4-mavzu. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi



Yüklə 147,67 Kb.
səhifə7/26
tarix28.11.2023
ölçüsü147,67 Kb.
#137401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
4-mavzu. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi-fayllar.org

AV-1 shakli - «Asosiy vositalarni qabul qilish va berish dalolatnomasi» -asosiy vositalarning kirim va chiqimini qayd qilish uchun.


  • AV-2 shakli - «Ta’mirlangan, mukammallashtiril­gan va rekonstruksiya qilingan asosiy vositalarni qabul qilish va topshirish dalolatnomasi»- ob’ektlarning boshlang’ich qiymatining oshishini qayd qilish uchun.


  • AV-3 shakli - «Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish» ob’ektlarni tugatish uchun.


  • AV-4a shakli - «Avtotransport vositalarini tugatish dalolatnomasi».


  • AV-7 shakli - «Asosiy vositalarni hisobga olish uchun inventar kartochkalari» har bir asosiy vositaning holati va harakatini alohida qayd qilib boradi.


  • AV-8 shakli - «Asosiy vositalarning harakatini qayd qilish kartochkasi»- ularning kirim va chiqimini hisobga olib boradi.


  • AV-9 shakli - «Asosiy vositalarning inventar ro’yxati» ularning foydalanish joylari bo’yicha hisobini tashkil qilish uchun ishlatiladi.

    Sub’ektga tegishli bo’lgan ishlatilayotgan, zaxira­dagi, konservatsiyadagi va ijaraga berilgan asosiy vo­sitalarning miqdori va harakati to’g’risidagi ma’lu­motlar umumlashtirilgan holda 0100 - «Asosiy vosita­lar» nomli aktiv sintetik schyotlarning guruhida yuqoridagi hujjat­larga asosan hisobga olib boriladi.


    0100-«Asosiy vositalar» schyotida quyidagilar ham hisobga olib boriladi:
    a) sub’ektga foydalanish huquqi berilgan o’rmon va suv xavzalari, yer uchastkalari va konlar uchun sarflangan inventar xususiyatidagi kapital qo’yilmalar;
    b) ijaraga olingan asosiy vositalar uchun sarflangan tugallangan ishlar natijasi bo’yicha xarajatlar.
    Asosiy vositalar boshlang’ich qiymatda hisobga olib borilib, alohida ob’ektlar uchun ularning boshlang’ich qiymati quyidagicha aniqlanadi:
    a) ta’sis etuvchilarning sub’ektga qo’shgan asosiy fondlari – o’zaro kelishilgan bahoda;
    b) sub’ektning o’zida ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan asosiy vositalarning ishlab chiqarish tannarxi yoki sotib olish bahosiga tashib keltirish va o’rnatish xarajatlarini qo’shib haqiqiy tannarxda;
    v) boshqa shaxslardan tekinga olingan asosiy vosita­lar, ekspert tomonidan belgilangan yoki dalolatnomada ko’rsatilgan bahoda.
    Yangi korxona qurish, asosiy vositalarni sotib olish, konstruktsiyasini o’zgartirish, modernizatsiya qilish va moslashtirish ychun sarflangan mablag’larni hisobga olishda alohida aktiv schyotlarning,
    0700-«o’rnatiladigan asbob-uskunalar» schyotlari va
    0800-«Kapital qo’yilmalar» schyotlari guruhidan foydalaniladi.
    0700-schyot bo’yicha ikkita subschyot yuritiladi: 0710 - «Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar» va 0720-«Schyot eldan keltirilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar».
    Sub’ektga kelib tushgan o’rnatiladigan asbob-us­kunalar uchun to’lov talabnoma-topshiriq aktseptlan­ganda 0710 va 0720 schyotlari debetlanib, 6010-«Mol yetkazib beruvchi­lar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti kre­ditlanadi. Shu asbob-uskunalarni yetkazib berganlik (transport xizmatlari) uchun 6890-«Boshqa majburiyatlar» schyoti tegishli xizmatlarning summasiga kreditlanadi.
    Shu asbob-uskunalarni tushirib berganligi uchun ishchilarga mehnat haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar hisoblanganda 0710 va 0720-schyotlari de­betlanib, 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» va 6520-«Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyotlari kredit­lanadi.
    Ta’sischilar tomonidan sub’ektning ustav kapitaliga o’z badallari sifatida topshirilgan asbob-uskunalarning qiymati ham 0710 va 0720-schyotlarining debeti va 4710-«Ustav kapitaliga ulushlari bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining kreditiga yoziladi.
    Yig’ish va o’rnatish uchun (montajga) topshirilgan asbob-uskunalarning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarilganda 0810-«Tugallanmagan qurilish» schyoti debetlanib, 0710 va 0720-schyotlari kreditlanadi, shu asbob-uskunalar sotilsa, 9220-«Boshqa aktivlar­ning sotilishi va turli chiqimlari» schyoti debetlanib, 0710 va 0720-schyotlari kreditla­nadi, ularning mustaqil balansga ajratilgan fili­allarga berilishi – 4110-«Alohida balansga ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar» schyotining debeti va 0710 va 0720-schyotlarining kreditiga yoziladi.
    O’rnatiladigan asbob-uskunalarni ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi materiallar hisobiga o’xshab ke­tadi va ularning hisobi ham ombor kartochkalari va 10-sonli qaydnomada yuritiladi.
    Imorat va inshootlarni qurish, asbob-uskunalarni va boshqa asosiy vositalarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan kapital qo’yilmalarni hisobga olish 0800 - «Kapital qo’yilmalar» deb nomlangan aktiv va kal’kulyatsiyalash schyotlarida yuritiladi. Bu guruh quyidagi ­schyotlardan tashkil topgan:
    0810-«Tugallanmagan qurilish»;
    0820-«Asosiy vositalar sotib olish»;
    0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish»;
    0840-«Asosiy podani tuzish»;
    0890-«Boshqa kapital qo’yilmalar»;
    0810-«Tugallanmagan qurilish» schyotida qurilishning qaysi bir usuli (pudrat yoki xo’jalik)dan foydalanilishidan, qat’iy nazar, imoratlar va inshootlarni qurish, as­bob-uskunalarning qiymati va smetalarida smeta – mo­liya hisoblarida va kapital qurilishining titullik ro’yxatlarida ko’zda tutilgan boshqa xarajatlar hisobga olinadi.
    0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» schyotida montaj talab qilmaydigan asbob-uskunalar, mashinalar, anjomlar va boshqa asosiy vositalar ob’ektini sotib olish xarajat­lari hisobga olinadi.
    0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyotida NMA sotib olish bilan bog’liq bo’lgan va belgilangan tartibga ko’ra nomoddiy aktivlar ob’ektlarining dastlabki qiymatiga qo’shiladigan xarajatlar hisobga olinadi.
    0840-«Asosiy podani tashkil qilish» schyotida qishloq xo’jaligi va yordamchi xo’jaliklarda asosiy podalarni tashkil qilish, voyaga yetgan hayvonlarning asosiy podaga o’tkazilgan qiymati yoki ularni sotib olish va olib kelish sarflari hisobga olinadi.
    0890-«Boshqa kapital qo’yilmalar» schyotida yuqorida qayd qilinmagan kapitallashtiriladigan sarflar, yerlarni obodonlashtirish, mulk bo’yicha olingan asosiy vositalarni obdonlashtirish va boshqa sarflar hisobga olinadi.



    Yüklə 147,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə