4-ma’ruza: Plagiat haqida tushuncha Reja



Yüklə 112,42 Kb.
səhifə8/8
tarix11.10.2023
ölçüsü112,42 Kb.
#126736
1   2   3   4   5   6   7   8

Yillar davomida talabalarning oddiy nazorat ishlaridan tortib, diplom ishlari, ilmiy ishlarigacha ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘yildi. Oxir-oqibat shu darajaga keldikki, ko‘chirmakashlik, birovning ijod mahsulini o‘zini qilib olishlik tabiiy holga aylandi. -Yaqinda “Xarid chekini so‘rashdan uyalmayman” nomli maqola yozgandim. Uni ikkita saytga berdim. Hali maqolam saytda chiqishga ulgurmay, kimdir o‘ziniki qilib olib, uyalmasdan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiribdi. Men yozgan maqolani o‘sha yigit qayerdan olganiga hayronman. “Maqolani men yozganman-ku, buni qayerdan oldingiz”, degan savolimga javob bermadi. Bu qip-qizil plagiatlik, - dedi jurnalist Gulchehra Berdiyorova. Birovning yozgan maqolasi yoki axborotini o‘ziniki qilib o‘zlashtirib olayotganlar, uning huquqiy jihatiga ahamiyat bermayapti. Tasavvur qiling, birovning mol-mulkini o‘g‘irlagan qonunan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Shunday ekan birovning ijod mahsulini o‘g‘irlaganlarga ham qonunan jazo turlari belgilangan.

Adliya vazirligining saytida plagiatlikka qonunchilikda qanday jazo turlari qo‘llanilishi haqida keltirilgan. Amaldagi qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita “plagiat” atamasi qo‘llanilmasa-da, mualliflik huquqlarining buzilishi uchun aniq javobgarlik choralari nazarda tutilgan. Xususan, Jinoyat kodeksining 149-moddasiga ko‘ra, tafakkur mulki ob’yektiga nisbatan mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulk ob’yektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Fuqarolik qonunchiligida esa plagiat sodir etgan “adabiy o‘g‘ri”ga nisbatan ikkita chora qo‘llaniladi. Birinchisi, bu huquqni tan olish va huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash”, ya’ni aslida asarning haqiqiy muallifi kim ekanligini e’tirof etish, zarur hollarda esa tegishlicha rasmiylashtirish, ikkinchisi esa asar muallifiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplash (bu choralar Fuqarolik kodeksining 1040-moddasi va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunning 65-moddasi qoidalaridan kelib chiqadi). Agar sizning mualliflik huquqingiz buzilayotgan bo‘lsa, kimdir siz yozgan matnni o‘zini qilib olayotgan bo‘lsa, sudga murojaat qilish huquqiga egasiz. Zamon shuni taqozo qilayotgan ekan, plagiatlikka qarshi birgalikda kurashaylik. Ko‘chirmakash avlodni tarbiyalab berayotgan oliy ta’lim muassasalari ham bu haqda o‘ylab ko‘rishsa, yomon bo‘lmasdi.


Nazorat savollari:
1. Plagiat haqida tushuncha, antiplagiat haqida huquqiy va me’yoriy hujjatlarhaqida ma’lumot bering
2. Mualliflik huquqi himoya qilish yuzasidan qanday qarorlar mavjud?
3. Hammualliflik haqida tushuncha bering.
4. Qanday antiplagiat dasturlar mavjud?
5. Qonunda plagiat uchun qanday javobgarlik belgilangan?
Yüklə 112,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə