63-jadval
Asosiy vositalarining tasnifi
Tasniflash
belgisi
|
Asosiy vositaning turi
|
1.Ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko’ra
|
ishlab chiqarish asosiy vositalari
noishlab chiqarish asosiy vositalari
|
2.Ishlab chiqarishni borishiga ta’sir ko’rsatuvchanligiga ko’ra
|
faol ta’sir ko’rsatuvchi asosiy vositalar
nofaol ta’sir ko’rsatuvchi asosiy vositalar
|
3.Mulkiy kimga tegishligiga ko’ra
| |
4.Sotib olish va kelib chiqish manbalariga ko’ra
|
sotib olingan import asosiy vositalar
sotib olingan mahalliy asosiy vositalar
o’z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalar
ta’sis badali sifatida kiritilgan asosiy vositalar
bepul kelib tushgan asosiy vositalar
|
5.Sotib olingandagi holatiga ko’ra
|
butkul yangi asosiy vositalar
oldinlari foydalanishda bo’lgan asosiy vositalar
|
6.Real holatiga ko’ra
|
ishlatilayotgan asosiy vositalar
kapital ta’mirlashdagi asosiy vositalar
konservatsiya qilingan asosiy vositalar
zahiradagi o’rnatilmagan jihozlar
sotishga tayyorlangan asosiy vositalar
tugatishga tayyorlangan asosiy vositalar
ijaraga berilgan asosiy vositalar
|
7.Alohida ishlarni bajarishga mo’ljallanganligiga ko’ra
| |
8.Turi va ko’rinishiga ko’ra
| |
Asosiy vositalar ishlab chiqarishga qatnashishi nuqtai nazaridan ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalari va noishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalariga bo’linadi.
Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalardan moddiy ishlab chiqarish sohasida foydalaniladi, ishlab chiqarishning bir nechta jarayonida qatnashib, asta-sekin eskiradi, o’zining qiymatini yaratilgan mahsulotning, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatning tannarxiga qisman o’tkazib boradi. Ularga moddiy ishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan imoratlar, inshootlar, o’tkazuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari, yirik shohli ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko’p yillik daraxtlar va boshqa mehnat vositalari kiradi.
Noishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalar ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan madaniy-maishiy, sog’liqni saqlash muassasalari, kommunal xo’jalik korxonalari va shu kabi tarmoqlarga xizmat qiladi va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi, lekin sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda yordam beradi. Ular ishlatish jarayonida asta-sekin eskirib, o’z qiymatini qisman yo’qotib boradilar. Asosiy vositalar xalq xo’jaligining qaysi tarmog’ida ishlatilishiga qarab, shuningdek tarmoqlar (sanoat, qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va hokazo) bo’yicha ham guruhlashtiriladi.
Asosiy vositalarni xalq xo’jaligining tarmoqlari va turlari o’rtasida taqsimlashda ular yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatlar qanday tarmoq yoki faoliyatning turiga taalluqliligiga qarab, tegishli asosiy vositalar ham o’sha tarmoq yoki faoliyat turiga kiritiladi, masalan, xalq xo’jaligining tarmoqlaridagi, shu jumladan sanoat ishlab chiqarishidagi asosiy vositalarning qanday maqsadda foydalanishi va qanday ishlarni bajarishiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi:
Dostları ilə paylaş: |