4-mavzu. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi


Asosiy vositalarning eskirishi (amortizatsiyasi) hisobi



Yüklə 147,67 Kb.
səhifə8/26
tarix28.11.2023
ölçüsü147,67 Kb.
#137401
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
4-mavzu. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi-fayllar.org

4.3. Asosiy vositalarning eskirishi (amortizatsiyasi) hisobi
Sub’ektlarning asosiy vo­sitalari foydalanish jarayonida asta-sekin eskirib boradi. Bu eskirishning iqtisodiy mohiyati shundan iboratki, asosiy vositalar o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxiga o’tkazib, iste’mol qiymatini asta-sekin yo’qotib boradi.
Sub’ektlarning mulki bo’lgan asosiy vositalarning eskirishi 0200-«Asosiy vositalarning eskirishi» pas­siv, sintetik schyotlarning guruhida hisobga olinadi.
Asosiy vositalarning eskirishi har oyda belgilangan va amaldagi me’yorlar bo’yicha to’la tiklash uchun ajratilgan amortiza­tsiya summasi miqdorida aniqlanadi.
0200-«Asosiy vositalarning eskirishi» schyotlarining guruhi quyidagi schyotlardan tashkil topgan:
0211-«Yerni obodonlashtirishning eskirishi».
0212-«Lizing bo’yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi».
0220-«Imoratlar va inshootlarning va o’zatuvchi moslamalarning eskirishi».
0230-«Mashina va uskunalarning eskirishi» va hokazo.
0240-"Mebel va idora jihozlarining eskirishi".
0250-"Kompyuter uskunalari va hisoblash texnikasining eskirishi".
0260-"Transport vositalarining eskirishi".
0270-"Ishchi hayvonlarning eskirishi".
0280-"Ko’p yillik daraxtlarning eskirishi".
0290-«Boshqa asosiy vositalarning eskirishi».
0299-"Moliyalashtiriladigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi".
To’la qiymatiga amortizatsiya hisoblangan asosiy vo­si­talarga eskirish hisoblanmaydi.
Asosiy vositalarning eskirishi ikki xil bo’ladi. Birinchisi – jismoniy eskirish va ikkinchisi, ma’naviy eskirishdir.
Jismoniy eskirish deb asosiy vositalarning at­mosfera sharoitlari ta’sirida va ulardan foydalanish jarayonida uning moddiy tuzilishida ichki o’zgarishlar /zanglash, chirish, ayrilish/ sodir bo’lganda boshlang’ich holatining yo’qolishiga ay­tiladi. Jismoniy eskirish asosiy vositalardan foydalanish jarayonida ham ular bekor yotganda ham so­dir bo’lishi mumkin. Asosiy vositalarning jismoniy es­ki­rishining darajasi ularning ishlab chiqarishdagi foydalanishi bilan bandlik darajasiga, sifatiga texnologik jaryonning xususiyatlariga, schyotki sharoitlardan muho­faza qilish va parvarish qilish sifatlari, hamda ish­laydigan ishchilarning malakasiga bog’liq.
Asosiy vositalarning texnikaviy tavsifi va iqtisodiy samaradorligining davr talabidan, ya’ni haqiqatdan orqada qolishi ma’naviy eskirishi deb ataladi. Ma’naviy eskirish o’z navbatida ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchisi – shu kabi asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarishining arzonroqqa tushishi natijasida ular qiymatining kamayishi bo’lsa, ikkinchisi – yangi va ilg’orroq asosiy vositalarni joriy qilish va ularning tex­nikaviy jihatdan orqada qolishi natijasida qiymatining pa­sayib ketishi hisoblanadi.
Asosiy vositalarni qayta tiklash va qayta ishlab chiqarish maqsadida ularning har oydagi eskirgan qiymati mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tan­narxiga qo’shib boriladi. Ushbu ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ish va xizmatlarning tannarxiga qo’shiladigan asosiy vositalarning eskirish summasi to’la qayta tiklashga belgilangan amortizatsiya ajratmalarining o’rnatilgan me’yorlariga asosan hisoblanadi. Bu me’yorlar aso­siy vositalrning balans qiymatiga nisbatan bir yillik foizlar hisobida belgilanadi va davlat to­monidan yagona tartibda tasdiqlanadi. o’rnatilgan me’yorlar barcha sub’ektlar uchun yagona va majburiy bo’lib hisoblanadi. Amortizatsiya ajratmalarining me’yor­lari asosiy vositalarning guruhlari va turlariga belgila­nadigan umumiy me’yorlardan iborat.
Amortizatsiya miqdorini hisoblashga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat:
  • boshlang’ich qiymati;


  • qoldiq qiymati;


  • amortizatsiya qilinayotgan qiymati;


  • taxmin qilinayotgan foydalanish muddati;


  • o’rnatilgan amortizatsiya me’yori.


Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari /eskirish/ning bir yillik summasini topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

bunda: As – amortizatsiyaning yillik summasi;
Bq – asosiy vositalarning balans qiymati;
Tx taxminiy tugatish xarajatlari;
Mq – asosiy vositalarning tugatilishidan olinadi­gan materiallarning taxminiy qiymati;
Kq – asosiy vositalarning taxminiy qoldiq qiymati;
Fm – asosiy vositalardan foydalanish muddati.
To’la qayta tiklashga mo’ljallangan amortizatsiya aj­ratmalari (eskirish) ning yillik me’yori (Em)ni to­pish uchun esa quyidagi formuladan foydalaniladi:

Masalan, asosiy vositaning balans qiymati (Bq) 2500000 so’m, tugatish xarajati (Tx) - 200000 so’m, asosiy vositani tugatishdan olingan materiallarning qiymati (Mt)-400000 so’m qoldiq qiymati (Qq)-300000 so’m va asosiy vositalardan foydalanish muddati (Fm)-10 yil deb faraz qilsak, unda to’la qayta tiklashga mo’ljallangan yillik amortizatsiyaning (eskirish) me’yori (Em)- 8% bo’ladi.

Amortizatsiya summasini hisoblash jarayonida quyidagi usullardan foydalaniladi:

  1. Qiymatni bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisobdan chiqarish usuli;


  2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish) usuli;


  3. Tezlashtirilgan hisobdan chiqarish usuli;


a) sonlar yig’indisi bo’yicha qiymatni hisobdan chiqarish (kumulyativ) usuli;


b) qoldiqni kamaytirish usuli.
Bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisobdan chiqarish usuli. Bu usulga muvofiq, ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat qilish muddati (davri) mobaynida bir tekisda hisobdan chiqariladi (taqsimlanadi). Ushbu usul, amortizatsiya summasining aktivning xizmat muddatining uzoq davom etishiga bog’liqligiga asoslanadi. Har bir davr uchun amortizatsion chegirmalar summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni (ob’ektning boshlang’ich qiymatidan uning qoldiq qiymatining ayirmasi) ob’ektdan foydalanishning hisobot davri soniga bo’lish orqali hisoblanadi. Amortizatsiya me’yori doimiy hisoblanadi.
Masalan, yuk mashinasining boshlang’ich qiymati 100.000.000 so’m besh yil muddatli foydalanish davri oxiridagi qoldiq qiymati 20% ni tashkil qiladi yoki to’g’ri chiziqli hisoblab chiqarish usuliga binoan 18.000.000. so’mni tashkil etadi. Ushbu tartibda amortizatsiya hisoblash quyidagicha bajariladi:

Boshlang’ich qiymat-qoldiq




=

100.000.000-20.000.000


= 80.000.000:5 = 16.000.000





Yüklə 147,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə