3-topshiriq javobi


Movarounnahrda Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat barpo



Yüklə 233,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix02.05.2023
ölçüsü233,18 Kb.
#108016
1   2   3   4   5
3-topshiriq javobi

Movarounnahrda Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat barpo 
etilishi va uning fan, madaniyat, ma’rifat rivojiga qo‘Shgan hissasi 
XIV
asrning 50-yillarida Amir Temur siyosat maydoniga chiqdi. 
Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etildi. Madaniyat, maorifqaytadan yuksala 
boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida sharq uyg‘onish 
davrining 2-bosqichi deb ataladi. 
Temur Movorounnahrga boshqa o‘lkalardan hunarmandlarni olib keltirdi. 
Samarqand va Xirotda madrasalar, kutubxonalar, rasadxonalar qurildi. Tibbiyot, 
riyoziyot, falakkiyot, geografiya, tarix, adabiyot, falsafa, tabiatshunoslikka oid 
ajoyib asarlar yaratildi. Temurdan so‘ng temuriylar davrida mamlakat 
Movorounnahr va Xuroson davlatiga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va 
Xirot madaniyati, ilm-fan markaziga aylandi. Shohizinda, Go‘riamir, Bibixonim 
masjidi, Registon maydoni, qator bog‘lar va boshqalar barpo etildi. 
Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya fanlari rivojlandi. 
Tibbiyot, tarix, adabiyot va diniy bilimlarga e’tibor berildi. Buxoro, Samarqand, 


G‘ijdivonda madrasalar qurildi. Bu davlatda adabiyot sohasida Atoiy, Sakkokiy, 
Haydar Horazmiy, Durbek, Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi. 
Samarqandda Qozizoda Rumiy, Mansur koshiy, Xirotda Navoiy, Jomiy, 
Behzod, tarixchi Xondamir, xattot Sulton Ali mashhadiy va boshqalar ijodi gulladi. 
Ali qushchi astronomiyaga oid «Risola dar falakkiyot» asarini yozib, unda 
geometrik bilim asoslari, tibbiyot fanlari va boshqa sohalarga oid boshlang‘ich 
bilimlarni bayon etdi. 
XV
asrda tarix fani rivoj topdi, Xofizu Abru «Zabdan tovara» (Tarixning 
qaymog‘i) kitobini yozib, unda 1427 yilgacha bo‘lgan voqealarni bayon etdi. 
Abdurazzoq Samarqandiy buni davom ettirib «Ikki saodatli yulduzning chiqish 
joyi va ikki dengizning qo‘shilish joyi» asarida 1471 yilgacha voqealarni bayon 
etdi. «Ravzatus safo» asarini yozgan Mirxond, «Habibus siyar» asarini yozgan 
Xondamir asarining bir qismi Sulton
Husayn 
hukmronlik qilgan davrga 
bag‘ishlandi. Shu asarlarda qator ilm maskanlari: shayboniyxon madrasasi, 
Abdurahim Sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi kalon va boshqalar qurildi. 
Xususiy maktablar yuzaga keldi, uyda muallim yo‘llab o‘qitish odat tusiga 
kirdi. Shahar qishloq, ovullarda ochilgan maktablarda o‘qitish 6 yoshdan 
boshlandi. Bolalar maktabda alifbe o‘rganib, ayrim harflarni chizishni mashq qilar 
edilar. O‘quvchilar maktablarda savod chiqargach madrasaga kirib diniy va 
dunyoviy ta’limlardan bilim olardilar. «Temur tuzuklari»da o‘zi amal qilgan o‘n 
bir sifatni yoshlarimiz ongi va qalbiga singdirsak, Shuning o‘zi ta’lim-tarbiya 
sohasidagi g‘oyalarni yoshlarimizni tarbiyalashda tadbirkor bo‘lishdan odamlar 
bilan maslahatlashib, nozik va tarbiya ko‘rgan aqlli kishilar bilan birga kelishib, 
e’tiqodli, iymonli qilib tarbiyalashda e’tiborni kuchaytirsak foydadan xoli 
bo‘lmaydi. 

Yüklə 233,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə