3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə3/128
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#106396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Doimiy schyotlar - hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapitalga oid schyotlar. Doimiy schyotlar aktiv, passiv, kontraktiv va kontrpassiv schotlarga ajratiladi.


Aktiv schotlar (A) - aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda iqtisodiy zaxiralarning qoldig‘i va ko‘payishi schotning debeti, kamayishi esa - krediti bo‘yicha aks ettiriladi.


Passiv schotlar (P) - majburiyatlar va kapitalni aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda majburiyatlar hamda kapital qoldig‘i va ko‘payishi schotning krediti, kamayishi esa - debeti bo‘yicha aks ettiriladi.


Kontraktiv schotlar (KA) - u bilan bog‘liq bo‘lgan aktiv schotning qoldig‘idan chegiriladigan qoldiq moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schotdir.


Kontrpassiv schotlar (KP) - u bilan bog‘liq bo‘lgan passiv schotning qoldig‘idan chegiriladigan qoldiq moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettiruvchi schotdir.


Tranzit schotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan, biroq yopiladigan Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo‘lmaydigan, daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi vaqtinchalik schotlardir.


Balansdan tashqari schotlar (BT) - bu korxonaga tegishli bo‘lmagan, biroq vaqtinchalik uning tasarrufida bo‘lgan aktivlarning, shartli huquq va majburiyatlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotni umumlashtirishga mo‘ljallangan schotlardir. Ushbu schotlar boshqa schotlar bilan bog‘lanmaydi va korxonaning moliyaviy hisobotida aks ettirilmaydi.
Schotlarning Hisobvaraqlar rejasida turkumlanishi va ularning ketma-ketlik bilan joylanishi xo‘jalik vaziyatlarining iqtisodiy mazmuniga asoslanadi va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mol-mulki muomalasi chizmasidan kelib chiqadi. Ushbu tamoyildan foydalanish buxgalteriya hisobining qaysi bir ob’ektlariga oid ma’lumotlar muayyan bo‘limning schotlarida tizimlashtirilishi to‘g‘risidagi savolga javob berish imkoniyatini yaratadi. Bunda schotlar guruhlanishining boshqa ahamiyatli belgilari, xususan, schotlar maqsadi va tarkibi, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va boshqalar zarur darajada inobatga olinadi. Shuning uchun Hisobvaraqlar rejasi Konseptual asosga muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun moliyaviy hisobot elementlarini guruhlash orqali qat’iy tarzda tartibga keltirilgan tizim hisoblanadi, ya’ni: avvalambor aktivlarni hisobga oluvchi schotlar, keyinchalik majburiyatlar schotlari va, nihoyat, daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar aks ettirilgan. Schotlarni yuritish va ularning raqamlanishini ko‘rsatish qat’iyan majburiy ekanligi bilan bir qatorda, joriy hisobda ushbu elementlarni ochuvchi schotlardan foydalanish qat’iy belgilanmagan.
Hisobvaraqlar rejasidan foydalanishda yagona uslubiy yondashuv buxgalteriya hisobi tashkil etilishining aniq tartibga solinishiga huquqiy zamin yaratadi, hisobda aks ettirishni turkumlash uning yuritilishini yengillashtiradi, buxgalteriya hisobi bo‘limlarini avtomatizatsiyalash tartibini soddalashtiradi, schotlar o‘zaro bog‘lanishida xatolar sonini kamaytirish imkoniyatini yaratadi.
Hisobvaraqlar rejasiga ilova qilingan Yo‘riqnomada keltirilgan schotlar bog‘lanishining namunaviy chizmasi ham yuqorida keltirilgan muammolarning yechimini topishga yordam beradi va buxgalteriya hisobi tizimini avtomatizatsiyalash dasturi uchun asos qilib olinishi mumkinligini qayd etib o‘tish lozim. Biroq xo‘jalik yuritish amaliyotida shunday vaziyatlar uchraydiki, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish jarayonida o‘zaro bog‘lanadigan schotlarni aniq belgilash yetarli darajada murakkab bo‘ladi. Noto‘g‘ri tuzilgan buxgalteriya o‘tkazmasi korxona faoliyati ko‘rsatkichlarining ahamiyatli darajada noaniq aks ettirilishiga va muayyan soliqlar bo‘yicha soliq solinadigan baza noto‘g‘ri hisoblanishiga olib kelishi mumkin.
Schotlarning o‘zaro bog‘lanishiga oid namunaviy chizmalarda aks ettirilmagan xo‘jalik faoliyatining yangi holatlari vujudga kelgan taqdirda korxona uni to‘ldirishga haqli, biroq bunda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy uslubiy tamoyillariga qat’iy rioya qilish asosiy talab bo‘lib hisoblanadi.
21-son BHMSning 2-bandiga asosan, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining Hisobvaraqlar rejasiga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining schotlar ishchi rejasini tuzishlari va u xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Shuning uchun korxonaning bosh buxgalteri schotlar ishchi rejasini tuzish paytida schotlarning tasdiqlangan guruhlanishidan foydalangan holda taklif etilgan tizimga asoslanib o‘zida qo‘llaniladigan schotlar tizimini mustaqil ravishda ishlab chiqishi mumkin. Bunda buxgalteriya hisobining schotlar ishchi rejasi korxonada buxgalteriya hisobini yuritish uchun lozim bo‘lgan schotlardan iborat bo‘lishi, ya’ni schotlarning ishchi rejasi tasdiqlangan Hisobvaraqlar rejasiga qaraganda ko‘proq yoki kamroq schotlarga ega bo‘lishi mumkin. Ishchi rejadagi schotlarning miqdori muayyan korxona faoliyatining xususiyati, hisobning u yoki bu bo‘limiga taalluqli operatsiyalarning turlariga bog‘liq. Masalan, tasdiqlangan Hisobvaraqlar rejasida korxonaning budjet oldida soliqlar bo‘yicha qarzini hisobga olish uchun 6410 "Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schoti taklif etilgan.
Ishchi rejada muayyan korxona soliq solishning qaysi tizimi bo‘yicha ish yuritishidan kelib chiqqan holda muayyan schotlarni aks ettirish tavsiya etiladi.
Soliq solishning umumbelgilangan tizimi bo‘yicha ishlovchi korxonalar uchun quyidagi schotlardan foydalanish lozim:
6410 "Foyda solig‘i bo‘yicha budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar";
6411 "QQS bo‘yicha budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar";
6412 "Aksiz solig‘i bo‘yicha budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar";
6413 "Mol-mulk solig‘i bo‘yicha budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar";
6414 "Yer solig‘i bo‘yicha budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar";
6415 "Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar" va h.k.
Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi bo‘yicha ishlovchi korxonalar uchun quyidagi schotlardan foydalaniladi:
6410 "Yagona soliq to‘lovi (YaST) bo‘yicha budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar";
6411 "Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar" va h.k.
Asosiy vositalarni operativ ijaraga berish paytida ob’ektga egalik qilish huquqi ijaraga beruvchidan ijaraga oluvchiga o‘tmaydi, shu bois asosiy vositalar ijaraga beruvchining balansida qoladi. Biroq ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun asosiy vositalarni hisobga oluvchi tegishli schotlar bo‘yicha operativ ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha alohida schotlar ochish mumkin. Masalan, agar uskuna operativ ijaraga berilgan bo‘lsa, 0131 "Operativ ijaraga berilgan uskuna" schotini ochish mumkin. Agarda ishlab chiqarish zaruriyati bilan qandaydir asosiy vositalar konservatsiya qilingan bo‘lsa, 0191 "Konservatsiyalangan asosiy vositalar" deb nomlangan maxsus schot ochish tavsiya etiladi.
Schotlar ishchi rejasida nafaqat amaliyotda qo‘llanilayotgan schotlarning nomlanishi, balki keyinchalik lozim bo‘lgan taqdirda yangi ochilishi mumkin bo‘lgan schotlar yuzasidan mezonlar ham qayd etilishi maqsadga muvofiqdir. Bu buxgalteriya hisobini xo‘jalik operatsiyalari maqsadini aks ettirgan holda yuritishni ta’minlovchi schotlar tizimini tuzish imkoniyatini yaratadi.
Schotlar ishchi rejasi va hisob siyosatining boshqa elementlarini ishlab chiqish paytida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzish maqsadida hisob ma’lumotini umumlashtiruvchi mezonlarga ega bo‘lgan u yoki bu bo‘limning buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlardan foydalanish lozim.
Buxgalteriya hisobi schotlar ishchi rejasini korxona hisob siyosatiga alohida ilova sifatida tasdiqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Keyingi o‘rinlarda:

Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə