4 — laboratoriya mashgʻuloti. Farmatsevtik eritmalar, siroplar, xushboʻy suvlar, efir moylar texnologiyasi. Maqsad



Yüklə 160,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix11.12.2023
ölçüsü160,78 Kb.
#146039
1   2   3   4   5
4-laboratoriya mashguloti.

Saqlanishi. 
Ogʻzi zich berkitiladigan idishlarda toʻldirilgan xolda saqlanadi. 
Ishlatilishi. 
Ichak faoliyatini yaxshilashda va qorin dam boʻlishini 
kamaytirishda bir kunda choy qoshiqda 3-6 martadan beriladi. 
 
4-laboratoriya ishi. 
Spirtli xushboʻy suvlar. 
Aqua spirituosa. 
Tarkibi. 
Efir moyi — 200 ml uchun 10 tomchigacha 
Etil spirti – 10,0 ml 
Tozalangan suv — yetarli miqdorda. 


Vazifa. 
1. 200 ml spirtli xushboʻy suvni tayyorlang. 
2. Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring. 
Kerakli asbob-uskunalar va materiallar. 
1. Efir moyi 
2. Etil spirti va Tozalangan suv. 
3. Hajmi 200 ml boʻlgan, qopqogʻi zich berkitiladigan idish. 
Ishni bajarish tartibi: 
2-10 tomchi efir moyi ogʻzi zich berkitiladigan shisha idishga solinib, ustiga 10,0 
ml etil spirti solinadi va efir moy toʻliq erib ketgunga qadar chayqatiladi. Efir moyi 
toʻliq erigandan soʻng 
ustiga 190 ml suv solib, 30 daqiqa davomida chayqatiladi. Soʻng 30 daqiqa tindirilib, 
suziladi. Tayyor mahsulot jihozlanib, qadoqlanadi. 
Tayyor mahsulotning tavsifi. 
Rangsiz, tiniq yoki sal tovlanuvchi xushtaʼm 
suyuqlik. 
Qadoqlash. 
Shisha idishlarda 100, 200, 500 va 1000 ml dan chiqariladi. 
Saqlanishi. 
Yaxshi berkitiladigan idishlarda, salqin joyda saqlanadi. 
Ishlatilishi. 
Dorilarning hidi va taʼmini yaxshilash va efiro- va fitoterapiyada 
ishlatiladi. 

Yüklə 160,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə