4-ma’ruza: Plagiat haqida tushuncha Reja



Yüklə 112,42 Kb.
səhifə4/8
tarix11.10.2023
ölçüsü112,42 Kb.
#126736
1   2   3   4   5   6   7   8

Antiplagiat bugungi kunda Aynan Antiplagiat Rossiya va MDH mamlakatlarida o‘quv va ilmiy ishlardagi o‘zlashtirib olishlarni aniqlash bo‘yicha yuqori standartlarni taklif qiladi. 126 000 dan ortiq foydalanuvchi har kuni o‘z matnlarini veb-saytimizda tekshirish uchun “Antiplagiat” tizimini qo‘llaydi. Biz faqatgina Rossiyadagina emas, balki xorijda ham ta’lim va ilmning sifatini oshirish ustida doimiy ravishda ishlaymiz.

Oʻzbekistonda milliy antiplagiat portali joriy etiladi. Joriy yilning 12-dekabr kuni Toshkent moliya institutining majlislar zalida Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusiga koʻra Polshaning “Plagiat. Pl” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b. Sharof Rajabbayev qatnashdi. Shuningdek, oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalaridan 60 nafardan ortiq respublikaning ilmiy salohiyatini oshirishdan manfaatdor boʻlgan vakillar ishtirok etdilar. Maʼruzachilar ushbu kompaniyaning Polsha va Yevropa Ittifoqidagi ilm-fan va taʼlimdagi koʻchirmachilikning oldini olish boʻyicha tajribasi va faoliyati, universitetlar uchun amaliy misollar bilan taklif etilayotgan kompleks yechimlar toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazishdi.

Ushbu tadbirning ahamiyati ayniqsa, yosh tadqiqotchilar uchun beqiyos boʻldi, ular ilmiy maqolalarni nashr ettirishda antiplagiat tizimlaridan foydalanish tartibi, shartlari, afzalliklari va ahamiyati bilan tanishdilar. Tadbirda, shuningdek, Respublikadagi mavjud ilmiy nashrlar reytingini dunyo miqyosida oshirish va Scopus bazasiga kirish maqsadida “Plagiat.Pl” kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan “Geliotexnika” xalqaro ilmiy-texnik jurnalining tajribasi ham namoyish etildi. Uchrashuvda antiplagiat tizimlarini oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida joriy etish, Oʻzbekistonda davlat tilidagi ilmiy nashrlarning yagona maʼlumotlar bazasini yaratish lozimligi masalasi koʻtarildi va bu mavzu qizgʻin bahs-munozaralarga sabab boʻldi.


Yüklə 112,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə