Washington



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#138907
1   2   3   4   5   6   7
antivirusar

Boot sektor - bu diskning boshlang’ich yo’laklari bo’lib, unda istalgan programmani bajarishdan oldin albatta bajarilishi shart bo’lgan programma joylashgan. Bu programma operatsion sistemani ishga tayyorlash va kompyuterdan foydalanuvchiga boshqa programma vositalari bilan ishlash imkoniyatini beradi. Boot virusi ko’pincha diskning birinchi yo’lakchasiga joylashib olib, o’zining bu erga sig’magan qismini haqiqiy boot sektor bilan birga diskning boshqa sektoriga joylaydi va ushbu qismni yaroqsiz sektor deb belgilab qo’yadi. Mashinaning ishlash jarayonida virus uni o’zicha boshqarib turadi. Kompyuterga tushib olgan virus unga kiritilgan har bir boshqa diskning boshlang’ich sektoriga ham o’z nusxasini yozib qo’yadi.
Viruslar operatsion sistemaning ichidagi programmalarga ham zarar etkazishi va turli xil muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Viruslar fayllarga zarar etkazishi, kompyuter ishini sekinlashtirishi yoki ekrandagi ma’lumotlarni o’zgartirib yuborishi mumkin. Ba’zi bir insonlar virus yaratish va uni tarqatishni o’zlariga kasb qilib olganlar va bu orqali tirikchilik ham qiladilar.
Bunday turdagi mutaxassislarni "Xakerlar" deb ataladi. Ularni topish va qilgan ishlari bo’yicha javobgarlikka tortish juda ham mushkul masaladir. Hozirgi paytda keng miqyosda tarqalgan viruslar amaliy programmalarga, matn muharrirlariga, katta o’lchamli jadvallarga, utilitlarga va o’yin programmalariga zarar etkazishi mumkin. Ko’pgina viruslar yangi kompyuterga o’tishdan oldin undagi programmalar virus bilan zararlangan yoki yo’qligini tekshirib ko’radi va u ilgari zararlangan bo’lsa, unga qayta zarar etkazmaydi. Aks xolda zararlangan programma xajmi kattalashib, virus o’zini oshkor qilib qo’yishi mumkin.
Virus yuqqan diskni ishlatish bu virusning tarqalishiga olib keladi, shuning uchun ham ishlatilayotgan diskning va undagi programmalarning virusdan zararlangani yoki zararlanmaganligini bilib, so’ngra ishlatgan ma’qul. Virusdan ximoyalanish vositalari klassifikatsiyasi Ushbu vositalarni quyidagi ko’rinishda klassifikatsiyalash (guruxlashtirish) mumkin:
Arxivlashtirish - FAT jadvalining nusxasini olib qo’yish, o’zgartirilgan fayllarning kundalik arxivini yuritish. Bular eng muhim va asosiy usullar hisoblanadi. Boshqa usullar viruslardan himoyalanishning umumiy darajasini oshirgani bilan kundalik arxivlashtirishning o’rnini bosa olmaydi. Boshlang’ich nazorat - ishlatilayotgan programmani detektorlar yordamida tekshirish, programmalarning uzunligi va kontrol yig’indisini uning maxsus sertifikatida ko’rsatilgan uzunlik va kontrol yig’indiga mosligini tekshirish. Boot viruslarini yo’qotish uchun mashinani ishga tushirishga mo’ljallangan disklardan tashqari boshqa disklarning boshlang’ich sektoridagi birinchi uchta baytni muntazam ravishda nollar bilan to’ldirish. Profilaktika ishlarini olib borish - ma’lumot yozish disketlarga ma’lumot yozish mumkin bo’lgan vaqtni iloji boricha qisqartirish, ya’ni olingan programmalarni ilgari ishlatib kelinayotganlardan alohida saqlash, programmalarni vinchesterda arxivlashtirilgan xolda saqlash.
Taftish qilish - Yangi olingan programmalarni maxsus vositalar yordamida tahlil qilish, programmalarning butunligini ularning kontrol yig’indisini hisoblab borish yo’li bilan tekshirish, disketlarning boshlang’ich sektorini undagi axborotni ishlatishdan oldin tekshirish, operatsion sistemaning fayllarini, avvalo COMMAND.COM faylini tekshirish.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə