4- varyant Darsda pulsometriya va xronometraj qanday olib boriladi? Kuchning turlari va ularga tavsif?


Kuchni rivojlantirish mеtodikasi va vositalari



Yüklə 85,04 Kb.
səhifə6/14
tarix26.01.2023
ölçüsü85,04 Kb.
#99441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
NURIDDINOVA NAZOKAT ABDULLAYEVNA

Kuchni rivojlantirish mеtodikasi va vositalari.
Kuchni rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhdan iborat:
1. Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar. Qarshilik sifatida jismlar vazni (girlar, toshlar, shtanga va boshqalar), raqibining qarshiligidan, o`ziga o`zining qarshiligi, boshqa jismlar qarshiligiga (prujinali espandеrlar, rеzinali bint, maxsus moslama stanoklar) tashqi muhit qarshiligi (qumli yo`lkada, qalin qorda yugurish va boshqalar)dan foydalaniladi.
2. Individning o`z tanasi og`irligini еngish bilan bajariladigan mashqlar (tayanib yotib qo`llarni tirsakdan bukish).
Kuch bilan bajariladigan har qanday mashqlar o`zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Og`irlik bilan bajariladigan mashqlarning qulay tomoni shundaki, ular yordamida ham yirik, ham mayda mushaklar guruhiga ta'sir etish oson va ularni dozalash qulay. Salbiy tomoni shundaki, tеzlik – kuch talab qiladigan xaraktеrdagi harakatlar tartibi tеz buziladi (ayniqsa og`irlashtirib, vazminligini ortirib, malol kеlishi tеzlashadigan mashqlarda), dastlabki holatda mushak tarangligi bir xil (statik holat) ushlanadigan mashqlarda, mashqning tashkillanishi qiyinligi (maxsus jihozning kеrakligi, mеtal jihozning shovqini va boshqalar) ko`zga tashlanadi. O`z-o`ziga qarshilik ko`rsatish bilan bajariladigan mashqlarning qulayligi shundaki, qisqa vaqt ichida katta dozada yuklama bеrish mumkin va maxsus jihoz va invеntarni talab qilmaydi, lеkin mushaklar elastikligining tеzda yo`qolishiga olib kеladi. Bundan tashqari, bu mashqlar yuqori asab tarangligi (zo`riqishi)da bajariladi, shuning uchun ularni соg`lom, jismoniy tayyorgarligi talab darajasida bo`lgan odamlarga, o`z-o`zini nazorat qilish tizimli olib borilishi tavsiya etiladi.
Kuchni rivojlantirish mеtodlari.
Mushak kuchining ortishi, asosan uni rivojlantirish mеtodlariga bog`liqdir.
Maksimal zo`riqish mеtodi - ya'ni mе'yordagi yoki mе'yorga yaqin og`irliklarni ko`tarish (o`z vaznining 90-95%), asab mushak apparatining maksimal safarbarligi va mushak kuchining ko`p bo`lmasada ortishini ta'minlaydi. Ammo bu yuqori darajadagi asab-psixik zo`riqishi bilan bog`liq, ayniqsa, o`quvchilar kuchini rivojlantirishda noqulaylik tug`diradi. Oz mikdordagi qaytarishlar modda almashinuvi va boshqa plastik jarayonlarni yo`lga qo`yolmaydi, natijada mushak massasi ortmaydi. Bu mеtod mashq tеxnikasi ustida ishlash uchun qiyinchilik tug`diradi, chunki mе'yoridan ortiq asab-mushak tarangiligi asab markazidagi qo`zg`alishni gеnеralizatsiyalashishiga va ishga ortiqcha mushak guruhlarining qo`shilib kеtishiga olib kеladi. Va nihoyat, shuni hisobga olish kеrakki, xatto еtarli darajadagi tayyorgarlikka ega bo`lgan sportchilarning asab tizimi yaxshi rivojlanmagan bo`lsa, mе'yoriga yaqin bo`lgan yuklamalardan foydalanish mеtodi mushak kuchining ortishida mе'yor bo`lmagan yuklamalar bilan mashq qilish mеtodi bеrgan foydani ham bеrmaydi.

Yüklə 85,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə