Washington



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#138907
1   2   3   4   5   6   7
antivirusar

Revizor dasturlar — dastlab dastur va diskning tizimli sohasi haqidagi ma'lumotlarni xotiraga oladi, so'ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradi. Mos kelmagan hollar haqida foydalanuvchiga ma'lum qiladi. Masalan, CRCLIST va CRCTEST dasturlar.
Doktor revizorlar— revizor va doktorning aralashmasi, boshqacha aytganda, fayl va diskning tizimli sohasidagi o'zgarishlarni nafaqat aniqlaydigan, balki o'zgargan holda ularni dastlabki holatga qaytarishi mumkin bo'lgan dasturlardir.
Filtr dasturlar yoki rezident dasturlar kompyuterning tezkor xotirasida rezidentday joylanadi va viruslar tomonidan zararni ko'paytirish va ziyon yetkazish maqsadida operatsion tizimga qilinayotgan murojaatlarni ushlab qolib, ular haqida foydalanuvchi­ga ma'lum qiladi. Foydalanuvchi ushbu amalni bajarish yoki bajarmaslikka ko'rsatma beradi. Masalan, Flushot Plus va Antirus dasturlari.

Virusga qarshi dasturlar quvvatiga qarab bir necha turga bo'linadi. Quyida eng ko'p tarqalgan virusga qarshi DSAV 2.0 («Dialog-nauka A.B.») kompleksi bilan tanishamiz. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. AIDSTEST — viruslarni aniqlash va yo'qotish uchun mo'ljallangan virusga qarshi ko'p qirrali dastur (har haftada yangilanib turadi).
2. Doctor WEB (Dr Web) — yangidan yaratilgan, ma'lum va noma'lum viruslarni aniqlash va yo'qotish uchun ishlatiladigan virusga qarshi dastur. U arxivlangan va vaksiyalangan fayllarda ham viruslarni aniqlay oladi (har oyda o'rtacha 2 marta yangilanadi).



3.ADINF — diskdagi barcha o'zgarishlarni nazorat qiluvchi, disklarning virusga qarshi revizor dasturi (bir yilda bir necha marta yangilanadi). Diskdagi barcha dasturlarning fizik kamchiliklarini nazorat qiladi. Diskning tizimli sohasini va fayllar holatini eslab qoladi va qayta yuklashda diskdagi o'zgarishlarni aniqlaydi, biror xavfli o'zgarishlar aniqlansa, foydalanuvchiga bu haqda хаbar beradi.
4.ADINF CURE MODVLE - ADINF disklar revizoridagi davolash moduli bo'lib, revizor tomonidan zararlanganligi aniqlangan fayllarni avtomatik holatda tiklaydi (yiliga bir necha marta yangilanadi).
5. SHERIF — qattiq diskdagi operatsion tizim, dasturlar va ma'lumotlar faylini 100% kafolat bilan himoyalovchi rezident dastur.

6.ESET Nod32 – bu dastur ham virusga qarshi dastur bo’lib qulayliktomoni shundan iboratki shahsiy kompyuterning xotirasidan kam joy egallaydi.



7. Avast! Antivirus dasturi bu ham viruslarga qarshi dastur bo’lib u internet tarmog’idan o’tuvchi viruslardan samarali himoya qiladi. Hamda set orqali shahsiy ma’lumotlarga tajovuz o’tkazuvchi hakkerlarga qarshi ma’lum miqdordagi homoya interfeysi mavjud.





Bu dasturlar asosan MS DOS muhitida ishlatiladi (ularni Windows muhitiga moslash ham mumkin).
Amalda yuqoridagilarning bittasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Biror dasturni o'rnatib, uni doimiy ravishda yangilab borish foydaliroq bo'ladi.
Kompyuterlarga virus yuqqanda (yoki yuqqanlik haqida gumon bo'lsa) quyidagi qoidalarni esda tutish va qo'llash lozim:
1.Dastlab, qarshi kurash qarorlarini qabul qilishga shoshmaslik kerak. O'ylamasdan qilingan harakatlar tiklash mumkin bo'lgan fayllarning bir qismini yo'qotishgina emas, balki kompyuterni yana qayta kasallantirishga olib kelishi mumkin
2. Virus o'zining buzg'unchiligini davom ettirmasligi uchun kompyuterni o'chirish lozim.
3. Kompyuter kasallanishi va davolash ko'rinishini aniqlashga mo'ljallangan barcha amallarni yozishdan himoyalangan operatsion tizimli disk bilan kompyuterni ishga tushirish orqaligina bajarilsh mumkin.
Shaxsiy kompyuterda ish mobaynida yumshoq disk, modemdan foydalanish hamda internet tarmog’iga ulanish va bir qancha boshqa sabablarga ko`ra kompyuterga viruslar o’tib qolish extimoldan xoli emas. Kompyuter virusi - bu maxsus tuzilgan kichikroq dasturdir. O’zi boshqa dasturlarga «yozilib» olib hamda kutilmagan noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shaxsiy kompyuterlarda aytarli kamroq dasturlar zararlansa, viruslar borligi amalda bilinishi juda qiyin. Lekin vaqt o`tishi mobaynida kompyuterda foydalanuvchini xavotirga soladigan tushunib bo`lmas quyidagi misolga o`xshash jarayonlar sodir bo`lishi mumkin:
- ba`zi bir dasturlar ish faoliyati to`xtab qoladi yoki noto`g’ri ishlashi mumkin;
- ekranda kerakmas simvol yoki xabarlar paydo bo`lib turadi;
- komp’yuter ish jarayoni sekinlashib boradi;
- ba`zi bir fayllar buzilib ketgan bo`ladi.
Viruslarning har xil ko`rinishlari mavjud: o`rnatiluvchi viruslar, fayl chuvalchanglari, makroviruslar va boshqalar. O’rnatiluvchi viruslar o`rnatiluvchi sektor yoki vinchester o`rnatilayotgan yozuvini zararlaydi. Fayl chuvalchanglari ko`payish jarayonida, o`z kodini ba`zi bir disk kataloglariga maqsadli ravishda nusxalab ko`yadi. Keyincha esa foydalanuvchi tomonidan bilmagan holda qachondir ishga tushirib yuborilsa, anchagina noqulayliklar tug’diradi. Ba`zan esa bu viruslar o`z nusxalarini «maxsus» nomlab, misol INSTAL.EXE va WINSTAR.BAT foydalanuvchi tomonidan bilmagan holda ishga tushirib yuborilishi mumkin. Antiqa usullarni qo`llab o`z nusxalarini arxivlarga yozib oluvchi viruslar ham mavjud. Bunday viruslarga «ARJVIRUS» va «WINSTAR» kiradi. Yana viruslar zararlangan faylni ochish buyrug’ini BAT - fayllarga yozib qo`yishi ham mumkin.
Agar viruslarga qarshi himoyalash ishlari olib borilmasa oqibatda kompyuterni avvalgi ish holatiga qaytarib sozlash juda ham qimmatga tushishi mumkin yoki umuman sozlab bo`lmaydigan darajada nosozliklar kelib chiqishi mumkin. Viruslardan kompyterlarni himoyalash uchun virusga qarshi maxsus dasturlari qo`llaniladi. Bu dasturlarga misol qilib Norton, Drweb, Kasperskiy dasturlarini olish mumkin.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə