Washington



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#138907
1   2   3   4   5   6   7
antivirusar

Norton antivirus dasturi bilan ishlash
Norton antivirus - bu eng ommabop viruslarga qarshi dasturlardan biri bo`lib, ikki xil yo`nalishi mavjuddir. Ular ishga tushirilishi bilan bir-biridan farq qiladi, xolos.
a)Yo`nalishi
Masalalar panelidagi «Pusk» tugmasini bossangiz, ekranda programmalar menyusi ochiladi. «Programmalar» menyusida Norton antivirus jildi tanlanadi, Norton antivirus dasturi belgilanib bosilsa ishga tushadi.
Virus bor yo`qligini bilish maqsadida disklarni tekshirish uchun kerakli sichqon ko`rsatkichi yordamida tanlab olinadi. «Scan now» tugmasi bosiladi.
Tekshirish tugashi bilan «Scan results» oynasi paydo bo`ladi. Bu oynada tekshirish hisobotlari aks etgan bo`ladi.
Bu oynada avvalo e’tiboringizni Infekted files zararlangan fayllar hamda Repaired files davolangan fayllar soniga qarating. Agar ular soni bir xil bo`lsa darhol mutaxassisni chaqirish lozim.
b) Yo`nalishi
Norton antivirusni yo’l boshlovchi orqali ishga tushirish, disklarni virus bor yo`qligini tekshirish uchun juda qulaydir. Quyida shu usulni ko`rib chiqamiz.
1.Masalalar panelidagi «Pusk» tugmasini bossangiz ekranda «Programmalar» menyusi ochiladi. «Programmalar» menyusida «Yo`l boshlovchi»ni tanlanadi.
2."Yo`l boshlovchi» oynasida kerakli disk tanlanib, belgisiga sichqon
ko’rsatgichga qo`yilib o’ng tugmasi bosiladi. Paydo bo`lgan kontekstli menyuda scan with Norton antivirus qatori tanlanib. Enter tugmasi bosiladi.
Norton antivirus bosh oynasi ochiladi.
So`ngra Norton antivirus dasturi avtomat tarzda belgilangan diskni tekshirib bo`lib, ekranga xisobot oyiasi chiqaradi.
Agar hisobotda viruslar yo`q yoki barcha zararlangan fayllar davolangan bo`lsa Norton antivirus bosh oynasi yopib qo`yiladi.
Komp’yuter viruslari bilan zararlanishga qarshi profilaktika ishlari Kompyuterlarni viruslar bilan zararlanishini oldini olish profilaktika ishlariga quyidagilar kiradi:
3,5 dyuymli yumshoq disklar bilan ishlashdan avval, agar ish davomida unga axborot yozish extiyoji bo`lmasa, yozishdan himoyani oching (disk oynachasini berkitib qo`yish kerak). Bunday qilish, agarda diskda virus mavjud bo`lib qolsa, virusga qarshi dastur bu fayllarni bemalol davolay olishi uchun juda muhimdir.
Kompyutrda virusga qarshi himoya dasturi o`rnatilgan bo`lishi shart.
Ma`lum vaqt o`tishi mobaynida dastur yangilanib turishi lozim.
Har xafta davomida dasturni qo`llab barcha disklarni virus bor yoki yo`qligini tekshirib turish lozim.
Kompyuteringizda katta tarmoqlardan olingan Word, Excel dasturlari va axborotlarini qo`llasangiz, avvalo virusga qarshi dastur yordamida tekshirib ko`rish maqsadga muvofiqdir.
Ishonchli dasturlar va fayllar bilan ishlashga harakat qilish lozim.
Ishlab tugallanmagan yoki doimo kerak axborotlarni vaqti-vaqti bilan tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar yordamida nusxalab saqlash ham maqsadga muvofiqdir.


Drweb dasturidan foydalanish bilan tanishib chiqamiz.

Bu dasturni ishga tushirish uchun drweb.exe faylidan foydalaniladi. Natijada dasturning asosiy menyusi hosil bo’ladi. Menyudan foydalanib qanday fayllarni tekshirish va tekshirish bilan bog'liq barcha parametrlar o'rnatiladi. So'ngra «Тест» dagi «Лечение» ko'rsatmasini tanlash yoki Ctrl va F5 tugmachalarini birgalikda bosish orqali viruslardan davolash jarayoni boshlab yuboriladi Dastur xotiraning ko'rsatilgan qismini tekshirib, mavjud viruslarni davolashga harakat qiladi va ish oxirida mos hisobotni chiqaradi.Bu narsalarga befarq bo'lish nafaqat katta moddiy zarar ko'rish, balki tashkilot yoki firmaning bundan keyingi faoliyati masalasini ham o'rtaga qo'yishi mumkin.


Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, viruslar, odatda, foydalanuvchining biror amali (masalan, ilovalarni o'rnatish, tarmoqdan fayllarni o'qish, elektron aloqani o'qish va h.k.) natijasida paydo bo'ladi. Shuning uchun ma'lumotlar kirish joyiga maxsus filtrlar, zararlangan fayl va dasturlarni yuklashni cheklovchi maxsus dasturlar o'rnatilishi zarur. Bunday qurilmalardan biri Symantic korporatsiyasi mahsulidir (Toshkentda Nuron DC kompaniyasi uning partnyori hisoblanadi). Symantic bitta mashina o'rniga butun korporativ tarmoqni kompleks himoyalash g'oyasini ilgari suradi. Virusning korporativ tarmoqqa kirish nuqtasi istalgan nuqtada — brauzerdan to ishchi stansiyagacha bo'lishi mumkin. Shuning uchun nazorat barcha bosqichlarda amalga oshiriladi. Virusga qarshi Symantic dasturiy ta'minoti Dynamic Document Revien korporatsiyasi texnologiyasida bajarilgan va E-mail viruslariga ham qarshi kurash olib boradi.
Virusga qarshi dasturli ta'minot ishining alohida xususiyati shundake virusga qarshi dasturlar omborini o'z vaqtida yangilab turish kerak
Hozirgi paytda viruslarni ularning faoliyatiga qarab to’rt asosiy turga bo’lish mumkin:
1.Qopqon
2.Mantiqiy bombalar
3.Tarmoq viruslari
3.Chuvalchanglar
4.Troyan otlari.
"Qopqon" viruslarining ishlashi programma ta’minotidagi turli xatolar va noaniqliklardan foydalanishga asoslangan.
"Mantiqiy bombalar" virus programmalari bo’lib, ular bir nechta mantiqiy shartlar bajarilganida ishga tushishi mumkin. Masalan, ma’lum vaqt yoki sananing kelishi, qandaydir tasodifiy yoki oldindan rejalashtirilgan xodisaning kompyuterda yoki atrof-muhitda ro’y berishi va shunga o’xshaganlar bo’lishi mumkin. "Mantiqiy bombalar"ning asosiy xavfi shundan iboratki, ularda o’ziga xos "inkubatsiya davri" bo’lib, bu davrda asosiy programma ta’minotining ko’pchilik fayllariga zarar etkazishga xarakat qilinadi.
"Tarmoq viruslari" - bunday turdagi viruslar umumiy tarmoqqa ulangan kompyuterlarning bir-biri bilan muloqot qilishi orqali tarqalib, hozirgi informatsion jamiyatda juda ham xavfli va kattadan-katta miqyoslarda zarar keltirishi mumkin. Internet tarmog’i orqali xilma-xil mamlakatlardagi informatsion sistemalarni zararlashi, jinoyatlarga olib kelishi va boshqaruv tizimlarining barbod bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bunday viruslarning faoliyati tufayli xalqaro mojarolar kelib chiqishi, xarbiy xarakatlar boshlanishi, xalqaro terrorchilik xarakatlari amalga oshirilishi mumkin.
"Chuvalchanglar" deb ataladigan programmalar esa sistemaviy programma hisoblash resurslarining hozirgi paytda bo’sh turgan qismlarida yashirinib olib, shu bo’sh turgan dasturlarni yoki qurilmalar dasturiy ta’minotini o’zboshimchalik bilan egallab oladilar. Bunda ular dispetcher programmasini ogohlantirmay, bu qurilmalarning qimmatli vaqtini befoyda ishlar qilishga sarf qilishga olib keladilar. Masalan, bir rulon qog’ozga umuman keraksiz bo’lgan ma’lumotlarni chop qilish, programmalarning ba’zi bir xil bo’laklarni cheksiz bajarishga olib kelish va xokazolar.
"Troyan otlari" turidagi viruslarning ishini yuqorida keltirilgan Lehigh virusi misolida ko’rib chiqqanimiz yodingizda bo’lsa kerak. Har qanday turdagi virus programmasi qandaydir yo’l bilan kompyuter xotirasiga kirib olgandan so’ng o’zini qanday tutishini ko’rib chiqishga xarakat qilamiz. Virus boot sektorga, operatsion sistemaga yoki bajariladigan programmaga o’tib olishi mumkin.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə