4-mavzu. Ilmiy tadqiqot metodolgiyasi va metodikasi reja: Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi



Yüklə 25,01 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü25,01 Kb.
#182768
  1   2   3
4 maruza


4-MAVZU. ILMIY TADQIQOT METODOLGIYASI VA METODIKASI
Reja:
1. Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi
2. Ilmiy tadqiqotlar metodikasi va reja-dasturi.

Tayanch so‘zlar: fan, ijod, postulat, aksioma, dalil, tamoyil, ta’rif, ilmiy qonunlar, faraz, amaliyot, nazariya, metodologiya, metod.



Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi

Xar qanday fanning asosi metodologiyadir. «Metodolgiya» termini ostida ilmiy – tadqiqot faoliyati usullari xaqidagi ta’limot tushunadi, uning metodlari, mantiqiy tashkil qilish strukturalari va vositalari.


Metodologiya yechiliyotgan masalarning o‘ziga xos xususiyati xisobi bilan ilmiy asoslash va aniq maksadga yo‘naltirilgan xolda tanlash va ilmiy tadqiqotlar metod va metodikalarini ishlatish imkoniyatini beradi.
Falsafiy va maxsus – ilmiy metodologiya farqlanadi, o‘z o‘rnida u (maxsus – ilmiy metodologiya) umumilmiy metodologik konsepsiyalar, aloxida maxsus fanlar metodologiyasi va tadqiqotlar metodikasi (masalan, ximoya elektr apparatlarining ko‘p faktorli kommnikatsion tadqiqotlar metodikasi)ga bo‘linadi.
Metodologiya so’zining manosi: metod – uslub , logos – talimotdir, yani uslublar haqidagi talimotdir. Demak, metodologiya barcha bilim uslublar va o’zlashtirishlar haqidagi talimotdir.
Metodologiya termini orqali faoliyatning metodlari, strukturasi, mantiqiy shakllanishi va vositalarini o‘rgatuvchi ta’limot tushuniladi. Maxsus-ilmiy va falsafiy metodologiyalar mavjud bo‘lib, maxsus –ilmiy metodologiya o‘z navbatida bir necha pog‘onaga bo‘linadi: umumiy va ilmiy metodologik konsepsiyalar, alohidagi maxsus fanlar metodologiyasi, tadqiqotlar metodikasi. Kimki metodologiyani yaxshi bilsa, u yoki muammolarni yechish uchun eng maqbul tadqiqot metodlarini tanlay oladi, avvalgi tadqiqotlarning natijalari asosida yangi ilmiy nazariyani yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bilish jarayoni bevosita aniq va konkret metodlarni talab qiladi, ularning yig‘indisi esa ushbu fanning tadqiqot metodikasini tashkil qilib, maxsus-ilmiy metodologiyaning ma’lum bir pog‘onasi hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan avval, uning metodlarini, shakllarini, vositalarini to‘g‘ri tanlab olish va metodikani ilmiy jixatdan asoslash lozim.
Malumki barcha aniq fanlar o’zlarining bilish usullariga ega bo’lib, bu usullar o’z predmeti,yani o’z fanining obyektlarini tahlil qilish va xulosa qilishga yordam beradi. Ayni paytda barcha fanlar uchun universal metodlar mavjud bo’lib, bular falsafiy fanlar metodlaridir. Anashu falsafiy metodlar aniq fanlar usullarining metodologiyasi hisoblanadi.
Metdologiya hodisalarni bir-butun, sistemali yondashishni talab etadi. Bu esa voqelik haqida to’la tasavvur olishga ko’maklashadi. Aniq metodlar nisbatan keng ko’lamli bo’lgani uchun metodologiyaga asoslangan bilimlarni inkor qilish osonlikcha kechmaydi. Metodologiya orqali bilimlar xazinasi ko’payadi, kengayadi. Obyektlar haqida turli tamoyillar ishlab chiqiladi. Shunday qilib metodologiyani metod to’ldiradi.
Metod so’zi grek tilidan olingan bo’lib, bilish, tadqiqot yo’li, usul degan manolarni anglatadi. Binobarin, metod insonning obyekt sir-asrorlarini anglashga qaratilgan nazariy, amaliy faoliyati usulidir. Metod ishlab chiqarish sohasida biror narsani yasash, yaratish bo’lsa, dehqonchilikda esa o’simlikni parvarish qilishdir. Metodlar orqali olingan bilimlar nazariya va amaliyotda samarali yutuqlarga olib keladi.
Metod va metodologiyaninig o’ziga xos xususiyatlari bor. Metodologiya sifatida fanlar tarixida fanlar uchun metafizika, dialektika, sofistika, eklektika, endilikda esa sinergetika foydalanilgan va foydalanilmoqda.
Metodologiyaning turlari:

  1. falsafiy.

  2. umumilmiy.

  3. maxsus ilmiy.

Umum ilmiy metodologiya deyilganda, bir necha fanlarga tegishli bo’lgan metodlar tushuniladi. ulardan bir necha fanda foydalaniladi va obyekt haqidagi haqiqatga erishiladi. masalan, analiz va sintez,tajriba metodlari umum ilmiy metodologiya turlaridir. bu metodlardan fanlararo tadqiqotlarda foydalaniladi.
Maxsus ilmiy metodologiya bu alohida fanlar obyektlarini bilishda foydalaniladigan metodlardir. yani bir fan doirasida xizmat qiladigan metodlardir.



Yüklə 25,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə