4 — laboratoriya mashgʻuloti. Farmatsevtik eritmalar, siroplar, xushboʻy suvlar, efir moylar texnologiyasi. Maqsad



Yüklə 160,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü160,78 Kb.
#146039
1   2   3   4   5
4-laboratoriya mashguloti.

Ishni bajarish tartibi: 
Tortib olingan chinni kosachaga 98,0 g qand qiyomi va 2,0 g gulxayri quruq 
ekstrakti solinib, suv hammomida bir xil massa hosil boʻlgunga qadar shisha 
tayoqcha bilan aralashtiriladi.
Tayyor mahsulotning sifati baholanib, jihozlanadi va qadoqlanadi. 
Tayyor mahsulotning tavsifi. 
Rangsiz yoki och sariq rangli, oʻziga xos hid 
va mazaga ega boʻlgan suyuqlik. 
Zichligi. 
1,322-1,327. 
Qadoqlash. 
Shisha idishlarda 100-200 ml dan chiqariladi. 
Saqlanishi. 
Salqin va qorongʻi joyda saqlanadi. 
Ishlatilishi. 
Balgʻam koʻchiruvchi, yalligʻlanishga qarshi va taʼm beruvchi 
vosita sifatida qoʻllaniladi. 
 
3-laboratoriya ishi. 
Ukrop xushboʻy suvi. 
Aqua Foeniculi. 
Tarkibi. 
Ukrop moyi — 1 g 


Talk — 10 g 
50-60 C gacha isitilgan suv — 1000 ml 
Vazifa 
1. 100 ml ukrop xushboʻy suvini tayyorlang. 
2. Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring. 
Kerakli asbob-uskunalar va materiallar. 
1. Ukrop moyi va talk. 
2. Xovoncha dastagi bilan. 
3. Hajmi 100 ml boʻlgan, qopqogʻi zich berkitiladigan idish. 
4. Filtr qogʻozi. 
5. 50-60 C haroratgacha isitilgan tozalangan suv. 
Ishni bajarish tartibi: 
1 g talk va 0,1 g ukrop moyi xovonchaga solinib, yaxshilab eziladi va massa 
qopqogʻI zich berkitiladigan shisha idishga oʻtkazilib, 100 ml 50-60 C gacha 
isitilgan suv bilan 15 daqiqa davomida chayqatiladi. Aralashma filtr qogʻozi orqali 
filtrlanib, qadoqlanadi. 
Tayyor mahsulotning tavsifi. 
Rangsiz, tiniq yoki xiraroq suyuqlik boʻlib, 
betaraf muhitli. Ukrop hidi va mazasini eslatadi. 
Qadoqlash. 
Shisha idishlarda 30-50 ml dan chiqariladi. 

Yüklə 160,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə