3-topshiriq javobi



Yüklə 233,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.05.2023
ölçüsü233,18 Kb.
#108016
1   2   3   4   5
3-topshiriq javobi

Birinchisi – Shariat
. Shariat qonun-qoidalariga qat’iy amal qilish, chunki 
shariat qonun bo‘lib, bu qonun – vujudni va qalbni tarbiyalaydi. 
Ikkkinchisi – tariqat 
– nafsni tiyish, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, 
Xudo to‘g‘risida o‘ylash, ya’ni tariqat ko‘ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi 
faoliyat. 
Uchinchisi – ma’rifat 
– hamma narsaning, butun borliqning asosi – Xudo 
ekanligini anglash. Bunda odam uning barcha kibru havo, manmanlik, shon- 
shuhrat bema’ni bo‘lib ko‘rinadi. Shunda u orif, ya’ni bilimli, xudoni tanigan 
bo‘ladi. 
To‘rtinchisi – haqiqat 
– bunda so’fiy xudoning dargohiga erishadi
Allohning vasliga etadi, Alloh roziligiga erishadi. So’fiylarning eng oliy maqsadi 
ham shudir. 
So’fiylik ko‘p qirrali oqim bo‘lib, «sof», «yagona» so’fiylik hech qachon 
bo‘lmagan. U turli ko‘rinishlarda, oqimlar tarzida namoyon bo‘lmagan. Ammo har 
biri ham inson kamoloti muammosiga turlicha yondashib, uni o‘z yo‘li, qarashlari 
orqali talqin etgan. Shunga ko‘ra tadqiqotchilar so’fiylikni uch oqimga mansub deb 
biladilar. 
1-
 
oqim 
Mansur Halloj, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiylarga mansub 
bo‘lgan oqim. 
2-
 
oqim
ga mansub so’fiylar birinchi oqim namoyondalari qarashlarini qabul 
qilgan, ammo ularni islom dini tartib-qoidalariga moslashtirgan. Bu oqimning eng 
mashhur nazariyotchisi Zayniddin binni Muhammad Imom G‘azzoliy (1058-1111), 
Ahmad yassaviy (1041-1166)lardir. 


3-
 
oqim 
naqshbandiya ta’limoti bilan bog‘liq. Bu oqim XIII asrning 
oxirlarida Shakllana borib, XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda keng rivojlangan. 
Naqshbandiya 
tariqati tasavvuf oqimlari ichida eng oxirgi, takomillashgan 
tariqatdirkim uning asoschisi Xoja Baxouddin naqshbanddir. Naqshbandiya 
tariqatining asosiy g‘oyalaridan biri, ma’lumki, «Dil ba yoru dast ba kor», ya’ni 
har doim inson qanday dunyoviy ish bilan band bo‘lmasin, dilida Allohni yod etib, 
zinhor uni utunmasligi kerak. 
Naqshbandiya o‘zidan oldingi tariqatlardan bevosita hayotga yaqinligi bilan 
ajralib turadi. U tasavvufdagi ilgari o‘ta qattiq oqimni yumshatib, 
mo‘‘tadillashtirdi. Bu tariqat kasbu kor kishilariga juda mos keladi. Chunki bunday 
kishilar tirikchiligidan voz kechib, faqat tariqat bilan mashg‘ul bo‘lsalar, hech kim 
ularga o‘z-o‘zidan bir burda non bermaydi. 
Naqshbandiya tariqatining tarkidunchilik qilmay, dunyoviy ishlardan yuz 
ugirmay turib ham Allohga etishish mumkinligini ko‘rsatib berganligi Islom 
olamida uning mavqeini oshirib jahon uzra keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. 
Bahouddin naqshband davrlaridan boshlab mavqei orta borgan bu tariqatning 
Shuhrati jahonni tutdi. XV asrda yashab o‘tgan mashhur Shayxlardan biri – Xoja 
Ubaydulloh Axror Valiy, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandalari Abdurahmon 
Jomiy va alisher Navoiy ham bevosita naqshbandiya tariqatining vakillari edilar. 

Yüklə 233,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə