdir. YA’ni tasavvur ilmining maqomlarga yo‘l olishdir. So‘filik tasavvur ta’limotini bilish va uning qonunlariga amal qilish bilan o‘zini shu ta’minot yo‘liga etishdir. Faqirlik yo‘li esa mavjud dunyoni barcha sirlarini bilishdir17 . Ma’lum tariqatni o‘rganishni jazm qilgan kishi ustoz-pirga shogird bo‘lishi lozim. Murod-murod ya’ni maqsadga intiluvchi odam; Murod esa-Axloq ta’limining vazmi. Muridning asosiy xislati niyozmandlik, ya’ni talabgor bo‘lish, muridi komil etagini tutib, aytganlaricha so‘zsiz rioya qilishdir. Pirsiz solih manzilga eta olmaydi. CHunki odam o‘zini o‘zi nazorat qilishi qiyin. Toki birov rahnamolik qilib yo‘l ko‘rsatmasa, mushkuli oson bo‘lmaydi, Buni Alisher Navoiyning "Lisonut-tayr" dostonida xud-xud va talabgor qushlar misolida yaxshi ko‘rsatib berganlar. Xatto eng yaxshi niyatlar ham raxnamoli bo‘lmasa, samara bo‘lmay, qalbdagi zavqi shavq noto‘gri yo‘lda sarf bo‘lishi, muhabbat isyonga aylanishi xech gap emas. Yo‘lini topganu kishi to raxnamo ko‘rsatmagan. (Bobur) SHuni e’tiborga olib tajribada pirga yo‘l berib iroda-ixtiyorini unga topshirganlar. SHu ma’noda tariqatni irodali ham deydilar. YA’ni irodani shayx irodasiga muvozonatlashtirish, shayx irodasini o‘z irodasi deb bilish. Ikkinchi tarafdan bu muridning irodasi mardligi ximmatni sinashni ham bildiradi, murid, murod, iroda so‘zlari o‘zakdosh, zero dunyodan kechib, iloh yo‘liga o‘zini bag‘ishlash ulug‘ mardlikdir, muridga rahbarlik qiluvchi pirning o‘zi achchig‘ iztirob yo‘li tariqat makomlarini eson-omon bosib o‘tgan, kalbi iloh ma’rifatiga limmo-lim orif inson bo‘lishi kerak. Pir har jihatdan muridga o‘rnak bo‘lishi darkor, ham bilimning chuqurligi, ham tariqat usullarini yaxshi bilishi , ham ko‘nglining pokligi, nafsini maxf etganligi va xokazolar bilan ajratib turishi sababli so‘zim va harakati bilan, suhbati va nazari, tadbiri va ximoyasi bilan muridga ta’sir o‘tkazmasligi lozim. Koshifiyning shayxlik ruknlari keltirildi. Pir muridning shodligini ham, g‘amini ham baham ko‘rgan, uni nasixat, tanbex va ilmli so‘zlar, harakatlar bilan ruhlantirib quyidan yuqoriga qarab vazifalar ham murakkablashib boravergan. Koshifiy yozadi: «Agar haqiqat pirlari kim deb so‘rasalar, buning alomatlari quyidagilar deb javob bergil: tunlarni bedor o‘tkazish yomonlar bilan o‘tirmaslik, ilm o‘rganish, g‘iybat va yolg‘ondan saqlanish, odamlar hursandligini istash va shu xislatlarni o‘z muridlarini etkazish». Bizning tariximizda bunday munavvar qalbli notiq insonlar kam bo‘lmagan. Ular o‘z muridlarini farzandlaridek yaxshi ko‘rganlar. Pir xech qachon muridlariga ko‘z olaytirmasligi, biron bir yo‘sinda ishora qilmasligi, aksincha kishida biror mushkul ish tug‘ilganda darrov yordam berishi mushkulni xal qilish kerak. Muridning mushkuli faqat jiddiy qiyinchilik emas solihlar buni xech qachon e’tiboga olmaganlar, mushkul deganda tasavvuf axli ma’naviy muammolar yuz beradigan talablar tug‘iladigan savollarni anglaydilar. Pir ana shularga javob topib, muridni qanoatlantirishi shart. Agar qanoatlantirishga ko‘zi etmasa muridni boshqa o‘zidan kuchlirok shaxsga tavsiya etadi. Shuni ham aytish kerakki solixlarni iste’dodi xilma-xil bo‘lganiday pirlarning murabbiylik qobilyati ham turlicha bo‘lgan. Ba’zi shaxslarga muridga tarixiy odobini o‘rgatganlar ya’ni uni taslim va itoatga keltirish man-manlik xirsu xavo kabi tuyg‘ulardan ham etish bilan shug‘ullanganlar, ba’zi shaxslar muridga ruhiy karomati mo‘jizalari bilan 29 ta’sir etganlar, yana bir kism shaxslar shogirdlariga tasavvuf asoslarini o‘rgatish nazariy bilimlar bilan qurollanganligiga e’tibor qilganlar. Masalan Hazrati Bahouddin Naqshbandning bir necha pirlari bo‘lgan. Naqshbandning yozishicha, Xoja Hazrati Bahouddin valiylarni uch toifaga bo‘ladilar. Ular: «muxallid, komil va muhammal. Muxallid eshitganicha amal qiladi. Komil o‘z vujudidan chiqib ketmaydi, mukammalning tarbiyatisiz mukammal bo‘lmaydi» 18 Tariqat yo‘lini ixtiyor qilgan muridga eng avvalo istak, iroda o‘zining ichki va tashqi intilishlarini shariatni o‘rgatishga pirning ko‘rsatmalarini bajarishga bo‘ysundira olishi shart. Hazrati Bahouddin Naqshband aytardilar «Iroda, taslim va ixtiyorsizlik bu ulug‘ ishdir». Bizning ixtiyor qilganimiz «al-irodati tarxul-irodati fil-irodati» degan so‘zdir, murid o‘z xoxishini boshlab, o‘z muktadasining xoxishi ichiga butunlay ko‘milib ketishi kerak. YA’ni o‘z xoxishlaridan voz kechib pir ko‘rsatmalariga so‘zsiz rioya qilish lozim. Hazrati Bahouddin Naqshband pir sifatida muridlarni tariqatga tayyorlashda turli usul va vositalardan foydalanganlar. Bular suhbat, valiylik ya’ni valiylik karomati ko‘rsatish jazava. Bularni tanlash muridning holatiga va tariqatni egallash darajasiga bog‘liq holda bo‘lgan. Muridni avval suhbat orqali sinab, undagi istak va kobilyatni aniqlab, shu asosda ma’qul yo‘l tanlangan. "Tolib avvalo bir muddat bizning do‘stlarimiz bilan hamsuhbat bo‘lishi zarur, toki unda bizning suhbatimizga nisbatan qobiliyat paydo bo‘lsin"-deb quyidagi she’riy baytni takrorlardilar: Nabin vaqti suftan mardi xannon, Ba shogirdan dixad durri xatarnok. Mazmuni: Ko‘rmaysanmi, durga shakl beruchi durni teshayotgan paytda, xatarnok (nozik) durni o‘z shogirdiga beoradi. "Ixtiyor bizda, agar xoxlasak tolibga jazava orqali ta’sir qilamiz. Murshid (pir) bu- kozik tabib muridning xoliga muvafaq bo‘lgan davoni qiladi". Tariqatni o‘rganishda toliblar o‘zaro bir-birlari va guruh tarzida suhbat qilishlari ko‘proq foydali bo‘lishini alohida takidlaganlar. "Agar bu yo‘l toliblaridan bir guruhi bir-birlari bilan hamsuhbat bo‘lsalar bu suhbatda xayru baraka ko‘p bo‘ladi. Umid borni, bu ishga doimo amal qilinsa oxiri xaqiqiy iymon bilan yakunlanadi" Bahouddin Balogardan aytar edilar: "Xaqning xalqi bilan emas xaqning o‘zi bilan mushvarat (yonma-yon) bo‘lmoq kerak". Tariqatni chuqur o‘rganishdan oldin musulmonchilik asoslari Qur’on, Hadis payg‘ambar sunnatlarini o‘rganishi shart. Aytar edilar "Musulmonlik bu-iloji boricha xukmlarga bo‘ysunish, taqvoga rioya qilish, amalni bajarishga intilish va bekorlikdan o‘zoq bo‘lib, bularning hammasi nuri safi va rahmat hamda viloyat darajasiga etishish vositasidir. Avliyolarning aziz manzili va maqomlariga mana shu sifat parvarishi orqali etiladi" deb ta’kidlaganlar piri murshid. Aytar edilar: "Kishi o‘zining nafsiga tuxmat qilishi kerak. Kimki Xan subxonaxu inoyati bilan o‘z nafsining yomonligini tanigan, uning xiyla-nayrangini anglagan bo‘lsa, bunday qilish unga oson bo‘ladi. Bu yo‘ldan yuruvchilarda o‘zgalarning gunohini ham o‘zlaridan deb bilish xollari ko‘p bo‘ladi." Musulmonlik ishlarini bilish muridni tariqatini o‘rganishida dastlabki bosqich bo‘lib, uni Tashqiliy jismoniy, ruhiy va axloqiy jihatdan tayyorlaydi. SHulardan so‘ng tasavvur ta’limotini o‘rganishga o‘zini tariqatga bag‘ishlashi foydali bo‘ladi. Tariqatni o‘rganish esa ustoz pirsiz bo‘lmaydi. Tasavvuf ilmdagi etuk ustoz qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak? U kishi avval Qur’oni Karimni chuqur biluvchi, uning bilimlarini nazariy va amaliy amalga oshira oladigan ustoz lozim. Ustoz-shogird, ya’ni tariqatni o‘rgangan kishining yosh o‘qib o‘rganuvchiga o‘rgatishi eng muhim udum hisoblanadi. Buni albatta ancha ijobiy tomoni bor. Ko‘pchilik xollarda islom ta’limotini o‘rganishda yakka-indivudial ta’lim oluvchining o‘zi say’iharakati xal qiluvchi hisoblanadi, tariqatni o‘rganishda solih ma’lum darajaga erishgan piri-murshiddan ta’lim olishi ijobiy hisoblanadi. Buning ibratli tomoni shundaki, tariqat ma’lum yo‘l-suluh sifatida yaxshi bir ta’limot hisoblansada uning asosiy vazifasi muridga axloqiy ta’sir qilish, eng avvalo uni shaxsiy axloqiy jihatdan uni suyauxni o‘rganishga tayyorlash muhim hisoblanadi. Bunda pir - murshid yoki muridga 31 eng avvalo shahsiy sifatlari, yurish-turishi, xayot tarzi, axloqi bilan ta’sir qilib, uni tarbiyalaydi. Ikkinchidan, Tariqatni urganish, uni axloq-odobi darajasida muridga singdirishga amaliy va nazariy yordam beradi. SHu yo‘l orqali muridni xato kamchilik, adashishdan asrab tariqat mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash va unga amal qilish yo‘lyo‘riqlarini egallashni osonlashtiradi19 . Ustoz-shogird yoki pir-murshidlik boshqa tariqatlarda bo‘lganidek Naqshbandiya tariqatida ham muridni tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Manbada keltirilishicha Hazrat Bahouddin aytar edilar: «Bu yo‘ldan yuruvchilarga iltijo (Niyoz) o‘zni xor tutish (maskanat) va oliy ximmat kerak, u odamni manna shu eshikdan kiritadilar, biz nimani tanlagan bo‘lsak, shundan topdik». U kishi takrorlardi: Injo Ruhi zardu toman tanda harand, Bozor chi kasabfurushoni unchar ast. Tarjimasi: Bozorda beqasamlar va boshqalar bo‘lsa ham, Bu erda faqat sirgangan yuz va tanda liboslar sotib olinadi. Hazrati Bahouddin o‘z muridlariga qator talablar qo‘yar edilar. Eng avvalo tariqat yo‘lini tanlagan kishi o‘z nafsini tin olishi, bu yo‘lda yuruvchi o‘z nafsini fir’anning nafsidan yuz marta battar deb bilmasa, demak bu yo‘lda emasligiga iqror bo‘lishi zarur. SHu yo‘l bilan murid, «xaqiqiy murshid inoyati orqali axloqni hamda yoqimsiz fe’llarni o‘zgartirishi bilan nafsga qarshi kurasha oladi». Nafsini tiyib kishilar bilan yonmayon yashasada «Xaqning o‘zi bilan mushovarat bo‘lmoq kerak»,-deb ta’kidlaganlar. YOki Abdol on, ki u mubaddal shavad Hamrash az tabdili YAzdon xall shavad. Tarjimasi: Ulki abdol, fe’lin tamom o‘zgartirmish, YAzdon inoyatidin obdan qiyomga etmish. Naqshbandiya tariqatida muridga qo‘yiladigan eng muhim talab tavfiq, koxat, sabr, o‘z yomonligini bilish uning xiyla nayranglarini anglash orqali shukr qiluvchi banda sifatini olish. SHunday yo‘l tutsa, muridni sulux mohiyati, axloqi asosini tushunishi osonlashadi, o‘zini gunoh qilishdan tiya oladi va tariqat talablarini to‘la bajarishga erisha oladi. Hazrati Xoja aytar edilar: «Musulmonlik bu-iloji boricha xukmlarga bo‘ysunish, taqvoga rioya qilish, amalni bajarishga intilish va bekorlikdan uzoqlab bo‘lib, bularni hammasi nuri safoga va rahmat hamda viloyat darajasiga etishish vositasidir. Naqshbandiya tariqatini kishilarga o‘rgatish ayniqsa, muridni bosqichmabosqich suluk bilan tanishitirishda ham ma’lum tizim, metodika yoki xizirga lavr tilida-genpologiya mavjudligini payqash qiyin emas. Bu metodika o‘z ibrat namunasi, axloq-odobi, bilimi, orqali ta’sir qiladi. O‘z navbatida murid ham aqlzakovati, irodasini ishga solishi, o‘z pirining ko‘rsatmalarini to‘la bajarishi lozim. Hazrat pir aytar edilar: iroda, taslim va ixtiyorsizlik bu ulug‘ ishdir. Bizning ixtiyor qilganimiz «al irodatu tarqul-irodati fi-l-irodati» degan so‘zdir, murid o‘z xoxishini tashlab, o‘z mutadosi (piri) ning xoxishi ichiga butunlay ko‘milib ketishi kerak. Naqshbandiya tariqatida asoslangan bu usul keyinchalik pedagogika va psixologiyada XX asrda 6 asr so‘ng inson aqliy va ruhiy olamini bosqichma-bosqich nazariyasida rus olimlari Galperin N.F. Tamazinlar tomnidan asoslandi. Inson odobi qadamba-qadam anglashi orqali takomillashtirildi. Tariqatlarda piru murshid darajasida ko‘tarilish maqomat va martaba ya’ni qonda va talablarini egallash orqali bo‘lishi ta’kidlanadi. Maqomat arabcha maqomning ko‘pligi bo‘lib, urin joy „martaba darajani bildiradi. Demak biron tariqat namoyondasining maqomati deganimizda o‘sha kishining muayyan tariqatda tutgan o‘rni, qilgan amallarini tushunish mumkin. Tariqat odobini egallash unga murakkab va ko‘p bosqichli jarayondir. Xoja Boxouddin aytar edilar: «Bu yo‘lni talabida bo‘lganlarga quyidagilarga amal qilish shart: At-tariqatu kulluxo odobun, bakullu xolun adabun va bakullu makolun adabun, faman lozamal adaba bolaga muballagur-rishol». Ma’nosi tariqat yo‘li odobdan iboratdir, har bir xoll va har bir maqomning odoblari bor kimki odobni ushlash uni balog‘at axlining balog‘atiga etkazadi. Odobning mohiyati nimada? Odob bu xulkni chiroyli qilish so‘zni va fe’lni soz qilish. Har bir kasb-xizmat o‘z odobiga ega. Hazrati Xoja ta’kidlab «Adabul xilvatu aoza tiddu alomatuxu kabulul amal va lubuduyatu mulozamatul adabi va-ttug‘yonu sadul adabu» ya’ni ma’nosi xizmat odobi ulug‘ batdan yaxshiroq uning belgisi kabulu tug‘yon esa odobning bo‘zuqligidir. Har bir xizmatda tariqatda ham ma’lum axloqiy qoidalariga rioya qilish kasbga bo‘lgan ixlos va sadoqat bo‘lishi bilan shaxsni 33 kamolotga erishishini ta’kidlab, unga izzat ikrom keltiradi va eng muhim kasbini ulug‘laydi. Tolibi ilim tariqat odoblariga rioya qilib ham u kamolotni ta’kidlasa ta’limotiga nisbatan boshqalarning izzat hurmatini oshirishga olib keladi. Kasbni ulug‘lab inson ulug‘lanadi, izzat hurmat topadi, Kasbni egallash orqali inson obru e’tibori ortib ulug‘lik va ulug‘vorlikka erishadi. Hazrat dedidar «Adabni saqlash muhabbat samarasi, ya’ni muhabbat darajani muhabbat ulug‘i hamdir». Kasb odobiga rioya qilmaslik ham kasbni obro‘sini pasaytiradi va tolib ilmini kishilar e’tiboridan qolishiga olib keladi. Tariqatni o‘rganishda adabning vazifasi tolibda intizom va u orqali ixlos e’tiqodni shakllantirish va tariqat toliblariga to‘la rioya qilish unga har qanday ruhiy va jismoniy xolatga ham hiyonat qilmaslik mas’uliyatini tarbiyalashdir. SHu asosda Hazrati Bahouddin Naqshband murid qadamba-qadam tariqatga, pirga nisbatan odobni saqlab, payg‘amabar va haq ta’ologa nisbatan odob qilib, darajama-daraja payg‘ambar sunnatini egallab haq subxonaxu va ta’ologa etishadilar. Bu fikrlarni hazrat quyidagicha bayon qilganlar. «Bir odob bor u haq subxonoxu va ta’ologa nisbatan bo‘ladi, bir odob u payg‘ambar Solloloxu Alayxi Vassallamga nisbatan bo‘ladi ya’ni bir odob bor u mushoxidlarga nisbatan bo‘ladi. Haq subxonu va ta’ologa nisbatan bo‘ladigan odob shundaki uning farzinlarini zoxirda va botinda to‘liq bandalik bila nado qilinadi va undan boshqa har qanday narsadan yuz o‘giriladi. Payg‘ambar Solloloxu Alayxi Vassallamga nisbatan bo‘lgan odob shundaki o‘z «Fatobiuni» (menga itoat qilinglar) maqomiga to‘liq olib kiradi va birga shu xolatga nisbatan hurmat qoidasini to‘liq saqlaydi, mushoxidning xal qiluvchi mushkullari Hazrati Haq subxonoxu irodasi orqali u bilan ekanini anglashi va har kim hamda har bir narsa uning izzat ostonasiga bosh qo‘yganini bilishi kerak shayx (pir)ga nisbatan odobning kotib va lavozimining sababi shuki ular (shayxlar) sunnatga to‘liq amal kilish orqali haq subxonoxu va ta’ologa etishganlar». Pir tolibning imkoniyatlarini bilish kerak uni tariqatini egallash darajasiga qarab muomala qilishi, uni ortiqcha qiyinchilik va zo‘riqishlardan asrashi lozim Hazrati Bahouddin aytar edilarki pirning har kim bilan qilgan muomalasi usha odamning qobilyati darajasiga mos bo‘lishi lozim. «Agar tolib boshlovchilardan bo‘lsa, uning 34 yukini teng ko‘tarishadilar va uning xizmatini qiladilar.» Hazrat davom ettirib ta’kidlaydilarki, «aqli murshid (pirlar) sayyod (ovchi) kabidurlarki, noziklik bilan va vaxshiy jonivorni qo‘lga oladilar va tolibni vaxshiylik sifatidan odamlik maqomiga etkazadilar. Bu toifa aqli irshod hikmat kabi chiroyli tadbir qo‘llab soxib tabiatan tolib bilan muomala qiladilarki, oxiri uni buysundiradilar sunnatga tobe qilish yo‘liga kirgizadilar hamda visol maqomiga olib chiqadilar.» Tariqatga kiruvchi solih bilan pir o‘rtasidagi munosabat o‘zaro ishonch va hurmatga asoslanishi va shu asosda tolibning Tariqat borasidagi bilimlari to‘lishib mustahkamlashib borishi lozim. Pir bilan tolib o‘rtasidagi noqobil ko‘pol muomala tolibning ta’limotiga munosabatini o‘zgarishiga, unga nisbatan e’tiqodini barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Piru murshid bu borada aytadilar: «Solihning bari ishlar yaqin (ishonch) asosiga qurilgan bo‘lishi zarurki, to natija yaqin (ishonch) orqali zuxurga kelsin.» «Ma’rifatga tavsiliy» (to‘lik bilim) solih va toliblar maqsadining so‘ngi pog‘onasi bo‘lib, bu pog‘ona mazkur sifat orqali xosil bo‘ladi. Tolibda axlullox (avliyolar) haqiqatiga nisbatan bo‘lgan xusni xaqida «CHiroyli e’tiqod» yakin ishonchsiz xosil bo‘lmaydi e’tiqod esa arzimagan narsa bilan o‘zgarishga uchraydi. SHu sohada pir tolibni asta sekin tariqatga ishontirib uni sayoz bilimini chuqur puxta bilishga aylantirib, dalilu hujjat martabasi orqali kashf va ayonlik martabasiga etkazadi. Hazrati Xoja ta’kidlaydilarki, tariqatni o‘rganishni muhim metodlaridan biri zikr aytishni o‘rganishdir Ammo buni har kimdan emas, balki komil pirdan o‘rganmoq lozim. Bunda tolibning vazifasi uni qunt bilan o‘rganib, amalda qo‘llashi. SHunda «Rushnolik xosil bo‘lishi» mumkinki, bu to‘ligincha tolib harakatiga bog‘lik. Bu borada hazrat aytar edilar: «Talqini zikr»ni (zikr aytish qoidasini) komilu mukammal pirdan ta’lim olish kerak. To ta’sirni bilinsin va natija xosil bo‘lsin20 . O‘qni sulton o‘qdonidan olmoq kerak, toki ximoya qilishga arzisin, Biz «talqini zikr»ni bo‘zurgvor shayx Xoja Muhammad Boboiy Samoyiddindan olganmiz» Men deb ta’kidlaydilar Xoja Bahouddin Hazrati Azizondan ikki xil zikr qilishni o‘rgandim. Biri taxr va biri xufya xufya zikri kuchli va avlo bo‘lgani uchun biz uni ixtiyor qildik. Zinda «vakufi adadiy» (tok aytish) ilmi laduniy hisoblanadi. Zikrdan ko‘zlangan maqsadzikr aytuvchini «Kalimai tavxid» haqiqatiga etishishdir. «Kalimai tavxid»ning mohiyati Allohni qalbga naqsh qilish, undan boshqa narsani butunlay ketkazishdir. Vaqufi adadiy»dan maqsad vaqtni xis qilish yoki «»vaqufi zamoniy»dir. «Vaqufi zamoniy»dan murod tolibning doimo o‘z ahvolidan xabardor bo‘lishi, «Har bir zamonda o‘zining xoli va sifati qanday, shukr paytimi, o‘zr paytimi buni bilib kalbga sayqal berishi lozim. Zikrning davomiyligi maqsadga etishish bilan belgilanadi. Maqsad esa haq ta’olo vaslig‘a etishish, ya’ni uning yagonaligi tavhidni anglashdir. Hazrat Bahouddin Naqshband ta’limoti ma’lum pedagogik tizim va inson ruhiy olami mohiyatiga asoslangan ta’limot, desak hato bo‘lmaydi CHunki uning inson imkoniyatlariga mos kelishi xavoiy, nazariy uylab chiqarilgan emas, balki buyuk piri murshidning o‘z shaxsiy tajribasidan 40 yildan ko‘proq eksperimental sinovdan o‘tgandir. SHundan bo‘lsa kerak tariqatni o‘zlashtirish metodi hisoblangan zikrni qachon aytish ko‘proq foydaliligi ham unda asoslangan. Xufiya zikr «Subhdan avval, shomdan so‘ng xilvatda va xalqdan o‘zokda» amalga oshirilmog‘i lozim. Xufiya zikrni Hazrat «vaqufi kalbiy» ham deb aytadilar. «Vakufi kalbiy»tariqat mohiyatini qalbga toqilish uchun xizmat kilsa, «vakufi adadiy» rennik jarayonlarni ta’lim olishga yo‘naltirish uchun xizmat qiladi. Hazrat aytadilar: «Zikrda adadga rioya qilish diqqatni jamlash uchundir, chunki nazar parishondir». Zikr paytida tolib umuman tashqi dunyoni unutib, haq ta’olo ilmini qalban egallash uchun butun borligi, xissiy va aqliy olamini unga jalb qila olishi zarur. Tashqi olam bashariyat vujudi unutilib, tolib o‘z ruhiy olamini ilohiyga yo‘naltiradi. SHunda o‘ziga xos ilohiy jazava xosil bo‘ladiki, bu esa haq ta’oloni bilishni osonlashtiradi. Bunda nafas olish va uni chiqarish muhim rol uynaydi. Nafasni zoya ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uni ehtiyot qilish muhim hisoblanadi. Bir nafasda uch marta aytish, agar natija bo‘lmasa, yigirma bir marta takrorla, shunda ham bo‘lmasa, ishni ya’na boshlash zarur. Yuqoridagi kabi qoidalarga rioya qilish tolib xayolini bo‘linmasligiga, xayolga 36 keladigan ortiqcha narsalarni bo‘linmasligiga, xayolga keladigan ortiqcha narsalarni kuvab yuborishga asos bo‘ladi. SHunday qilib Naqshbandiya tariqatida belgilovchi zikrni xufiya bo‘lib, u «Dilni tozalovchi qurol bu-zikr, odam uchun haq subxonoxu tomon yo‘l faqat doimiy zikr aytish orqalidir.» Bu jarayonlarni tezlashtirish yoki ma’lum sabalarga ko‘ra solihda tariqatni o‘rganishga ishtiyoqni pasayganini sezgan pirlar o‘zlaridagi basiriy quvvatlardan, ya’ni avliyolik, vakillik hisoblaridan ham mohirona foydalanganlar. Professor N.Komilov pirlarning bu boradagi karomatlardan ustolik foydalanganliklaridan ibratli misollarni keltiradi. Rivoyatlarda keltirilishicha SHams Tabriziy Jaloliddin Rumiy bilan uchrashganda uning qo‘lidani kitobini olib xovuzdagi suvga otib yuboradi. Jaloliddinning ko‘ngli achiganini ko‘rib kitobni yana qaytib suvdan oladi. Ammo suv kitobga xech ham ta’sir qilmagan bo‘ladi. SHayx Najmiddin Kubro Tabrizda Bobo Farangi sufiy bilan uchrashadi. Bobo Farangi Najmiddin Kubroga va u bilan uning qabuliga kirmokchi bo‘lganlarga kiyimlarini buyuradi. Ular Bobo Farang aytganini qilib, ichkari kirib utiradilar. Birozdan keyin Bobo Farangda kuchli ruhiy o‘zgarish iz beradi. O‘ziga kelgach, xirkasini echib Najmiddinga Kubro bu vaqtda ulamodan tafsirni o‘rganmokda edi, kitob ham ohirlanib, ikki kunlik saboq qolgan edi. Najmiddin Bobo Farang bilan uchrashganinin ikkinchi kuni yana avvalgi ustozi oldiga borib saboq olmoqchi bo‘lganida Bobo Farang paydo bo‘lib, «Men kitob mutolasini endi senga zararli deb aytdimku, Yana kelding» deya uni axloqiy-daliliy ilmlar bilan shug‘ullanishini ta’kidlaydi. Chunki Najmiddin Kubro aqliy bilimlarni etarli egallab, unda botiniyladuniy ilm xali etarli emasligini Bobo Farang fahmlagan edi. SHuning uchun unda aqliy va botiniy-zavqiy bilimlarning omuxtaligini ta’minlash uchun Bobo Farang bosiriy ilmlar bilan shug‘ullanishni to‘g‘ri maslahat beradi. Pir-murshidlar solihdagi tariqatni egallashga bo‘lgan ishonchining mustahkamligini sinash, yoki aytarli kamchiliklarini butkul bartaraf qilish uchun o‘zlari ixtiyoridagi karomatlardan o‘rinli yoki hozirgi fan tilida aytsak ijtimoiy - pedagogik trening tarzida foydalanganlar. Pirning karomati solih ko‘z o‘ngida mu’jizadek bo‘lsada uni o‘zi va shayx tariqat to‘g‘risadagi tasavvurini bir onda o‘zgarishiga sabab 37 bo‘lgan. Hazrati Naqshbandning o‘zlari ham vaqti-vaqti bilan tariqat talablarinin muridlar bajarishini muhokama qilib, ular faoliyaticha tuzatish korreksiya kiritganlarini Idris Sharh yozgan. Hazrat Bahouddin Naqshband doimo o‘z botiniy ahvoliga nazariy va xifzu hisob qilib tekshirib turishini ma’lum tizim sifatida qaragan. Insonninig ollohga intilishi susaymasligi o‘zini dunyo mehriga berilmasligi uchun kuzatishi va tuzatishi muqarrar muhim usul sifatida qaralgan, shunda u o‘zini nafs orqali bo‘shatib iroda ixtiyori qaysi tomonda xaqidami yoki haqdami aniqlab turishi zarurligi asoslangan. Bu esa uni o‘z botiniyga safari orqali kishining botinga safari qanchalik kuchli bo‘lsa o‘zini anglashi, «Zotan o‘zingga ketish-o‘zidan ketish (o‘zini tark etish) demakdir va ayni paytda bu o‘zingga qarab borishdir ham. CHunki o‘zingni tark etmak-o‘zini tanimoqdir» (N.Komilov). u bilan birga Bahouddin Naqshband o‘z tariqatini o‘rgatishda shogirdning imkoniyatlarini ustalik bilan hisobga olgan. Unda avliyolik va valiylik xususiyatlarining mavjudligi muridning ichki xissiyotini bilish, uning imkoniyatlarini aniqlash va hisobga olish uchu asos bo‘lgan. Tariqatni o‘rgatishda murid boshlang‘ich xolatda, ya’ni rivojlanishda bo‘lsa uni o‘rganishga doir hatti-harakatni to‘g‘ri amalga oshirishga alohida e’tibor berish kerak. Bahouddin Naqshband tariqat mashqlarida insonning ma’naviy olamiga yo‘llovga o‘zlarini topish orqali uni kamolotini amalga oshirishni muhim hisoblaydilar Har qanday jamiyat o‘z a’zolari tomonidan axloqiy diniy huquqiy talablarni bajarishini nazorat qiladi. Bunda shaxs o‘z oldiga qo‘yilgan talablarni anglagan holda o‘zida ijtimoiy nazariy talablari bilan birikib ketuvchi va shaxsning to‘lik ijtimoiylashuvini ta’minlovchi ko‘nikmalarni shakllantiradi, ammo ijtimoiy nazariy hamisha ham etarli darajada samarali bo‘lmaydi. Buning boisi alohida individlar taqiqning hamma qabul qilgan shakl va tizimlariga ko‘pincha salbiy munosabatda bo‘ladi. Bu ob’ektiv sabablar ham shaxsning sub’ektiv sifatlari bilan oldindan belgilangan holdir. Ijtimoiy-nazariy shaxs ijtimoiylashuvining boshqa yo‘nalishlari, masalan ijtimoiy tajriba muomalaga ham ta’sir qiladi. Insonni o‘z- 38 o‘zini ijtimoiy talablariga muvofiq nazorat qilishda din muhim rol uynaydi. Ilohiy nazariyalar, jumladan islom dini ham xalq ongiga axloq orqali singdiriladi. Insonga ta’sir ko‘rsatishning boshqa usullariga qaraganda ilohiy ta’sir insonning nozik xislarini, ruhi orqali amalga oshirilishi bilan ham kuchli hisoblanadi. Bundan dinning inson hayotinining mazmuni, uning hozirgi real dunyodagi holati, yurish turishining oqibati jannat, bokiy dunyo uchun zamin hozirlashi kabi talablari kishilarni ruhan uylantiradi21 . Bu xususiyatlar tasavvur ta’limotida va uning ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan Naqshbandiya tariqatiga ham mos xususiyatdir. Markaziy Osiyodagi musulmonchilik dini tarixidan ma’lumki Movarounnaxr va Hurosonda yashagan axli ilmlar «ulumi mutodavala» dunyoviy ilmlarini egallab bo‘lganlaridan so‘ng odatda ilmu xol (avliyolik ilmi) ni egallashga qo‘l urishar, birorta murshidga qo‘l berib murid bo‘lar va suluhga kirar edilar. XIV asrdan keyin Markaziy Osiyoda mushhur bo‘lgan suluk Xuja Bahouddin Muhammad asos solgan Naqshbandiya suluki edi. Bizning davrimizda ham nomlari mashhur bo‘lgan Xoja Axror Vali, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham Naqshbandiya sulukiga mansub bo‘lganlar. A.Jomiy «Nafoxiy ul-uns», A.Navoiy «Nasoyi ul-muhabbat» asarlarida Bahouddin Naqshbandga maxsus bob bag‘ishlaganlar. A.Navoiy bir qator dostonlari va g‘azallarida ham u kishini ta’riflab ajoyib misralar yozgan. Tariqat shayxlarining fikr va axvollari safar yoki mukimlik borasida har xil bo‘lgan. Ulardan ba’zilar avvalda safar qilishadi va ohirda mukim bo‘lishadi ba’zilari esa avvalda mukim bo‘lib ohirda safar qiladilar. YAna ba’zilar borki avvalda ham ohirda ham safar qilaveradilar va mukim turmaydilar. Bu to‘rt toifaga safar qilmoq va mukim turmoqda o‘zlariga xos sodiq niyat va to‘g‘ri maqsad belgilovchi hisoblanadi. Ammo Naqshbandiya tariqatida safar va mukimlikda o‘ziga xoslik shundaki avvalda ular safar qilib birorta aziz xizmatida va uning xuzurida mukim turadilar. Biroq o‘z yurtlarida shunday kishini topsalar tarki safar qilib uning mulozamatida bo‘lishida va ogohlik malakasini oshirish uchun qattiq harakat etadilar. Malakka xosil qilganlarida esa ularga safar-u mukimlik barobar bo‘lib koladi. Hazrati Eshon (Ubaydullo Axror) aytadilarki avvalda safar qiluvchiga parishonlikdan o‘zga foyda yo‘q. Solix bir kishining suhbatina etishdimi demak unda hamisha ishtirok etish chidam xislatini xosil qilmoq lozim. Xojagonlar tariqati malakasini egallaganlar istagan erga borishi mumkin. Tasavvurda bir qancha suluklar mavjud. Chunonchi Sukrovardiya, Kubraviya, Yassaviya, Qodiriya, CHashdiya, Kalandariya va boshqalar. Hazrati Naqshband asos solgan suluk Naqshbandiya «Naqshband» so‘zidan olingan bo‘lib Bahouddin Hazratlarining laqab yoki taxalluslari bo‘lib u kishining asosiy ota kasbi matoga naqsh solishdan kelib chiqqan. Bu so‘zning tasavvur ta’limotiga nisbatan rasmiy ma’nosi-muridning qalbiga olloh muhabbatini naqsh kabi singdirish, ta’limotni mukammal egallashni ham bildiradi. Bundan tashqari Naqshbandiya sulki boshqa sulklardan kishining yashash tarziga o‘ta yaqinligi tasavvurni o‘rganishni kundalik harakat ehtiyojlar bilan omuhta olib borish, diniy ta’limotni o‘rganishni hayotiy oddiy insonning mas’uliyatlar bilan birgalikda olib borish bilan farqlanadi. Naqshbandiya sulki qo‘l mehnati bilan halol ter to‘kib hayot kechirishga asoslanadi. Hazrati Bahouddin Naqshbandning mashxur «Dilbayoru dastbakor» shiorlari aynan mehnat qilib yashashni anglatadi. U kishi o‘z ovqatlarini ziroat orqali topar erlariga don, sabzi, turp, piyoz ekar, erlarin xaydash-qo‘sh ekishga yaraydigan xo‘kizlarni ehtiyot qilib asrab, qo‘y va sigirlaridan doimo boxabar bo‘lib turardilar. Bu esa paygambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning qo‘y boqib tijorat qilib yashagan sunnatlariga mos kelar edi. Zotan Rasulloxning o‘zlari: «Haqikiy musulmon bu dunyoning u dunyoni unutmaydi, u dunyoni deb bu dunyosini qo‘ldan bermaydi» degan edilar. SHuning uchun Naqshbandiya tariqatiga e’tiqod qiluvchilar o‘z oilasini obod qilish fuqarolik mas’uliyatlarini ado etish, tijorat ya’ni shaxsiy va ijtimoiy burchlarini bajarishni ham o‘zlari uchun farz hisoblaganlar. Mazkur sulukdagi «Dastbakoru dilba-yor» shiorlarini oladigan bo‘lsak bunda ollohga toat ibodat diniy yoki tariqat talablarini bajarish asosida harakat, ishlash mehnat qilish yotadi. O‘z navbatida mehnat qilish 40 halol rizq topish toat ibodatni haqiqiyligini pokligi belgilagan qolaversa mehnatning o‘zi ham toat ibodat darajasiga ko‘tarilgan. Ammo mehnat toat ibodatga buysundirilgan. Mehnat orqali inson o‘zini o‘z qadr qimmatini, o‘z shaxsiy mehnat imkonitlarini aniqlab, uni ibodatga bo‘ysundirgan. Ibodat va mehnat o‘zaro chambarchas bog‘liq, ammo uning asosida har bir kishi o‘zining bandalik burchini ado etish, halol mehnat qilish va o‘zining olloh oldidagi bandalik mas’uliyatini unutmasligi muhim hisoblangan. «Dastbakor» (inson faoliyatini mehnatga yo‘g‘rilganligi) ni avval quyilish «Dilba yor» (qalb ollohga yo‘g‘rilgan hisoblangan) ning keyin ikkinchi jumla sifatida quyilishida ham ma’lum mantik, mantik qat’iylik bor. Hazrati Naqshband ta’limotida «Dast bakor» birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Inson mehnati uning yashashi moddiy ehtiyoji uchun muhim bo‘lib, «Dil ba yor» - qalb xudoga yo‘g‘rilgani poklik e’tiqod uchun. Jumladan mehnat ham halol bo‘lish lozimlgi o‘qtiriladi. Bunda biz Naqshbandiya tariqatining haqikiy mohiyatini, ya’ni olloh ta’limotini qalblarga naqsh kabi singdirish amaliy va nazariy yoki zohiriy va botiniyda o‘z ifodasini topganligini, Naqshbandchilik bir shakl yoki qobiq emas mohiyat va mazmun jihatidan tariqatga mosligini ko‘ramiz. Amaliy harakat, inson faoliyatining tashqi zoxiriy tomoni bilan olloh ilmini qalban qabul qilish dialektik bir biriga uyg‘unlashadi22 . Shaxsning ibodat bilan mashg‘ul bo‘lib shaxsiy va ijtimoiy xayotdan ajralib qolib, insoniy maxdudlikka (ajralib qolish) berilmasligi, mehnat va ibodat uyg‘unligi Naqshbandiya tariqati ijtimoiy mohiyati tez tarqalishiga turli xalq va elatlarning o‘ziga jalb qilishiga asosiy sabablardan biri desak xato bo‘lmas. Bundan tashqari Naqshbandiya tariqatiga e’tiqod qiluvchilarning mazkur ta’limotni egallashda ham kishilar ya’ni tariqatni o‘rganuvchilar bilan ular atrofidagi kishilar munosabatlarida ham farq qiluvchi tomonlar mavjud. Naqshbandiya tariqatida «Zikri ilohiya» (ovoz chiqarib) emas, balki «zikri xufiya» (ovoz chiqarmasdan), tariqat talablarini ado etish yoki o‘rganish asosiy hisoblanadi. Zikri ilohiyada muridlar pir oldiga yig‘iladilar va raqsu simo bilan tasavvufona g‘azallarni oxang bilan o‘qiydilar, boshqalar esa raqsga tushib zikr qiladilar. Ular olloh ismini yoki «La illaxa illoh» kalimasini ovozlari boricha baqirib aytadilar. Masalan. Xoja Axmad YAssaviy tariqatiga e’tiqod qiluvchilar zikri ilohiyaga amal qilib ularning zikrini «zikri arra» deydilar. Bunda zikr kilayotgan odamlarning ovozlari shovqini yig‘ilib, arraning yog‘och kesayotgandagidek shovqin xosil bo‘ladi. Jaloliddin Rumiy asos solgan mavloviya tariqatidagilar ham ana shunday yo‘lni tanlaganlar. Zikri ilohiya shug‘illanishga ancha qiyinchilik tug‘diradi. Pedagogik yoki psixologik jihatdan kishilarga tasir ko‘rsatish texnalogiyasi jihatidan zikri xufiya bilan zikri ilohiya o‘rtasida ham ancha o‘ziga xoslikni ko‘ramiz. Zikri ilohiyada birgalikda harakatlar bilan malum tariqat yoki diniy talablarni ijro etish, o‘rganishda kishilarga tashqi tasir (harakat va ovoz) bilan ancha kuchli bo‘lishikishilarni turli xolatlarga kirishi, tashqi ko‘rinishi, yuz, ko‘z, gavda harakatlari orqali tasir qilishi (sexrlash) mumkin. Ammo bu ijobiy texnalogik tomoni uning qator salbiy jihatlarini bosa olmaydi. CHunoncha, eng avvalo baland ovoz, keskin harakatlar kishini charchatadi, undan ko‘p ichki energiya, emotsiya sarflashning talab qilsa, atrofidagi kishilarga ham malum noqulayliklar (ular diqqatini o‘ziga tortish, qilayotgan ish-harakatiga xalaqit beradi) tug‘diradi. Zikri alohida muridlar malum bir joyga jam bo‘lib, ko‘pchilik tariqatni o‘rganishlari lozim. Bu ham malum manoda shaxsiy qiyinchilik tug‘diradi. Eng muhimi zikri aloxida o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsaning ko‘proq zoxiriy tomoniga diqqatni jalb qiladi. Zikri xufziyada muridlarning bir joyga to‘planishi shart emas. Bu jihatdan ularga tashqiliy va vaqt jihatdan qulaylik, erkinlik beriladi. Zikri amriyadagi shovqinsuron ruhiy simosiz har kim o‘z imkoniyati doirasida tariqatni egallash bilan shug‘ullanadi. O‘z navbatida har bir murid shaxsiy-insoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib, ovoz chiqarmasdan o‘z ichida takrorlab tariqatni egallaydi. Bu esa o‘ziga va atrofidagilarga qulaylik bo‘lib, uning kuchi, ovozi xissiyotlarini tegishli buysunishdir, butun borligi bilan tariqatni egallashga imkon beradi. Eng muhim bu uslub Naqshbandiya tariqati mohiyatini tashqil etuvchi alloh ilmini o‘rganishda tashqi (zoxiriy) va ichki (botiniy) jihatlarning uyg‘unligini ta’minlab, uni qalban o‘rganish, qalbga naqsh qildirish-Dil bayor shiori mohiyatini anglashga zamin 42 hozirlaydi. Zikri xufiyada aynan Dil ba yor talabini zoxiriy-inson harakat organlari sezilarli bilish jarayonlarini aql-tafakkur - qalb izmiga bo‘ysundiradi. Tashqi sokinlik ichki intilish maylni kuchaytirib, butun qalb diqqati, qo‘rini o‘rganilayotgan narsaga jalb qilib - dil amriga buysunishiga olib keladi. SHuning uchun Bahouddin Naqshband o‘z pirlari zikri tarafdori –Amir Sayid Kulolga ulamo va darvishlarni to‘plab zikri almoniyadan voz kechishini so‘rab iltimos qiladi. Ammo rad javobini oladi. SHundan so‘ng Hazrati Bahouddin Naqshband zikri xususiyati Abdulxoliq G‘ijduvoniydan o‘rganadi. O‘z navbatida zikri er xufiyani Abdulxoliq G‘ijduvoniy hazratlari esa Xizr Alayxis salomdan o‘rganganlarini e’tirof etadilar. «Zikri xufiya aytish ko‘ngillikka qo‘l kelar oddiy hunarmanddan tortib, to davlat arboblariga kunduzi ishlab, kechasi bu zikr bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega edilar. Ko‘ngilga podsholar, jumladan SHayboniylardan Ubaydullo Sultonning pirga qul berganlari va bu zikr bilan shug‘ullanishlari xaqida ma’lumotlar bor» Naqshbandiya tariqatining ya’ni bir kishilar uchun ahamiyatli tomoni unda valiylarda karomat ko‘rsatganlar, kamdankam bo‘lib, sharoit taqozo qilganda, juda ehtiyot kuchli bo‘lganda bemordan kasallikni o‘zlariga tortib olib, so‘ng bu illatni o‘zlaridan chiqarib tashlaganlar. Jumladan, Xoja Muhammad Porsoning «Rashaxat», Muhammad Bokir Ibn Muhammadning «Bahouddin Balogardon» asarlarida Xoja Bahouddin xat bemorlarga va xojatmondlar uchun qilgan xikmatlar haqida yozadilar. Ayniqsa Muhammad Bokir ibn Muhammadning yuqoridagi asarlarining uchinchi qismi aynan Xoja Baxouddinning avliyolik quvvatlari va ko‘rsatgan karomatlariga bag‘ishlanib, turish xolatlardagi karomat va g‘ayri tabiiy xolatlari bayon qilinadi. Manbalarda yozilishicha boshqa suluklarda bemorlarning kasalliklarini shu yo‘l bilan davolash, ya’ni uni tortib olib, qayta xaydab yuborish quvvati bo‘lmagan. Manbada yozilishicha Naqshbandiya sulukidagi avliyolar karomatfurushlikka keskin qarshi bo‘lganlar. Sulukda muridning asosiy maqsadi ma’naviy va ruhiy poklanish, Alloxga etishish va shundan ruhiy va ma’naviy qoniqish xosil qilish hisoblangan. Boxouddin Naqshband Hazratlari musulmonlar og‘ir xolatga tushib qolganlaridagina o‘zlaridagi avliyoning karomatlaridan foydalaganlar. Boshqa 43 xolatlarda solixlarni tariqati o‘rganishga qiziqtirish, ularda adab berish, ma’lum zarur insoniy sifatini singdirish uchun bu ishga qo‘l urganlar. Hazrati Bahouddin Naqshband o‘z imkoniyatlari aql-zakovat hamda avliyolik quvatlarini insonlarni ma’naviy va ruhiy poklanishga xalqqa zulm va jafo qilayotganlarni insofga chaqirin, insonlarni ilmu-ma’rifatga jalb qilish kabi payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. sunnatlariga to‘liq amal qilishga, islom dinini bid’atlardan tozalashga bag‘ishlaganlar. SHundan bo‘lsa kerak xalq ichida u kishishni «Baxouddin Balogardon» deb e’zozlanishlari xalq g‘amii bilan yashab uni yashashi mehnat qilishi o‘z mehnatidan moddiy va ma’naviy manfaat ko‘rishga da’vat qilganlari uchun xalqimiz asrlar osha e’zozlab obro‘-e’tibor, izzat-ikrom va ziyorat qilib kelmoqda. Mehnat kishilari bilan muhim ishni boshlash yoki og‘ir yukni ko‘targanda hozir ham «Hazrati Bahouddin Balogardon» -deb u kishi ruhidan madad so‘raydilar

Xulosa
Naqshbandiya tariqati rashxalari insonning noyob ruhiy va jismoniy imkoniyatlaridan foydalanish orqali uning o‘z-o‘zini tarbiyalashni o‘zini kuzatish, taxlil qilish, nazariy va boshqarishga erishishning o‘ziga xos ruhiy-irfoniy texnologiyasi hisoblanadi. Buning oqibatida inson tabiatiga poklik, ezgulik xislatlarni xoli bo‘lib, ezgu xalol, adolatli xulq-atvorni shakllantirish ruhan va qalban pokiza bo‘lib, haq yo‘liga islom diniy farzlarini ijro etish balki birga Alloxga yaqinlashishning yana bir muhim vositasi va rashkalarni amalga oshirish vositasi bo‘lib hisoblanadi. Xufiya zikrining mazmuni tariqat rashxalari bilan o‘zviy vositasi va uni maqsadini amalga oshirishga xizmat qiladi. Savol tug‘ilish mumkin XXI asr axborot va yangi texnologiyalar sharoitida jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining hamma sohalari va shunga muvofiq tezlashuvi tezlar insonga ta’sir qiluvchi informatsion vositalarining kuchaygan sharoitida insonni Naqshbandiya tariqati orqali tarbiyalash mumkinmi? Bu savolga avvaldan javob berib, "Xa mumkin" deyishning bir necha jihati bor. Birinchidan, mamlakatimizning bozor munosabatlari qamrab olib, kishilar munosabatlarida moddiy narsalarning qadrqimmati salmog‘ining oshishiga olib kelmoqda. Buning oqibatida yangi iqtisodiy munosabatalr kishilar o‘rtasidagi o‘zaro orqali, beg‘arazlikni kuchaytirish bilan birga g‘araz kabi xissiyotlarini kuchayishiga kuzatilmoqda. Ikkinchidan milliy mustaqillik yoshlarda milliy ong, g‘urur, ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashni taqozo qiladi. Chunki milliylik istiqlol mafkurasining poydevori, mumtoz ma’naviy axloqiy merosimiz umumbashariy qadriyatlar bilan iborat mustaqillikni mustahkamlashning ta’sirchan vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Uchinchidan, hozirgi zamon kishisi tezlik va o‘ta kuchli axborot oqimida faoliyat ko‘rsatishi uni ruhiy, jismoniy jihatdan toliqishga, odatlangan qadriyatlar o‘zgarishi kayfiyatiga salbiy ta’sir qilib, tasalliga muhtojligini oshiradi. Hozirgi zamon fani insonni bu xolatlardan chiqarish uchun turli ijtimoiy-psixologik, pedagogik mashqlar ishlab ishlab chiqdi. Bulargina emas, bir qancha insonni o‘rganuvchi psixo-diagnostik, psixonarsistiya pedagogik tashxis kabi fanlar shakllanadi. Ammo tajriba ko‘rsatadiki, bularning hammasi ham xalqimiz milliy ruhini to‘la aks etmaydi. Xalqimiz mentalitsti va 50 uning ma’naviy olamining dinga moyilligi milliy harakterdagi uning ruhiga mos ta’sir ko‘rsatuvchi treninglardan foydalanishi necha asrlardan beri ko‘pgina xalqlar e’tiqod qilib kelayotgan Naqshbandiya tariqati milliyligi, mahalliligi va har qanday kishining kundalik hayot tariziga mosligi bilan kishilarga milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishda muhim qurol bo‘la oladi. Hazrat Bahouddin Naqshband ta’limotining mohiyatiga chuqur tushunish, uning shaxsga ta’sir qilishining ma’naviy-axloqiy, ruhiy jihatlaridan o‘rinli foydalanish, pedagogika fanini yangi ta’sirchan usullar bilan boyishiga olib keladi. Bunda masalaning nozik va murakkab tomoni mazkur tariqat mohiyati va insonga ta’sir qilish texnologiyasini anglash hisoblanadi. Hazrat Bahouddin Naqshband tariqatida bu texnologiya o‘ta oddiy 11 ta rashka, va nihoyatda ular mazmuni, mohiyatini insonga ta’sir qilish imkoniyatlarini ilohiy ilm bilan bog‘langanligi hozirgi zamon kishisi uchun murakkab hisoblanadi. Bahouddin Naqshband ilohiy ilmda avliyolik, valiylik makomatiga erishganliklari uchun, laduniy ilm orqali insonning anatomiifiziologik tuzilishini hamda ruhiy ilohiy, ma’naviy-axloqiy jihatlarini o‘ta chuqur anglagan va uni o‘zgartirishning texnologiyasini ishlab chiqqan. Mazkur texnologiyani hozirgi zamon kishisining tushunishini qiyinlashtiradigan yana bir jihati Qur’oni Karim va Hadisi SHariflarni hamda tasavvuf, uning irmoqlari hisoblangan tariqatlardan xabardor bo‘lishi kerakligidir. SHuning uchun diniy ulamolari pedagog va psixolog, ijtimoiy fanlar namoyondalari bilan tushunarli bayon qilish usullarini ishlab chiqishlari dolzarb muammo hisoblanadi. Naqshbandiya tariqatida hozirgi zamon kishisida go‘zal axloqni tarbiya qilish, haq yo‘liga chinakam xalollikka, pokiza rostgo‘ylik, mexr-shavqat odamiylik va vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan sufiylik ta’minotini singdirishning pedagogik va psixologik imkoniyatlaridan foydalanilgan. Pedagogik muxitdan insonning nozik ruhiy imkoniyatidan foydalanish orqali uning o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zini nazorat qilish, ruhiy va jismoniy boshqarish mexanizmlarini ishga solish tufayli unda ezgu sifatlarni singdirish tizimi ishlab chiqilgan. Insondagi salbiy xislatlardan xoli bo‘lish, ezgu xalol, adolatli xulq-atvorni taribiyalashda rashkalar va ularni xufiya zikr orqali amalga oshirish insonni haq yo‘liga intilishi orqali o‘zini poklash tizimi hisoblanadi.

Yüklə 39,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə