4-ma’ruza osma yo‘l va konveyerlar a Konveyersiz osma yo‘llar


b) Konveyerli osma yo‘llar



Yüklə 69,57 Kb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü69,57 Kb.
#158367
1   2   3   4   5   6

b) Konveyerli osma yo‘llar


YUk qo‘l bilan harakatlanadigan konveyersiz osma yo‘llardan farqli konveyerli osma yo‘llar (ѐki konveyerlar) elektrodvigateldan harakatga keltiriladigan uzluksiz tortuvchi kuch manbaiga ega. Zanjir, po‘lat sim (kanat), tros ko‘rinishidagi bu tortuvchi organlar yo‘naltiruvchilar bo‘ylab siljiydi.
Harakatlanishiga qarab konveyerlar quyidagilarga bo‘linadi:

  • itaruvchi - bularda yuk ilgak ѐki roliklarda osiladi va quvursimon ѐki tasmasimon yo‘l bo‘ylab tortuvchi organga o‘rnatilgan barmoq ѐrdamida harakatlanadi;

  • ko‘taruvchi – bularda yuk konveyer zanjirining ishchi organlariga bevosita osilgan;

  • aralash – bularning tortish organlari ham itaruvchi ham ko‘taruvchi organlarga ega.

O‘rnatilishi bo‘yicha konveyerlar bo‘linadi: gorizontal osma konveyerlar bir tekislikda o‘rnatilgan; og‘ma konveyerlar – yukni bir balandlikdan ikkinchi balandlikka uzatish uchun ishlatiladi; fazoviy o‘rnatilgan – yukni turli yo‘nalish va tekisliklarda tashish uchun ishlatiladi.
Go‘sht kombinatlari va parrandani qayta ishlash klrxonalarida osma konveyerlar yuk uzatish va texnologik operatsiyalar (chorvani qonsizlantirish konveyerlari, bo‘laklash, tozalash, kallani tekshirish, parrandaga so‘yish joyida ishlov berish va h.k.) ni bajarish uchun ishlatiladi.
Konveyerlarda tashish ѐki texnologik operatsiya bajarilaѐtgan qismini ishchi qism deyiladi, tortish organi qaytib kelaѐtgan qismini esa – konveyerning bo‘sh qismi deyiladi.
Boshi berk tortish organiga ega har bir koveyer ishchi va bo‘sh qismlardan iborat.
Konveyer tortish organlarining harakat yo‘nalishini shkiv ѐki yulduzchalar ѐrdamida o‘zgartiriladi. Ular aylanish stansiyalari deyiladi va tortish organining tarangligi taranglash stansiyasi ѐrdamida bajariladi. Konveyer ishchi organini harakatga keltirish odatda elektrodvigateldan reduktor, tortish shkivi ѐki yulduzcha orqali amalga oshiriladi. Bu qurilma yuritish stansiyasi deb ataladi.
Demak, har bir konveyer yuritish stansiyasi, aylantirish stansiyasi, tortish stansiyasi, tortish organi (zanjirlar), ishchi va bo‘sh yo‘l qismidan iborat.
14 a rasmda go‘sht kombinatlarida ko‘p ishlatiladigan barmog‘i pastga qaratilgan gorizontal osma konveyerning umumiy ko‘rinishi tasvirlangan.

14 - rasm. Barmog‘i pastga yo‘naltirilgan osma gorizontal konveyer:
a - sxema: 1 – yuritish stansiyasi; 2 –konveyersiz osmalar; 3 va 4 – aylanma stansiyalar; 5 - plastinka-sharnirli zanjir; 6 – bo‘sh qism osmalari; 7 – ishchi qism osmalari; 8 – taranglash stansiyasi; b - osma konveyerning ishchi qismi: 1 – yo‘lning ѐg‘och to‘rsinlari; 2 - osmalar; 3- rels; 4 - plastinka-sharnirli zanjir; 5 – zanjir barmoqlari; 6
- rolik-trolleylar.
Elektrodvigatel va reduktordan iborat yuritish stansiyasi 1 yuk ko‘tarishga moslashgan ѐg‘och yo‘l to‘rsinlariga o‘rnatilgan bo‘lib unda qadami I = 150 mm -li olti ѐki sakkiz dona tishli yulduzcha gorizontal o‘rnatilgan. YUlduzchaga plastina-sharnirli barmoqlari pastda bo‘lgan zanjir kiydirilgan.
Konveyerning ikkinchi chekkasida o‘rnatilgan vintli taranglash stansiyasi ѐrdamida konveyer zanjiri taranglanadi. Buning uchun taranglash stansiyasida ham, tortuvchi yulduzcha bilan bir tekislikda gorizontal yulduzcha o‘rnatilgan.
14-rasmdagi sxemada G-shaklidagi konveyer tasvirlangan. Zanjirning harakat yo‘nalishini o‘zgartirish uchun aylanma stansiyalar mavjud: bu sxemada konveyerni bo‘sh qismida 3, ishchi qismida 4. Aylanma stansiyalar taranglash stansiyasi kabi majburiy harakat qilmaydi va yulduzchalar esa o‘qqa erkin o‘rnatilgan, buning natijasida zanjir aylanganda harakatga keladi.
Oskichlar osma yo‘l relsini mahkamlash uchun xizmat qiladi:
konveyersiz qism 2, bo‘sh qism 6 va konveyer ishchi qismiga 7 tutashgan.
Tortish organi vazifasini cheksiz plastina-sharnirli zanjir 5 bajaradi.
14 – rasm, b – da barmog‘i pastga qaratilgan osma gorizontal konveyerning ishchi qismi ko‘rsatilgan.
YOg‘och yo‘l to‘sinlari 1 – ga asosiy tasmasimon rels 3 va burchakli po‘latdan tayѐrlangan plastina sharnirli zanjir o‘rnatilgan yo‘naltirgichni, 4 ushlab turuvchi oskichlar 2 joylashtirilgan. Zanjir barmoqlari 5 pastda joylashgan, yuk ortilgan roliklar 6 harakatlantiriladi. YUritish, taranglash va aylantirish yulduzchalari zanjir tekisligida gorizontal o‘rnatilgan, yo‘l to‘sinlariga kronshteynlar ѐrdamida qotiriladi. Faqat yo‘naltirish zanjirida qisqartirilgan osmalar ishlatiladi. Bunday konveyerning bo‘sh yuruvchi qismida yuk ko‘taruvi rels yo‘q. Zanjir surish barmoqlarining oraliq masofasi uning qadamiga proporsional bo‘lib 600, 900, 1200, 1500 va 1800 mm –ni tashkil etadi. Osma konveyerning asosiy qismlarini ko‘ramiz.

Yüklə 69,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə