4-mavzu. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi



Yüklə 147,67 Kb.
səhifə9/26
tarix28.11.2023
ölçüsü147,67 Kb.
#137401
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
4-mavzu. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi-fayllar.org

Xizmat qilish muddati

5

Besh yil mobaynida amortizatsiya hisoblashni quyidagicha aks ettirish mumkin.
Bajarilgan ishlarning hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash usuli (ishlab chiqarish usuli).
Bu usulda amortizatsiya (eskirish) summasi faqat foydalanish natijasidir va uni hisoblash jarayonida vaqt davrlari rol o’ynamaydi degan fikrga asoslanadi.
64-jadval



Davrlar


Boshlang’ich qiymati


Yillik amortizatsiya summasi


Jamlangan amortizatsiya summasi


Balans qiymati

Xarid sanasi


100.000.000


-

-

100.000.000


1 yil oxiri


100.000.000


16.000.000


16.000.000


84.000.000


2 yil oxiri


100.000.000


16.000.000


32.000.000


68.000.000


3 yil oxiri


100.000.000


16.000.000


48.000.000


52.000.000


4 yil oxiri


100.000.000


16.000.000


67.000.000


36.000.000


5 yil oxiri


100.000.000


16.000.000


80.000.000


20.000.000


Faraz qilaylik, yuqorida so’z yuritilgan yuk mashinasi, ma’lum miqdorda ishlarni bajara oladi, uning yurish hajmi (probeg) 1.600.000 km hisoblangan. Amortizatsiya xarajatlari yurgan har bir kilometri uchun quyidagicha aniqlanadi:


Boshlang’ich qiymati-qoldiq qiymati


=

100.000.000-20.000.000

=50 so’m



Taxmin qilinayotgan ishlar soni


1.600.000


Demak, bosib o’tgan 1 kilometri uchun 50 so’m (80000000:1600000)


Agarda faraz qilsak, foydalanish (ekspluatatsiya)ning birinchi yilda yuk mashinasi 400.000 km yurgan bo’lsin, ikkinchi yilida 600.000, uchinchi yilida 200.000, to’rtinchi yilida-200000 va beshinchi yilida 200.000, ynllik amortizatsiya hisobining jadvali quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Hisoblangan amortizatsiyalar, (ishlab chiqarish usuli)
65-jadval




Boshlang’ich qiymati


Yurishi, km


Yillik amortsiya summasi


Jamg’arn
amortsiya


Balans qiymati

Xarid sanasi


100.000.000


-

-

-

100.000.000

1 yil oxiri


100.000.000


400.000

20.000.000

20.000.000


80.000.000


2 yil oxiri


100.000.000


600.000

30.000.000

50.000.000


50.000.000


3 yil oxiri


100.000.000


200.000

10.000.000

60.000.000


40.000.000


4 yil oxiri


100.000.000


200.000

10.000.000

70.000.000


30.000.000


5 yil oxiri


100.000.000


200.000

10.000.000

80.000.000


20.000.000


Ushbu usulda tuzilgan jadvalda yillik amortizatsiya summasi bilan ish yoki foydalanish birligi o’rtasidagi bevosita bog’liqlikni ko’rish mumkin. Jamg’arilgan eskirish summasi har yili ish birligiga yoki foydalanishga (yurishiga) to’g’ri bog’langan holda ortib boradi. Nihoyat, balans qiymati, yil sayin ish birligiga yoki foydalanishga to’g’ri mutanosib ravishda qoldiq qiymatga yetmaguncha kamayib boradi. Bu usulga muvofiq har bir ob’ektning taxmin qilinayotgan birligi ma’lum aktivlarga mos kelishi kerak.

Tezlashtirilgan hisobdan chiqarish usuli o’z navbatida quyidagi usullarga bo’linadi:
a) sonlarning yig’indisi bo’yicha qiymatni hisobdan chiqarish (kumulyativ) usuli.
Bu usul qandaydir ob’ektning xizmat qilish yillari summasi orqali aniqlanadi va bu summa hisoblash koeffisientida maxraj bo’lib xizmat qiladi. Bu koeffitsientning sur’atida ob’ektning xizmat muddatining oxirigacha qolgan yillarining soni turadi (teskari tartibda).
Yuqorida keltirilgan misolga murojaat qilaylik, lekin yuk avtoransportining qoldiq qiymati 10.000.000 so’m.
Masalan, yuk mashinasining taxmin qilinayotgan foydali xizmat muddati 5 yil.
Ekspluatatsiya yillari summasi – 15 yil (kumulyativ son):
1+2+3+4+5+15

So’ngra, har bir kasrni 90.000.000 ga (100.000.000-10.000.000) teng bo’lgan amortizatsiyalanadigan qiymatga ko’paytirish yo’li orqali har yillik amortizatsiya summasi aniqlanadi:


5/15, 4/15, 3/15, 2/15, 1/15
Bu holda amortizatsiya chegirmalari summasining jadvali quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
66-jadval
mln.so’m


Davrlar


Boshlang’ich qiymati


Yillik amortizatsiya summasi


Jamlangan amortizatsiya summasi


Balans qiymati

Xarid sanasi


100

-

-

100

1 yil oxiri


100

(5/15x90)=30

30

70

2 yil oxiri


100

(4/15x90) =24

54

46

3 yil oxiri


100

(3/15x90) =18

72

28

4 yil oxiri


100

(2/15x90) =12

84

16

5 yil oxiri


100

(5/15x90) =6

90

10

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, eng katta amortizatsiya summasi birinchi yilda hisoblanadi, keyin yilma-yil u kamayadi, jamlangan amortizatsiya oldingi davrga nisbatan kamroq ortib boradi, balans qiymati qoldiq qiymatiga yetib bormagunicha har yili amortizatsiya summasiga kamayib boradi.

b) kamayib boruvchi qoldiq usuli.
Bu usul sonlar yig’indisi usuli tamoyillariga asoslangan. Bu usulda har qanday qat’iy stavka qo’llanilishi mumkin bo’lsa ham, ammo ko’pincha to’g’ri chiziqli usulda foydalangan o’rtacha darajaga nisbatan ikki karra ko’paytirilgan me’yor qo’llaniladi. Bu jarayon ikkalangan amortizatsiyada kamayib boruvchi qoldiq usuli deb ataladi. Oldindagi misolda yuk avtomobilining foydali xizmat muddati 5 yilga teng edi. To’g’ri chiziqli amortizatsiyalash usulida har yilgi me’yor mos ravishda 20% (100%/5)ni tashkil qiladi. Kamayib boruvchi qoldiqni hisobdan chiqarishning qabul qilingan ushbu 40% har yilning oxirida balans qiymatiga ko’paytiriladi. Amortizatsiya hisoblashda taxmin qilinayotgan qoldiq qiymati, oxirgi yildagisidan tashqari hisobga olinmaydi. Bu usulni ifodalovchi jadval kelgusi betda keltirilgan.


Yüklə 147,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə