Washington



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#138907
  1   2   3   4   5   6   7
antivirusar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SIRDARYO VILOYAT
G ULISTON SHAHRI




Mavzu: Viruslarga qarshi tehnalogiyalar

Bajardi: Tursunmaxatov Qilichbek
Tekshirdi:___________________

Guliston sh 2011 y
Mavzu: Viruslarga qarshi tehnalogiyalar
I. Kirish qismi
II.Asosiy qism
1.Kompyuter viruslari va ularni davolash
2. Kompyuter viruslaridan saqlanishning ehtiyotkorlik tadbirlari
3. Antivirus dasturlari
III.Hulosa

I. Kirish.
Siz juda ko’plab marta «kompyuter virusi» iborasini eshitgansiz. Lekin kompyuter virusining nima ekanligini, uning qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini, qanday qilib uni aniqlash mumkinligini, unga qarshi qanday usullar bilan kurashish mumkinligini bilasizmi? Masalan, Siz Internet bilan ishlab o’tirganingizda, sizning adresingizga bir ma’lumot keldi va uni ochganingizda kompyuteringizdagi bir qancha qimmatli ma’lumotlar yo’qolib ketdi. Bu nima sabablar orqali yuz berishi mumkin deb o’ylaysiz? O’zingiz yoki do’stlaringiz tajribasini umumlashtirgan xolda bu muammo xaqida biroz fikrlab ko’ring.
Haqiqatan ham, agarda dasturingizga, informatsion sistemangizga yoki ming azob bilan yaratgan muhim bir faylingizga kompyuter virusi qandaydir yo’llar bilan kirib qolsa, juda noqulay ahvolga tushib qolishingiz mumkin. Buning oldini olish va kompyuter viruslaridan samarali ximoyalanish uchun ularning o’zi nima ekanligini, ularning qanday turlari mavjudligini, ular qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini va ularga qarshi kurashish uchun nima qilish lozimligini puxta bilib olish zarur bo’ladi. Hozirgi paytda virus va antiviruslarning turlari shu qadar ko’p, hamda ularni xosil qilishda shunchalik ko’p programmistlar bandki, agar masalaning mohiyatini tushunmasangiz, bu g’oyalar to’fonida g’arq bo’lib ketishingiz ham mumkin. Bunda "Ahmoqqa qarshi osongina kurashish mumkin, lekin topqir ahmoqqa qarshi kurashish juda ham qiyin", - degan iboraning to’g’riligi yana bir karra isbot bo’ladi, desak xech ham yanglishmagan bo’lar edik.
Kompyuter virusi iborasi 1984 yilda paydo bo’lib, u ommaviy axborot vositalari, seminarlar va konferentsiyalarda xar tomonlama yoritilib borilayapti. Ilk kompyuter virusi Amerikalik Fred Koen tomonidan yozilgan programma bo’lib, uning asosiy vazifasi programmalarni noqonuniy ko’chirib olishga qarshi qaratilgan edi. Ya’ni, biror-bir programma noqonuniy ko’chirib olib ketilsa, ushbu yaratilgan programmacha ham unga qo’shilib ko’chiriladi va o’sha ishlatilgan kompyuterdagi qimmatli axborotlarni diskdan o’chirishi, fayllarni yo’qotishi va shunga o’xshash noma’qul ishlarni amalga oshirishi mumkin. Koenning bu ishi kompyuterlar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha anjumanda e’lon qilingandan so’ng, "XX asr kompyuter vabosi", ya’ni kompyuter viruslari ko’payib, G’arbiy Evropa va AQSh bo’ylab tarqaldi. Obrazli qilib aytganda, «Jaxon bo’ylab bir sharpa kezib yuribdi – u xam bo’lsa kompyuter virusi sharpasidir» .
Ular juda ko’plab firmalar, davlat tashkilotlari, ilmiy laboratoriyalar kompyuter tizimlarini ishdan chiqardi yoki ularga jiddiy zarar etkazdi. Hozirgi paytga qadar kompyuterlarni viruslar xujumidan asrash dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Bizga ma’lum bo’lgan kompyuter viruslari asosan bir xil tuzilishga ega. Ular to’rt qismdan iborat bo’lib, uning birinchi qismi virusning kompyuter xotirasiga kirishini ta’minlaydi, ikkinchi qismi virusni qattiq yoki egiluvchan diskka nushalashga xizmat qiladi. Bunda virus fayllarga qo’shilib olishi yoki diskning ishga tushirish sektoriga joylashib olishi mumkin. Uchinchi qismda virus o’z faoliyatini qanday sharoitlarda boshlashi zarurligi ko’rsatilsa, to’rtinchi qismda uning algoritmi bayon etiladi.
Kompyuter virusining o’z faoliyatini qanday bajarishini Lehigh virusi misolida ko’rib chiqamiz. Ushbu virus ko’payish nuqtai-nazarida juda qulay bo’lgan joyda, ya’ni operatsion sistemaning command.com faylida yashirinadi. Bu fayl operatsion sistemaning barcha asosiy buyruqlari - DIR, DEL, COPY va boshqalar ishlatilganida ta’sir qilishi mumkin. Demak, ushbu xolda virusning tarqalishiga juda ham qulay imkoniyat mavjuddir. Bundan tashqari virus bilan bog’liq kodlar sistemasini saqlash uchun faylning stek deb atalmish bo’lagi (ma’lumotlar ketma-ketligini vaqtincha saqlash uchun mo’ljallangan qism) tanlangan bo’lib, buning natijasida zararlangan COMMAND.COM fayli zararlanmagan fayldan o’lchami bilangina farq qiladi. Har bir diskli operatsion sistema (DOS) buyrug’i kiritilganida, virus zararlanmagan fayl borligini tekshiradi va bunday fayl mavjud bo’lsa, uni berilgan programma vositasida zararlaydi. Zararlangan fayllar soni to’rttaga etganda, virus o’z faoliyatini boshlaydi, ya’ni qattiq diskdagi barcha ma’lumotlarni o’chirib tashlaydi.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə