4-ma’ruza osma yo‘l va konveyerlar a Konveyersiz osma yo‘llar



Yüklə 69,57 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü69,57 Kb.
#158367
1   2   3   4   5   6
Strelkalar. Osma yo‘lni yo‘nalishini o‘zgartiruvchi qurilma strelka deyiladi. Strelkalar yukni ko‘tarib yuritish organlarini bir relsli yo‘ldan ikkinchisiga o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Ular rels tekisligini yo‘lllar tutashish joyida o‘rnatiladi. Go‘sht kombinatlarida ikki turdagi strelkalar qo‘llaniladi: bir relsli tasma shaklidagi po‘latdan ishlangan yo‘llar uchun va quvurdan tayѐrlangan yo‘llar uchun strelkalari.
Bir relsli yo‘l uchun strelka (12-rasm, a). korpus 1, yuqori tashlanadigan qismi 2 va ostki qismidan 3 iborat. YUqori tashlanadigan qismi gorizontal o‘q 4 atrofida aylanishi mumkin. Strelka ochiqligida yukli rolik rels bo‘ylab erkin harakatlanadi. Strelkani boshqa yo‘lga burish uchun uning ushlagich qismi 6 bosiladi, bunda barmoq 5 strelkaning ost qismini suradi va yuqori qismini burilib, relsning asosiy qismini ѐn shahobi bilan birlashtiradi.
Strelkaning ushlagich qismiga ikkinchi marotaba ta’sir etilganda u o‘zining avvalgi holatiga qaytadi. Strelka ochiqligida yukli rolik osma yo‘ldagi izidan chiqib ketmasligi uchun rels to‘g‘ri qismining oxirida o‘z og‘irligi hisobiga vertikal holatga keluvchi saqlovchi to‘siq mavjud. Strelka ѐpilganda uning yuqori ag‘darma qismi to‘siqni bosadi va uni dastlabki holiga qaytaradi.

12 - rasm. Osma yo‘llar strelkasi:
a - tasma po‘latdan yasalgan rels: l - strelkaning asosiy korpusi; 2- strelkaning yuqori ag‘darma qismi; 3 - strelkaning pastki suriluvchi qismi;
4 - o‘q; 5 - barmoq; 6 – strelkaning ushlagich qismi; b - quvursimon yo‘llar: 1 - relsning to‘g‘ri qismi; 2 - relsning
burilgan qismi; 3 - tutashtirish skobasi.
YUk harakatining o‘zgarishi yo‘nalishiga qarab strelkalar o‘ng va chap bo‘ladi. Bundan tashqari relslarning to‘g‘ri qismi va strelkaning yuqori ag‘darma qismi ѐki pastki suriluvchi qismiga ulanish konstruksiyasiga qarab strelkalar ikki turda ishlanadi.
Quvursimon yo‘lga strelka (12-rasm, b). Strelka ikki bo‘limdan iborat: to‘g‘ri 1 va og‘ma 2. Ular sharnirda ag‘darilishi va quvursimon konveyersiz yo‘llar uchini yuk harakatining to‘g‘ri qism ѐki og‘ish joyidaligiga qarab ulashi mumkin.

Yüklə 69,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə