4-Mavzu: Pedagogik kompetentlikning nazariy- metodologik asoslari reja



Yüklə 39,67 Kb.
səhifə5/5
tarix21.10.2023
ölçüsü39,67 Kb.
#129396
1   2   3   4   5
Reja Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik kompetentlikka oid ilm-fayllar.org

yondoshuv hisoblanadi. Oliy ta’limda o‘qish va tarbiyaning bunday uslubini
joriy qilish o‘z-o‘zidan an’anaviy qarashlarni tubdan o‘zgartirishni talab
qiladi. Bilim, ko‘nikma va tajribalar bu borada endi kamlik qilishi ko‘zga
tashlanmoqda.
Hozirgi zamon pedagogika fani va bu borada olib borilayotgan ilmiy
izlanishlarga nazar tashlasak, turli soha va mutaxassisliklarga, fan va
uslublarga, o‘qitish usullari, texnologiyalariga juda ko‘p e’tibor
qaratilganligini sezamiz. Ammo ana shu pedagogik usullarni tushunish,
ularni amaliy faoliyatda qo‘llash masalasi eng dolzarb muammolardan
biriga aylanganligini ta’kidlash mumkin. Pedagogika fani ham boshqa
gumanitar va tabiiy fanlar qatori o‘z tizimini pozitiv shakllantirishda
muammolar mavjud. Muammo bu sohadagi pedagogik nazariy bilimlarni
amaliy faoliyatga tatbiq etishda yaqqol ko‘zga tashalanadi. Aniqroq qilib
aytadigan bo‘lsak, o‘qituvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay
olish mahoratining
yetishmasligi
sezilmoqda.
Demak,
ko‘plab
o‘qituvchilarni, pedagoglarni eskirib qolgan nazariy bilimlarni
innovatsiyalar bilan bog‘liq holda amalga oshirish lozim. Ularda zamonga
xos tub o‘zgarishlarga mos kelish, munosib bo‘lish kabi sifatlar
yetishmaydi. Huddi shu sifat kompetensiya – kompetensiya egasi bo‘lish,
kompetent pedagog nomini olish masalasi hisoblanadi.
Yevropa
mamlakatlari
o‘qitish tizimidan ko‘chirib olingan
kompetensiya nuqtayi nazaridan yondoshuv Rossiya pedagog olimlarini
chuqur izlanishlar olib borishga chorlamoqda. Ammo pedagogik o‘qitish
usul va metodlari texnologik yo‘llarini kompetensiya nuqtayi nazaridan
yondoshuv atamasiga ag‘darib olish bilan masala yechilmasligi yanada ayon
bo‘lib bormoqda. Kompetensiya masalasining dolzarbligi shundaki, eng
avvalo, o‘qituvchi va pedagogning kasbiy konpetensiyasini shakllantirish va


takomillashtirish muammosini yechishni talab qiladi.


Kompetensiya nuqtayi nazaridan yondoshuvning dolzarbligini
Vatanimiz ta’lim-tarbiya tizimida ham sezish mumkin. Kompetensiya eng
avvalo, davlat va jamiyat tomonidan beriladigan ishonch, vakolat ekanligini
ta’kidlash zarur. Aniqrog‘i, mamlakatimiz manfaati uchun xizmat qilish
kompetensiyasi – vakolati zarurligini ko‘ramiz.
“Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish
aspektlari” haqida fikr yuritar ekanmiz, mavzu uchun AQSH, Fransiya,
Yevropa mamlakatlari, Rossiya pedagogikasida olib borilayotgan ilmiy
izlanishlarga
e’tiborimizni qaratish bilan birgalikda O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim tizimidagi ilmiy va amaliy izlanishlarni o‘rganishga,
ularni tahlil qilishga harakat qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi mutaxassislar tayyorlashda
mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda islohotlar sari yuz tutmoqda.
Hozirgi paytda oliy pedagogik maktabning asosiy vazifasi, biz yuqorida
tilga
olib
o‘tgandek raqobatbardosh, kompetentli o‘qituvchilar
tayyorlashdan iboratdir. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan oliy ta’lim
maktablarida ishlay oladigan, o‘z kasbiy vazifalarini mustaqil va ijodiy
yecha oladigan o‘qituvchilarga bizning mamlakatimizda ham talab kuchayib
bormoqda. Kompetentlikning mezonlari qanday, o‘qituvchi kasbiy
tayorgarligi qanday bo‘lishi lozim? degan savollarga javob qidiramiz.
Pedagogik kasbiy kompetensiya nuqtayi nazaridan yondoshuv
masalasida butun dunyo olim va mutaxassislari o‘rtasida ilmiy munozara va
bahslar davom etmoqda. AQSH va Yevropa mamlakatlari pedagogik
olimlariga nisbatan Rossiya olimlari kasbiy kompetensiya masalalariga
alohida ahamiyatli ekanligi yaqqol ko‘rinadi. V.Slastenin, I.Isayev va
boshqalar tomonidan yozilgan “Pedagogika” o‘quv qo‘llanmasining 3-bobi
“Pedagogning kasbiy kompetensiyasi”ga bag‘ishlanib, bu tushuncha va
mahorati haqida fikrlar beradi. Mualliflarning ta’kidlashicha, pedagogik
kompetensiya tizimi, amaliy va nazariy tayyorgarligi, pedagogning kasbiy
kompetensiyasi kasbi boshqaruvchi va shakllantiruvchi xususiyatga ega.
Shaxs shakllanishini boshqarish kompetentlikni talab qiladi. Bu o‘zida
o‘qituvchining nazariy va amaliy tayyorgarligini jamlagan holda uning
kasbiy mahoratini namoyish qiladi. U yoki bu kasb yo‘nalishi bo‘yicha
o‘qituvchining malakaviy tasnifi pedagog kompetensiyasi modeli
me’yorlari bilan o‘lchanadi,
1
deb yozadilar.
V.A.Bolotov va V.V.Serikovlarning fikriga ko‘ra, kompetensiya
nuqtayi nazaridan yondoshuv talabaning bilimdonligini emas, balki
muammolarni hal qila olish qobiliyatini ko‘rsatadi va eng birinchi darajadagi
zarur qobiliyat deb baholaydi.
2
E.V.Bondorevskaya va S.V.Kulnevichning ilmiy ishlarida talabalar
yig‘adigan kompetensiya unsurlari faqat asosiy maqsadga, pedagogik
faoliyat olib borish uchun yo‘naltirilishi yoki zarur bo‘lishi lozim deb
hisoblaydi.
3
V.S.Elegina
va
S.M.Poxlebayev
tomonidan
Rossiyaning



“Фундаменталное исследовани” jurnalining 2012-yil 3-sonida e’lon


qilingan “Компетентностный подход к организатсии обучение
студентов в педагогическом вуз” ilmiy maqolasida kompetensiyaga
yo‘naltirilgan ta’lim sharoitida talaba o‘z faoliyatidan ijodiy natija oladi va
shu bilan birgalikda, muvaffaqiyat qozonishning usullari,
yo‘llari, metodlari, yondoshuvlari va uslublarini o‘zlashtirib oladi. Aynan
talaba tomonidan yaratilgan ijodiy natija talaba bilan o‘qituvchining
hamkorlikdagi ijodiy natijasi hisoblanadi. Talabaning o‘zlashtirishiga baho
berishdan maqsad, berilgan ta’limning qanchalar samarador bo‘lganligi
darajasini aniqlash, bu birinchidan, maktabda olgan nazariy bilimlari
darajasini bilish, ikkinchidan undagi kompetensiya shakllanishi, amaliyot
paytidagi muvaffaqiyatli faoliyati yanada tezlashadi.
4
Chuqur islohotlarni, modernizatsiyalashni talab qiladigan zamo- naviy
ta’lim o‘z-o‘zidan kompetensiya nuqtayi nazaridan yondoShuv masalasini
ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Bu albatta, kasb jihatdan kompetentligi bo‘lgan
bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashni talab qiladi. Ta’limning asosiy maqsadi
talabada ijtimoiy zarur sifatlarni va kompetensiyani, shaxs sifatida o‘z-o‘zini
anglash, o‘z bilimlarini doimiy oshirib borish, o‘z-o‘zini boshqarib borish
va faollashib borishni shakllantiradi.
Albatta, bu mavzuning o‘rganilganligi darajasini ko‘plab xorijiy va
mamlakatimizdagi oliy va mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ilmiy
izlanishlarda ko‘rishimiz mumkin. Agar biz AQSH oliy pedagogik ta’limi
tizimi faoliyatiga nazar tashlamoqchi bo‘lsak, B.D.Vulfson, T.N.Kurilova,
Z.A.Malkova va boshqalarning ilmiy ishlarini, agar AQSH pedagogik
ta’limining maqsadlari haqida bilmoqchi bo‘lsak, N.D.Nikandorova,
V.YA.Pilipovskiy, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning kasbiy pedagogik ta’limi
bo‘yicha G.G.Agapova, O.O.Borovikova, V.S.Budenko va boshqalarning
ishlarini, AQSH o‘qituvchilarining malaka oshirish tizimi haqida esa
V.B.Gargay, N.I.Kustinova va boshqalarning ishlariga nazar tashlasak,
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning
ilmiy ishlaridan Rossiya va AQSH ta’lim tizimi bir-birini to‘ldirib
boyitganligini tasavvur qilishimiz mumkin. AQSH, Kanada, Avstraliya va
bir qator Yevropa mamlakatlarida pedagogik kadrlar tayyorlashning uzluksiz
tizimi yaratilganligi ko‘zga tashlanadi va ular bu muammoni ma’lum bir
tizimga solib keng o‘rganmoqdalar.
AQSHda kompetensiyaviy yondoshuvning falsafiy asoslari masalasida,
ularning global maqsad va vazifalari, tashkiliy tizimi, mohiyati, ta’lim
standartlari, sifati, ta’limning sifatini nazorat qilish, oliy pedagogik
maktablarning faoliyatini aks ettirgan mualliflar M.Apple, D.Armstrong,
D.L.Ball, D.Barnes, F.Baumgartner, M.Cochran-Smith, D.K.Cochan,
L.Darling-Hammond, S.Feiman- Nemser, A.D.Glenn va boshqalar.
5
Bizning mamlakatimizda davlat dasturida belgilangan vazifalarni
amalga oshirish zamonaviy o‘qituvchiga yangi talablarni qo‘yadi.
Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak, degan savol birinchi darajaga



chiqadi. Kompetensiya nuqtayi nazaridan yondoshuv masalasiga xorijiy


mamlakatlarda
bo‘lgani kabi tavakkal yondashilmaydi. Kasbiy
kompetensiya o‘rniga ijodiy jamoalar va pedagogik olimlar tomonidan
kasbiy mahorat tushunchasi berilib, asosiy ilmiy ishlarda ma’lum bir soha
va fanlarni o‘qitish borasida metod va uslublarni ishlab chiqishga qaratilgan,
lekin aynan kompetentli o‘qituvchi masalasiga yondoshuv endigina amalga
oshirilmoqda.
Mamlakatmiz uzluksiz ta’lim tizimining malaka oshirish bo‘g‘inida
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, uni amalga oshirish hozirgi davr
istiqbol talablaridan amaliyotchi o‘qituvchilar yetarli hamda samarali
foydalana olmayaptilar. Buning asosiy sabablari malaka oshirish
muammolari yetarli darajada tadqiq etilmaganligida, faqat sanoqli
olimlargina kompetensiya nuqtayi
nazaridan yondoshuvga e’tibor
qaratganligidadir.
Respublikamizda malaka oshirish muammolari va kasbiy kompetensiya
masalalarida B.Adizov, A.A.Ahmadov, A.X.Aminov, T.L.Xurvaliyeva,
N.A.Muslimov, Sh.Saidqulov kabi olimlar ilmiy izlanishlar olib
bormoqdalar. Bu tadqiqotlarda asosan malaka oshirish tizimini
takomillashtirishning tashkiliy pedagogik masalalari va pedagogik tashxis
masalalari o‘rganilgan.
Abdulla Avloniy nomidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash instituti
olimlari biz yuqorida tilga olgan dunyoviy tajribalardan foydalanilgan holda
kompetensiya tushunchasi va uning turlari haqida fikr yuritar ekan,
T.L.Xurvaliyeva kasbiy kompetensiyani turlarga bo‘lib o‘rganishni taklif
qiladi. Uni kasbiy kompetensiya, kasbiy kompetensiyani shakllanish
bosqichlari, shaxsiy kompetensiya, umummadaniy kompetensiya va
maxsus kompetensiya turlariga bo‘lib o‘rganishni tavsiya qiladi. Ko‘proq
rus pedagog olimlari materiallaridan, ayniqsa, A.V.Xutorskiy ta’limda
o‘qituvchining yetti kompetensiyasini tasniflaganligini tilga olib, ularni
to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zbek pedagogika tizimiga tatbiq qilishga harakat qiladi.
Bu borada 2013-yil 10-aprelda “O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi
tizimining pedagogik-psixologik muammolari” deb nomlangan xalqaro
konferensiya bo‘lib o‘tgan. Ushbu konferensiyada T.Abdullayev,
Z.Ismoilova “Pedagog kadrlar tafakkurini o‘zgartirish- ning pedagogik-
psixologik muammolari”, N.Abdullayeva “Talabalarning ijodiy fikrlash
salohiyatini rivojlantirish”, N.A.Muslimov, O.A.Qo‘ysinov “Kasb ta’limi
o‘qituvchilarining
malakasini
oshirish
jarayonida
kasbiy-ijodiy
kompetentligini shakllantirish”, F.Mirzayeva “Pedagog shaxsning kasbiy
tayyorgarligi
xususiyatlari”, Q.Olimov, K.Umataliyeva “Развитие
профессио- налной компетентнос ти составляющая педагога” deb
nomlangan ilmiy maqolalaridan boshqa barcha maqolalar o‘qitish usullari
va metodlari, turli fan va mutaxassisliklarni o‘qitish texnologiyalari va
pedagogikaning an’anaviy ilmiy nazariyalariga bag‘ishlanganligi ko‘zga
tashlanadi. Demak, kompetensiya va kompetensiya nuqtayi nazaridan
yondoShuv masalalarini alohida o‘rganish tizimi juda sekinlik bilan amalga



oshirilgan. Shularni inobatga olgan holda, oliy ta’lim o‘qituvchisi


kompetensiyasini takomillshtirish masalasini davlat dasturi talablaridan
kelib chiqqan holda chuqur o‘rganish zarurligini va ko‘plab ilmiy ishlar olib
borilishi kerakligini ta’kidlash joiz.

http://fayllar.org



Yüklə 39,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə