4-mavzu: Maktab psixologi faoliyatining yo'nalishlari: ota-onalar bilan ishlash


Ota-onalarga maslaxat berish shakllari: treninglar, seminarlar va boshqalar



Yüklə 27,12 Kb.
səhifə3/4
tarix26.06.2023
ölçüsü27,12 Kb.
#118998
1   2   3   4
5gXcI8rkJyzwow4zynDTAZ73U6iRexaRPFHFNtLK

Ota-onalarga maslaxat berish shakllari: treninglar, seminarlar va boshqalar
Ota-onalar treninglari bola xulq-atvoridagi yashirin ma’noni tushunish asosida ularnipg hissiyoti va kechinmalariga ota-onalarnnng sezgirligi oshirishni о‘zi oldinga maqsad qilib qо‘yadi. Ota-onalar va bolalar о‘rtasidagi yomon munosabatlarning sababi bolalikda о‘zlashtirgan tarbiyaning xato illatlar (stereotiplari) bо‘lishi mumkin.
Ota-onalar guruhlarida mashg‘ulotlar о‘tkazish har xil turda bо‘lsa, bu ishki tashkil etishning qator umumiy qoidalarini kо‘rsatish mumkin. Amerikalik olim, S.Slavson 3 asosiy qismni о‘z ichiga oladigan guruhning dastlabki qoidasi tushunchasini kiritadi:
1) munozara predmeti- bolalar va ular bilan ota-onalarning о‘zaro harakat usullari;
2) guruhning xamma a’zolari munozarada erkin ishtirok etish xuquqiga egadir;
3) munozarani olib boruvchi guruhning xamma a’zolari tomonidan majburiy qabul qilinadigan yagona obrо‘li kishi emas.
Yuqorida sanab о‘tilgan koidalarga asoslanib, mijoz-markazlashgan da’volash prinsipi asosida tuzilgan ota-onalarga maslaxat berish, bola muammosida markazlashgan prinsipidan uzoqlashadi. Maslaxat berish jarayonining markazi faqat bolagagina qaratilmasdan, balki bola muammosidan, ota-onalar va bolalar о‘rtasidagi munosabat muammosiga, ota-onalar muammolariga о‘zgarib turadi, shu bilan birga ota-onalarning о‘zlarini da’volashni amalga oshiradi. Maslaxatchi bola xulq-atvorining xususiyatlarini ota-onalarga ochib beradi va muammoni xal qilishning ikki qarama-qarshi usulini bayon qiladi. U yoki bu usulni tanlash ota-onalar xukmiga xavola qilinadi.
Maslaxatchining, ota-onalar guruhlari olib boruvchisining asosiy о‘rni shundan, iboratki, muammoni qо‘yish, munozarani rivojlantirish va uni xal qilish uchun guruh a’zolari izidan xama narsani oynaga о‘xshab aks ettirishi, takrorlashi va tanlab berishi zarur. Boshqacha sо‘zlar bilan aytganda, maslaxatchining roli, qо‘yilgan muammoli vaziyatlarni xal qilish jarayonida ota-onalarni tо‘g‘ri yо‘lga solishni tashkil etishdan iborat. Ota-onalarda bola tarbiyasi bо‘yicha chuqur bilimga egalikni shakllantirishning psixologik sharoiti bо‘lib, bolalar aloqalarini tushunish va empatik muloqot usullarini о‘zlashtirish zarurligini ota-onalar anglashi hisoblanadi.
Amerikalik psixolog X.Djaynottning fikricha, teng aloqa muloqotning 3 asosiy qoidasiga asoslanadi. Birinchidan, ota-onalar barcha vaziyatlarda boladagi ijobiy о‘zgarishni ma’qullashga intilishlari kerak, har qanday holatda xam uni kamsitmaslik, bolada ijobiy Men siymoni qо‘llab-quvatlashdan iborat. Ikkinchidan, bola bilan uning qilgan ishi, bu ishning oqibati, vaziyat xaqida gaplashish mumkin, bolaning xarakteri, shaxsi xaqida gapirmaslik kerak, uning shaxsini salbiy baxolashda qochish kerak.



Yüklə 27,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə