4-ma’ruza: Plagiat haqida tushuncha Reja



Yüklə 112,42 Kb.
səhifə7/8
tarix11.10.2023
ölçüsü112,42 Kb.
#126736
1   2   3   4   5   6   7   8

Hammualliflik - adabiyot, ilm-fan yoki sanʼat asarlariga boʻlgan mualliflik huquqinnnt yoxud biror-bir kashfiyotga nisbatan mualliflik huquqining ikki yoki undan ortiq shaxsga baravar aloqadorligi. Mualliflik huquqidan foydalanish hammualliflarning oʻzaro kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Mukofot berilishi ham shu kelishuv asosida yoki mavjud qonunchilik asosida koʻrib chiqiladi. Oʻrtadagi kelishmovchilik yoki nizoli munosabatlar sud orqali hal qilinadi. Buning mevasini kundalik hayotimizda ko‘rib turibmiz. Keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda, internet saytlarda ko‘chirmachilik avj oldi. Kimdir birovning ijod mahsulini o‘ziniki qilib ijtimoiy tarmoqqa joylashtiradi. Undan yana kimdir olib, foydalanadi. Kutilmaganda mantning haqiqiy muallifi topilib qoladi, so‘ngra o‘zaro tortishuv boshlanadi... Yoki axborot tarqatuvchi internet saytlarda berilayotgan xabarning manbasi ko‘rsatilmaydi. Aslida xabar boshqa axborot manbasidan ko‘chirilgan bo‘ladi va hokazo. Bugungi kunda plagiatlik shu darajada avj olmoqdaki, hatto butun boshli kitobni ko‘chirib, o‘ziniki qilishga urinayotganlar ham uchramoqda. Keling, avvalo, plagiatlik nima ekaniga izoh bersak. Plagiat (lotincha plagio – o‘g‘rilayman) – adabiyot, fan, san’at asari, kashfiyot yoki ratsionalizator taklifiga mualliflikni (qisman yoki to‘la) qasddan o‘zlashtirish, deganidir. O‘zbekcha aytganda, mol-mulkni emas, ijod mahsulini qisman yoki to‘liq o‘g‘irlash.

Bugun ko‘chirmakashlik muammosiga duch kelayotgan ekanmiz, avvalo, buning sabablarini o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Hech bir muammo o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Unga dastlab zamin yaratiladi. Tan olishimiz kerakki, yillar davomida shu zaminni yaratdik.

Butun boshli ko‘chirmakash avlodni tarbiyaladik. Qanday qilib deysizmi? Yaxshilab o‘ylab ko‘ring. So‘nggi o‘n-o‘n besh yil davomida talabalar nazorat ishlarini tayyor internetdan ko‘chirib, chiroyli oq qog‘ozga chiqarib domlalarga topshirdi va nazoratdan o‘tdi. Hozir ham bu an’ana davom etib kelmoqda. Dars qoldirgan talaba qoldirgan darsi uchun ham biror mavzuni adabiyotdan yoki internetdan ko‘chirib boradi. Biz yoshlarni talabalikdan ko‘chirmakashlikka o‘rgatdik. Buni kimga va nima uchun kerakligini hanuzgacha tushunmayman.


Yüklə 112,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə