4-mavzu. Elektron jadvallarni qayta ishlash texnologiyalari



Yüklə 2,65 Mb.
səhifə1/11
tarix26.10.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#131242
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4-ma\'ruza mashg\'uloti

4-mavzu. Elektron jadvallarni qayta ishlash texnologiyalari


4.1.Microsoft Excel elektron jadval protssessori va uning imkoniyatlari
4.2.Excelda ustunlar, satrlar, diapazonlar. Listlar, formulalar
4.3.Excelda ma‘lumotlarni qayta ishlashda matematik va statistik formulalar
4.4.Jadvalli ma‘lumotlardan diagramma tuzish yo‘llari
Asosiy adabiyotlar
1.Aripov M., Begаlov B., Begimqulov U., Mаmаrаjаbov M. Аxborot texnologiяlаr. O‘quv qo‘llаnmа. T.: Noshir, 2009 yil.
Xorijiy adabiyotlar
1.Misty E. Vermaat, Susan L. Sebok, Steven M. Freund. Jennifer T. Campbel, Mark Frydenberg. Discovering Computers: Tools, Apps, Devices, and the Impact of Technolog (textbook). Cengage Learning. 20 Channel Center Street. Boston, MA 02210. USA, 2016.
2.Романова Ю.Д., Лесничая И.Г., Шестаков В.И., Миссинг И.В., Музычкин П.А. Информатика и информационные технологии: учебное пособие / под ред. Ю.Д.Романовой.-3-е изд., перераб. и доп.-М.: Эксмо, 2008 год.
3.Грачевой М.В., Фадеевой Л.Н., Черемых Ю.Н. Моделирование экономических процессов: Учебник для студентов вузов, обучающихся по специальностям экономики и управления. -М.:ЮНИТИ-ДАНА, 2005 год

4.1.Microsoft Excel elektron jadval protssessori va uning imkoniyatlari


Kirish. Elektron jadval prosessorlariga yuklatilgan vazifa - jadval shaklida berilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni ko’rgazmali ko’rinishda ifodalashdan iborat.
Hozirgi davrda Super Calc, MS Excel, Lotus, Quattro Pro, SDSS Spreadsheet, Vista Calc, GS‑Calc kabi elektron jadvallar keng qo’llanilmoqda. Ularning ichida eng ommalashganlari Lotus Development firmasini Lotus 1‑2‑3 dasturi, Computer Associates firmasini Super Calc dasturi, Microsoft korporasiyasni Multiplan va Microsoft Excel dasturlari hisoblanadi.
Microsoft Excel - omalashgan elektron jadvallar sirasiga kiradi. MS Excel formatida saqlangan axborotlarni aksariyat boshqa ofis dasturlarda konvertasiya qilish imkoniyati mavjud
Jadval prosessorlari bilan:

  • uch o’lchamli jadvallar bilan ishlash mumkinligi, qaysikim, ularning har biri ikki o’lchamli jadvallar to’plamidan iborat bo’ladi.

  • turli jadvallar ma’lumotlari bo’yicha diagrammalar tuzish;

  • jadval kataklarini sonli yoki boshqa ketma-ketliklar (hafta kunlari, oylar, yillar va h.q) ni avtomatik tarzda to’ldirish;

  • jadvallarni loyihalashtirishda, dasturga o’rnatilgan ko’plab funksiyalardan foydalanish va ulardan moliyaviy, matematik, statistik va boshqa hisoblarni bajarishda qo’llash;

  • chiziqli bo’lmagan tenglamalarni va optimallashtirish masalalarini iterasiya usullari bilan yechish;

  • matnlar atributlarini boshqarishni turli xil vositalarini qo’llash (shrift, harf balandligi, chizish, matn yo’nalishi, rang, tekislash va h.q.);

  • chop qilishdan oldin, hujjatni ko’rish yoki ko’zdan kechirish;

  • berilgan (yozilgan) formulaga ko’ra jadval qiymatlarini hisoblash;

  • nostandart funksiyalar qiymatlarini hisoblashda dasturlash tillarini qo’llash;

  • o’rnatilgan grafik muharriri yordamida sxemalar tuzish;

  • iqtisodiy, demografik va boshqa ma’lumotlar asosida mintaqaviy tahlilni amalga oshiradigan, qulay va tushunarli ko’rinishda namoyon qiladigan haritalar bilan ishlash tizimidan foydalanish;

  • Jadval prosessorlarining - bir hisoblash maydoniga tegishli u yoki bu qiymatlari foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilganda (tahrirlanganda), qaralayotgan jadvalning boshqa hisoblash maydonlaridagi qiymatlar avtomatik tarzda hisoblanib o’zgartiriladi.

Microsoft Excel elektron jadvali haqida

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə