4-mavzu. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja



Yüklə 36,79 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü36,79 Kb.
#155414
1   2   3   4
4-mavzu. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining -fayllar.org

Kundalik daftarlar  - ushbu hujjatda o’quvchilarning kunlik baholari va xulqi aks etadi.
Kundalikda haftalik darslar qayd etilib boriladi va ota-ona, sinf rahbari tomonidan imzolanadi
Sinf jurnallari – bu hujjat sinf va o’quvchi uchun eng muhim hujjat hisoblanib, unda sinfning
barcha ma’lumotlari banki saqlanadi va qayd etiladi. Har bir fandan o’quvchining o’zlashtirishi,
davomati, yashash manzili va boshqalar aks etadi.


Turli xil rejalar 

1. Tarbiyaviy ish reja


2. Haftalik ish reja
3. Choraklik ish reja
4. Istiqbolli ish reja
Sinf rahbari turli rejalar tuzib olishi mumkin: kelajakka mo'ljallangan, ya'ni istiqbolli
(yillik, bir necha yillik) va muvaqqat (oylik, haftalik, kunlik).
Xo'sh rejaning asosiy manbai nimalardan iborat bo'lishi kerak?
Bosh manba – hukumatimizning farmon va qarorlari, prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning
qator risolalari hamda xalq ta'limi tiziminyng rasmiy yo'l-yo'riqlari, hujjatlari hisoblanadi.
Rejaning yana bir muhim manbai – o'tgan o'quv yilidagi tarbiyaviy tadbirlarning yutuq va
kamchiliklari tahlilidir.
Reja quyidagi bir qator talablarga javob berishi kerak:
1. Rejaga istiqlol g'oyalarini singdirish.
2. Rejaning shakl va yo'nalishlari rang-barang hamda istiqbolli bo'lishi.
3. Reja uzluksiz va izchil bo'lishi.
4. Rejaning aniqligi.


Ushbu talablarning qisqacha mazmuni bilan tanishib chiqamiz. Rejaga mustaqillik


g'oyalarining singdirilishi. Barcha tarbiyaviy vazifalar maktab oldiga qo'yilgan asosiy maqsadni
– o'quvchilarni har tomonlama, «Sog'lom avlod uchun» dasturi asosida ma'naviy va jismoniy
barkamol qilib tarbiyalash, ularni hayotga, mustaqil davlat qurilishiga faol qatnashishga
tayyorlash maqsadini amalga oshiradi.
- Axloqiy va vatanparvarlik tarbiyalariga istiqlol ruhi tom ma'nosi bilan singib ketgan
bo'lishi kerak. Ba'zan ayrim sinf rahbarlari ish faoliyatida ko'ngilochar o'yinlarni ko'proq
o'tkazish an'anasi ko'zga tashlanadi. Rejalashtirishda shuni nazarda tutish kerakki, u o'yinmi, u
ishmi biror maqsadga qaratilganligiga, uning tarbiyaviy ahamiyatiga e'tibor berish kerak bo'ladi.
- Rejaning shakl va yo'nalishlari rang-barang hamda istiqbolli bo'lishi. Tarbiyaviy ishning
xilma-xil shakl va uslublari bo'yicha ish olib borish tarbiyaviy ishlarni o'quvchilar uchun yanada
rang-barang va qiziqarli tarzda olib borishga yordam beradi. Rejada o'quvchilar bilan faqat
umumiy holda emas, balki shu bilan birgalikda bolalarning qiziqishlari va mayllarini hisobga
olgan holda ham ish yuritishni nazarda tutish muhimdir.
- Reja uzluksiz va izchil bo'lishi. Rejada belgilanadigan tarbiyaviy tadbirlar yagona
tarbiyaviy jarayonning tadrijiy bo'laklaridan iborat bo'lmog'i kerak. Har bir tadbir o'zidan oldingi
tadbirning davomi bo'lishi va erishilgan tarbiya natijalariga asoslanishi lozim. Bu uzluksizlik va
izchillikni ta'minlaydi, erishilgan yutuqlar, qimmatli ko'nikmalarni yo'qolib ketishdan saqlaydi.
Rejaning aniqligi. Rejaga bajarib bo'lmaydigan ishlarni kiritmaslik kerak. Ishni
rejalashtirishda mahalliy sharoitlardan kelib chiqish lozim. Rejada hamma narsa: ish vaqti, joyi,
mas'ullar aniq bo'lsin.
Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasi – bu majburiy pedagogik hujjatdir. Uni amalga
oshirish uchun sinf rahbari shaxsan mas'uldir. «Sinf rahbari haqida Nizom»-da: «Sinf
rahbarining ishi reja asosida olib borilishi lozim» deb belgilab qo'yilgan.
Sinf rahbarining vazifalari:
1. O'ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani
bajarayotganda u yolg'iz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan o'qituvchilari bilan
hamkorlikda va ularga suyangan holda o'kuvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini
shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O'quvchilarni darsdan tashqari
tadbirlarni tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
2. O'quvchilarning bilimga bo'lgan qiziqiish va qobilyatini o'stirish har bir o'quvchining
indivudial-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo'naltirish va hayotiy
maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir
o'kuvchining sog'ligini mustahkamlashga ham e'tibor beradi.





3. Sinf rahbarining diqqat markazida o'quvchilarning yuqori darsda o'zlashtirishini
ta'minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o'quvchining kundalik o'zlashtirishida
voqif bo'lib turadi. Orqada qolayotganlarga o'z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.
4. Sinfdagi o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish ishlarini yo'naltiradi, ular ishtirokida sinf
jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta'min etadi, maktab miqiyosida
uyushtirilayochtan muhim tadbirlarda o'z sinfining faol qatnashishini ta'minlaydi.
5. Sinf o'quvchilarining ota-onalari, o'quv kuni uzaytirilgan guruhlarining tarbiyachilari,
korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqaga o'rnatadi.
6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o'qituvchilari o'rtasida o'quvchilarga
nisbatan yagona talablar o'rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila
bilan maktab o'rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7. Sinf rahbari o'z sinfidagi turli hujjatlarini; sinf jurnali, o'quvchilarning kundaliklari, tabellar,
shaxsiy ma'lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
O'qituvchi-sinf rahbari, mehribon tarbiyachidir. Maktabning boshlang'ich sinflaridagi
muhim xususiyatlardan biri-biriga qadrdon o'qituvchi rahbarligida 4 yil hamkor, hamdard
bo'ladilar.
Shu sababdan boshlang'ich sinf o'quvchilarning ota-onalar jamoasi bilan ham ishlash o'ziga
xos xususiyatga ega:
Birinchi farzandlarini maktabga kuzatadigan ota-onalarning ish shakl va uslublari ko'p
tajribali ota-onalardan farq qiladi.Bular uchun «1-sinf o'quvchisi», «Yosh ota-onalarga esdalik»
larni tavsiya etish talabga muvofiqdir.
Bu ish shaklidan maqsad:
Ota-onaning – o'quvchi ota-onasi nomiga sazovor bo'lish hissini uyg'otib, maktab oldidagi
burchini anglatish.Ota-onaning pedagogik, tarbiyachilik faoliyatinn faollashtirish. Yosh ota-
onalar uchun esdalik.
Har bir inson farzand ko'rish va uni voyaga etib borishini to'rt ko'zlab, kuzatayotganidan
Allohga hamdu sanolar aytib, u buyuk ne'matni qadriga eta bilishi lozim. Bu ne'mat bolaning
maktabga birinchi qadamidir.
G'ulomiddin Akbarzoda «Ilm demak jon. Ilm demak madaniyat «dini odobiga sabib»
demak, deb yozgan edi. Bas, shunday ekan ota-ona 1-sinf o'quvchisining ilm dargohidan ko'p
bilim va tarbiyaga ega bo'lishi uchun nimalar qilishi kerak:
1. O'qituvchi muqaddas siymo u sizning maslahatchingiz, uni ardoqlab obro'-e'tiboriga
sadoqatli bo'lish.
2. Sinf va maktab jamoasining ta'lim-tarbiya tadbirlariga faol qatnashib taklif va
mulohazalaringizni aytish.
3. Bolangizda nima yaxshi, nima yomon ekanligani uqtirib sharqona rasm-rusm, udum
an'analarimizdan xabardor qilish o'qituvchiga ko'makdosh bo'lish.



4. Bolangizning o'quv ishlariga yordam berib borish. Unga beriladigan topshiriqlarni


bajarishda ularga yordamingizni berish.
5.Bolangizda maktab, sinf, o'qituvchi va o'rtoqlarga nisbatan yaxshi fikr uyg'otish, chunki
1-sinf o'quvchisining maktab sharoitiga moslashtirish ancha murakkab ruhiy holatdir.
6. Farzandingizdan kundalik ish faoliyatidagi munosabatini kuzatib, so'rab borish. Bunday
suhbatda yaxshi, juda yaxshi, marhamat, rahmat, baraka top kabi sehrli so'zlarni, nojo'ya harakat
sodir bo'lgan bo'lsa, «chakki ish bo'libdi», «men kutmagan edim» kabilarni ishlatish.
7. Ota-ona maktabning yaqin yordamchisi bo'lishi, ko'makdoshi o'z farzandining kamoli
bilan yashashi kabilar.

Yüklə 36,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə