4-mavzu. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja


Birinchi ota-onalar sinf majlisini tashkil qilish metodikas



Yüklə 36,79 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü36,79 Kb.
#155414
1   2   3   4
4-mavzu. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining -fayllar.org

Birinchi ota-onalar sinf majlisini tashkil qilish metodikas.Har bir o'quv yilining boshida
o'tkaziladigan ota-onalarning sinf majlisini ilmiy, nazariy, ma'naviy va metodik jihatdan
mazmunan tashkil qila bilish ota-onaning bunday majlislarni orziqib kutib doimiy qatnashuvchi
bo'lishiga zamin hozirlaydi. Bundan majlis o'qituvchidan ko'p bilim va mahorat talab etadi.
Dastlab undagi masalalar yuzasidan tayyorgarlikni bir oy oldin boshlash kerak. Bular: har
bir oila a'zosi va shart-sharoiti haqidagi ma'lumotga ega bulish:
oila va atrofdagi ijtimoiy munosabat muhitini soz yoki nosozligini aniqlash; har bir
o'quvchi shaxsi hahida to'liq ma'lumotga ega bo’lish;oilada bolani maktabga tayyorlash tartibi
kabilar.
Birinchi majlisni o'tkazishdan oldin o'qituvchining tayyorgarligi:
-Majlis mavzusi va maqsadini aniqlash.
-Majlis o'tadigan joyni jihozlash.
-Majlis o'tkazish metodini tanlash; suhbat, tushuntirish.
-Maktab tarixi va kelajakdagi rejalari haqida qisqa ma'lumot tayyorlash.
-Ota-onalar jamoasi nizomini ko'rgazma tariqasida tayyorlash (maktab rahbariyatining
nizom haqidagi chiqishini hozirlash).
-6. Sinf ota-onalar qo'mitasini saylash.
Birinchi ota-onalar majlisi samarasi ko'p jihatdan o'qituvchining shaxsiga bog'liqdir. Uning
o'zini tutishi, muomalasi, ishbilarmonligi, har bir o'quvchi va oilasi haqida ma'lumotga ega
bo'lishi, ota-onalarga ijobiy taassurot qoldiradi. Kuzatishlarimiz shuni kursatadiki, maktabdagi
ota-onalar
majlisini
yuqori
saviyada
bo'lmasligi
ota-onalarni
maktabdan
sovitadi.Tayyorgarliksiz, bu sizni bolangiz yaxshi, sizniki yomon deyish yoki tabellarni berib
qo'l qo'ydirishdir. Ayniqsa «yomon» o'qiydigan bolalarning ota-onalarini jamoa orasida
obro'sizlanti- rishga intilish holatlari, ota-onalarni maktabdan uzoqlashib ketishiga sabab
bo'ladi.Bunday majlislardan voz kechish kerak. Mustahkamlovchi yangicha munosabat maktab
– ota-onalar yosh avlodning tarbiyasiga zarurdir.



Har bir ota-onalar majlisi ulkan maqsadga qaratilgan, turli shakllarda tashkil qilish, talabga


muvofiqdir. Ya'ni:
– «Pedagog maslahatiga amal qilamiz» mavzusidagi majlislar;
– «Uchrashuvchi majlis», (olim, tibbiy xodim, sanat madaniyat arboblari);
– bahs majlislari: ta'lim-tarbiyaga doir mummolar yuzasidan yoki pedagogik adabitlar
yuzasidan; «Merosga ixlos» majlislari;
– bola tarbiyasiga doir Qur'oni Karim, Hadis va mutafakkirlarning dono fikrlaridan
foydalanish;
– sinf ota-onalar majlisini o'tkazish tartibi;
– sinf o'qituvchisi va ota-onalar qo'mitasi a'zolarining oldingi majlislarida qabul qilingan
qarorlarining bajarilishi haqida axborotlari eshitiladi.
Majlis maqsadiga ko'ra mavzuning e'lon qilinishi (yuqorida ko'rsatilgan majlis turiga ko'ra
uning mazmuni asoslab beriladi). Ota-onalar fikr va mulohazalari eshitiladi. O'quv-tarbiya
ishlaridan savol va talablarni muhokama etiladi. Turli masalalar hal qilinadi. Sinf majlisi qarori
chiqarilib, tasdiqlanadi. O'qituvchi kelgusi majlis rejasi bilan tanishtiradi. Majlis o'tkazish tartibi
mavzuning o'ziga xos xususiyatiga kura o'zgarib boradi.
2. Sinf rahbari o‘quv-tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisi, pedagogik mahoratning yuksak
namunalarini o‘rnak qilib ko‘rsatuvchi ustoz demakdir. Shunday ekan, sinf rahbarining muhim
fazilatlaridan biri uning yaxshi o‘qituvchi bo‘lishidadir. Sinf rahbari dars olib borishi, o‘quv-
tarbiya va xo‘jalik ishlarini yurituvchi, talabchan bo‘lishi hamda o‘quvchilarning dilkash
murabbiysi bo‘lishi kerak. Rahbarlik iste’dod va fazilati hayotning o‘zida, maktabdagi ish
amaliyotida shakllanib, kishidan keng ko‘ lamdagi bilim va tajribani, muallimlikka xos
fidokorlikni, tanlangan ishga cheksiz sodiqlikni talab qiladi.
Hozirgi sharoitda sinf rahbarining fazilati qanday bo‘lishi kerak? Bizningcha, hozirgi sinf rahbari
dadil, tashabbuskor, bilimdon, madaniyatli, halol va va’dasiga vafodor bo‘lishi kerak. Bunday
oqil rahbar har qanday vaziyat va sharoitga to‘g‘ri yondosha oladi, voqealarga va turmush
hodisalariga dadil, odil baho bera oladi, haqiqiy talab va adolatli ish uslubini vijudga keltira
oladi, mehribon inson sifatida katta mavqega ega bo‘ladi. Obro‘-e’tibor inson xususiyatining
ichki belgilariga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi faziyatlar uning rivojlanishiga ko‘maklashishi va uni
rag‘batlantirishi mumkin. Agar rahbarning amaliy va siyosiy xususiyatlari o‘zi egallab turgan
lavozimga mos kelmasa, natijada o‘ziga topshirilgan ish sohasini uzoq vaqt, malakali va samarali
idora qila olmaydi. Har bir kishi o‘z obro‘-e’tiborini o‘z mehnati bilan yaratadi. Sinf rahbari esa,
o‘z obro‘-e’tiborining birinchi va asosiy ijodkoridir. Sinf rahbari mavqeyini uning egallab
turgan lavozimi va boshliqlarning qo‘llab-quvvatlashi emas, balki uning o‘z ishiga munosabati,
bo‘ysinuvchilar va mehnatkashlarning unga munosabati belgilaydi. Obro‘-e’tiborli rahbar
sinfning g‘oyat hurmatli rahbari, ustozi va murabbiysidir. Jamiyatdagi boshqaruv tizimini
ma’lum boshqarish vazifalari asosida tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra uni
alohida ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir:
• o‘quv jarayonini umumiy tashkil qilish vazifasini bajaradi;



• mustaqil davlatimizga munosib o‘quvchilar tayyorlashda asosiy javobgarlardan biri va


undagi o‘z o‘rnini aniqlab olishi;
• o‘z faoliyati rejalarini aniq, o‘z vaqtida va izchillik bilan bajarishga erishish;
• vazifaning o‘ta mas’uliyatli bo‘lishini sezish bilan birga unga mos ilmli, madaniyatli,
oqil, adolatli, tadbirkor, tashabbuskor bo‘lishga doimo harakatda bo‘lish;
• o‘z ishini bilishi, mas’uliyatni va javobgarlikni his qilishi lozim;
• yoshlarni milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashga muntazam ravishda e’tibor
berish;
• o‘zi ishlayotgan sinf va maktab nufuzini oshirishga doimo e’tiborda bo‘lish;
• sinf rahbari o‘quvchilar bilan ishlashda o‘ta sinchkov, uddaburon bo‘lmog‘i va
tadbirkorlik bilan ish yuritmog‘i lozim va u har bir vazifani bajarishda o‘quvchilar bilan
muloqotda bo‘lishi hamda ulardan kelib chiqadigan munosabat natijalariga befarq bo‘lmasligi
kerak;
• sinf rahbari ota-onalar bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib turishi lozim va bu
orqali har bir o‘quvchining xulq atvorini o‘rganish, uning uyidagi va maktabdagi faoliyatini
bilishi hamda o‘quvchining o‘qish va xulq-atvoridan ota onani xabardor qilish, ya’ni ikki
tomonlama tarbiyaning bir maqsadga —yetuk mutaxassis va barkamol shaxs bo‘ lib yetishishiga
doimo e’tibor berish;
• o‘quv jarayoniga mas’ul; • o‘quv jarayonining samarali bo‘lishi o‘z zimmasida
ekanligini doimo his etish;
• jamiyat taraqqiyotiga mos mas’uliyat negizida javobgarlik doirasi kengayib borishini
doimo his qilish;
• sinf rahbari tashabbuskor bo‘lishi kerak va u ish yuritishda fidoyi bo‘lmog‘i lozim;
• ilmga intiluvchi yoshlarga rahbar va ularni mazkur yo‘nalish bo‘yicha yetaklovchi
ekanligini doimo his qilish;
• sinf rahbari o‘quvchi: yosh yigit va qizni o‘z farzandi, o‘sib kelayotgan avlod,
g‘uborsiz, sofdil, yangilikka intiluvchan qalb egasi va nihoyat ota-ona, murabbiylar ko‘rsatgan
yo‘lidan borishga astoydil bel bog‘langan farzand ekanligini doimo esda tutishi kerak;
• o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshg‘arishiga sharoit yaratish va bunda faol o‘quvchilardan
foydalanish;
• o‘quvchilarni kasbga tayyorlashda o‘sha sohaning mashhur kishilari bilan uchrashuvlar
o‘tkazish sinf rahbarining asosiy burchlaridan biriga kiradi.

Yüklə 36,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə