4-ma’ruza osma yo‘l va konveyerlar a Konveyersiz osma yo‘llar


YUk ko‘tarib yuruvchi organlar



Yüklə 69,57 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü69,57 Kb.
#158367
1   2   3   4   5   6
YUk ko‘tarib yuruvchi organlar. Konveyersiz osma yo‘llarning yuk tashuvchi organlari (13-rasm) tashiladigan yukni ilish uchun xizmat qiladi. Ularni osma yo‘l relsidan osongina olish mumkin. YUrish yuk ko‘tarish organlari ikki asosiy turda tayѐrlanadi:

13 - rasm. YUk ko‘tarib yuruvchi organlar:
a – qo‘y va cho‘chqa tanasi uchun yo‘l zanjirli ilgak; b – shoxli yirik mollar uchun yo‘l zanjirli rolik; v – ilgakli rolik-trolley g - rolikli telejka.

  • sirpanish ishqalanishi prinsipida ishlovchi – quvursimon yo‘lda harakatlanuvchi zanjirli ilgaklar;

  • dumalash ishqalanishi prinsipida ishlovchi – tasma yo‘lda harakatlanuvchi zanjir ѐki ilgakli roliklar.

Go‘sht kombinatlarida qo‘y va cho‘chqa go‘shtini osish uchun quvursimon yo‘lda harakatlanuvchi ilgaklar yo‘l zanjir bilan o‘rnatilgan (13-rasm, a), rolikli shoxli yirik mol go‘shtini ilish uchun yo‘l zanjir bilan ilgaklar o‘rnatilgan (13-rasm, b); turli yuk uchun tasmali yo‘l ilgaklari osilgan roliklar (trolley) o‘rnatilgan (13-rasm, v); va rolikli telejkalar keng tarqalgan.
SHunday ilgakni rels bo‘ylab harakatlantirish uchun sarflanadigan kuch quyidagi formula orqali topiladi:
S= (G + R) (sin α + sos α) kG, (1-7)
Bunda G – yuk massasi (og‘irligi), kg; P- ilgak bilan yo‘l zanjiri massasi (og‘irligi), kg; µ - ilgakning quvursimon osma yo‘l bo‘ylab sirpanish ishqalanishi koeffitsienti; µ = 0,25 - 0,35; α – yo‘lning og‘ish burchagi, grad; g = 9,81 m/sek2.
Agar α = 0 bo‘lsa, u holda formula quyidagi ko‘rinishni oladi
S= µ (G + R) kG, S= g µ (G + R) n. (1-8)
YUkli ilgaklar harakatlanishini osonlashtirish uchun quvursimon yo‘llarni doimo ishga yaroqli holda saqlash kerak. Ularda tirnalgan joylar va notekisliklar bo‘lmasligi kerak. Yo‘llar va ilgaklar yaxshi moylanishi kerak. Rolikli yurish organlarini harakatlantirish uchun kamroq kuch sarflanadi.
SHoxli yirik mol go‘shtini ilish uchun mo‘ljallangan rolikli oѐq zanjirlardan molni boksda hushsizlantirgandan so‘ng uni qonsizlantirish va osma yo‘lda siljitish uchun foydalaniladi.
Ilgakli roliklar cho‘mich, rama, turli mol go‘shtlari va boshqa yuklarni osish uchun xizmat qiladi. Rolikli telejkalar og‘irroq yuklarni tashish uchun ishlatiladi.
Barcha yuk ko‘tarib yuruvchi qurilmalar o‘z vaqtida iflosliklardan tozalanishi, moylanishi, xavfsizlik talablariga ko‘ra tekshirib turilishi kerak. Nosoz trolley va roliklardan foydalanish taqiqlanadi. 1 m osma yo‘lga to‘g‘ri keladigan yuk ularning qaysi ishni bajarish uchun mo‘ljallanganligiga bog‘liq.
Osma yo‘llar 1 m –ga to‘g‘ri
keladigan yuk, kg
SHoxli yirik mol
Qonsizlantirish:
konveyersiz 1000
konveyerli 300
Kalla tekshiruvi (inspeksiyasi) 50 Tanani maydalash:
konveyersiz 400

konveyerli

300

Go‘shtni tashish

350

Sovutgichdagi konveyersiz yo‘l
SH o x l i k i ch i k m o l

350

Konveyerli bo‘laklash va tanani
tozalash

200

Konveyerli tashish

220

Sovutgichdagi konveyersiz yo‘l
CH o‘ ch q a

350

Konveyerli qonsizlantirish

300

Konveyersiz qonsizlantirish

400

Konveyerli bo‘laklash, ichini chiqarish va tozalash

300

Sovuqxonadagi konveyerli va
konveyersiz tashish

300

Submahsulotlarni cho‘michlarda tashish

450

Nimta go‘shtlarni tashish

350

Kolbasa osilgan ramalarni tashish

400


Yüklə 69,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə