4-Mavzu: Pedagogik kompetentlikning nazariy- metodologik asoslari reja



Yüklə 39,67 Kb.
səhifə4/5
tarix21.10.2023
ölçüsü39,67 Kb.
#129396
1   2   3   4   5
Reja Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik kompetentlikka oid ilm-fayllar.org

Refleksiya – bu, pedagogik faoliyat subyekti tomonidan bilish va
anglashgina emas, balki pedagogning kim ekanligini boshqalar (talabalar,
hamkasblar, ota-onalar) tomonidan bilishi va anglashi, uning o‘ziga xosligi,
his-hayajoni va kognetiv tasavvurlarini ijodiy tushunish demakdir. Biz
o‘qituvchining nazariy tayyorgarligi to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, ko‘z
o‘ngimizda o‘qituvchini nazariy bilimlar bilan qurollantirishni ham nazarda
tutishimiz mumkin, ammo pedagogik kompetensiyaning o‘ziga xosligi
shundaki, eng avvalo, pedagog o‘z ustida ishlashi, o‘z kasbiy mahoratini,
o‘z kompetensiyasini takomillashtirib borishga tayyorligida ko‘rishimiz
mumkin.
Mamlakatmizda kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lgan, pedagogik
mahoratli, nazariy-amaliy bilimlarni chuqur egallagan, ma’naviyati yuksak
pedagoglarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga davlat dasturida
belgilangan vazifalarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yondoshilmoqda,
ammo nazariy va amaliy tayyorgarlik masalalarida anchagina muammolar
bor. Birinchi navbatda, oliy ma’lumotli o‘qituvchi magistr oliy ta’lim
muassasalarida faoliyat olib borishi mumkin, ammo unga qo‘yiladigan
nazariy va amaliy tayyorgarliklar tizimi belgilab qo‘yilishi va davlat
standarti me’yorlari tizimi ishlab chiqilishi darkor.

Ilmiy pedagogik kadrlar (professor, dotsent), ular yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlaydi, yangi bilimlar va yangi g‘oyalarni yaratadilar.

Pedagogik kadrlar (pedagogik o‘qituvchilar, muallim va tarbiyachilar)
shaxsni tarbiyalaydilar, yangi bilimlarni shakllantiradilar.
Ilmiy-pedagog kadrlar faoliyati natijasida shakllanadigan mutaxassislar,
zamonaviy kasbiy mahorat, ko‘nikma, bilimlarga ega, mustaqilligimiz
g‘oyalariga sodiq, vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarni biluvchi,
milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalangan bo‘lishi darkor.
“Pedagogik kompetensiya” kursini o‘rganishda quyidagi prinsiplarga
asoslanilsa, bu faoliyat muvaffaqiyatli amalga oshadi.
1.
O‘qitishda umumiy yondashuv tamoyili – bu, tamoyil shundan
iboratki, bilim boshdan kechirilgan amaliy tajriba asosida egallanadi.
Mashg‘ulotlar shunday tuziladiki, mavzuning nazariy holati munozarada
anglaniladi, keyin pedagogik qobiliyatni o‘stiruvchi mashqlar o‘ynaladi,
oxirida, muammoning muhimligi pedagogik treninglarda anglab yetiladi.
2.
Aktiv kommunikatsiya tamoyili – bu, bilimlar sistemasini qayta
ishlashni o‘z ichiga oladi va talabalarni aktivlashtirishga qaratilgan bo‘ladi:
rolli o‘yinlarni o‘tkazish, musobaqa, faoliyat demonstratsiya qilingan
fragmentning muhokamasidan, talabalarni darsni tashkil qilishga jalb
etishdan iboratdir.



3.
Pedagogik faoliyatni qismlarga bo‘lib o‘rganish tamoyili -


psixofiziologik va pedagogik treninglar orqali asta-sekinlik bilan alohidagi
usullarni egallash. Har bir talaba o‘quv yili davomida qanday tushuncha,
malakani egallashi zarurligini bilishi lozim. Dastlab, birinchi kurs talabasi
o‘zining, tashqi ko‘rinishi, nutq, pedagogik muomala madaniyati
tashkilotchilik texnikasini boshqarishi lozim.
4.
Pedagogik texnika va vazifalarni rivojlantirishda malaka va kichik
dars berishdan ijodiy foydalanash.
5.
Yo‘nalish bo‘yicha yondashuv, mashg‘ulotlarda mutaxassislikni
hisobga olish, pedagogik mahoratni shakllantirish.
6.
Bilim va malakaning o‘zaro bog‘liqlik tamoyili - bunda oliy
ta’limning laboratoriya mashg‘ulotlarini, akademik litsey, kasb-hunar
kollej va maktablarda pedagogik amaliyotni tashkil etish kiradi.
Pedagogik
mahorat
institut
hayotini
pedagoglashtirilganda
muvaffaqiyatli kechadi. Ayniqsa, talabalar bilan to‘garaklarda,
klublarda, studiyalarda ishlash foydalidir. Faqat oliy maktabning hamma
pedagogik jamoasi va talabalarning o‘zaro birgalikdagi faoliyati
kelgusidagi pedagogda yuqori pedagogik mahoratni rivojlantirishga
qaratilgan bo‘lishi lozim.
Quruq, tor (qisqacha) “informatsiya” beruvchi darslar ilmiy va
tajribaviy reja bo‘yicha kam ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchining
o‘z hissiyotlarini ifodalay olishi, ularni talaba sezadigan va o‘ziga tortadigan
qilish muhim rol o‘ynaydi.
O‘z hissiyotlarini yaratishda o‘qituvchi nutq vositasining intonatsiyasi,
fonetikasidan, tana zaboni, ya’ni imo-ishoralari, mimikadan va ifodali gavda
tuzilishidan foydalanadi.
Nutq orqali o‘qituvchining hissiyoti talabalar tomonidan boshdan
kechirilishi, u orqali o‘zining munosabatini, ahloqiy qadriyatlarni
talabalarga o‘tkazadi. Bunday hissiy garmoniyaga erishish natijasida u
talabaning milliy dunyosiga aktiv ta’sir ko‘rsatadi, uning bilish va amaliy
faoliyatida o‘ziga xos katalizator hisoblanadi. Xohlagan o‘qituvchi bilishi
lozimki, shaxsning e’tiqodi hissiyotsiz amalga oshmaydi.
Amaliy o‘quv tarbiya ishlarida o‘qituvchi hissiyotining turlarini,
ularning xususiyatlarini va o‘ziga xosligini bilishi zarur. Insonning ma’naviy
dunyosi — bu juda xilma-xil va beto‘xtov hayajonlardan va hissiyotlardan
iboratdir. Hissiyot hamma dunyoviy sezgilarimizga va dunyoviy
munosabatlarimizga kirib keladi. Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy
aytganidek, hissiyotda odamning butun turmush-tarzi, tarixiyligi ham
ifodalanadi.
Tafakkur va hissiyot “bosh” va “yurak” ning o‘zaro uyg‘unligiga
o‘qituvchining pedagogik mahoratiga asoslanadi.
Hissiyotni birinchi va ikkinchi darajaga ajratish mumkin.
Insonning birinchi darajali hissiyoti evolyutsiyaning biologik qatlamida
shakllanadi va rivojlanadi, instinkt va sezgilardan iborat bo‘lgan hissiyotdir.



Ikkinchi darajada, insonlarga xos bo‘lgan hissiyot ijtimoiy asosda


yuzaga keladi.
Pedagogik va psixologik fanlarda insonlarga xos hissiyotlarni yuzaga
keltiradigan predmetlar asosida farqlanadi. Masalan; axloqiy normalar,
mehnat, aqliy, amaliy, estetik hissiyotlarning borligi to‘g‘risida gapiradilar.
Tevarak atrofning predmeti sifatida aniqlash ularni mazmuniga ko‘ra
birlashtirish demakdir.
B.Spinoza: “Qoniqtiradigan yoki qoniqtirmaydigan, ijobiy yoki salbiy
hissiyotdan boshqa hissiyot yo‘q” - degan edi.
Ijobiy hissiyotga - go‘zal va yuksak hislirimiz kiradi.
Salbiyga esa - axloqsizlik kiradi.
Ular orasida esa tragedik va komik hislar mavjud. Ularni hissiy boshdan
kechirish (ijobiy va salbiy) qachonki inson hissiyotlarini boshqara olsa,
o‘shanda hosil bo‘ladi. Hissiyotning tabiati oliy nerv sistemasiga bog‘liqdir.
Hissiyot organizmning tashqi va ichki holatiga ta’sir etadi. Bu haqida barcha
o‘qituvchilar bilishi kerak va bolalarning estetik hissiyotlarini rivojlantirish
metodikasini egallashlari lozim, ayniqsa, ijobiy hislatlarni, faqat ularga
pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatiga bog‘liqdir. Ijtimoiy tajriba va
amaliy faoliyatda rivojlanadi va egallanadi, shakllanib boradi.
Ta’lim va taraqqiyotning o‘zaro munosabati muammosini psixolog
L.S.Vigotskiy hal etdi: “Ta’lim jarayoni taraqqiyot jarayoniga mos
kelmaydi; ta’lim jarayoni taraqqiyotdan ilgarilab ketadi va bolalar
psixikasining taraqqiy etishini ergashtirib boradi, unga yaqin istiqbol ochib
beradi” – deydi.
Psixolog
L.S.Vigotskiyning
nazariy
fikrlari
pedagog
A.S.
Makarenkoning fikrlariga mos keladi. Masalan: A.S.Makarenko bolalar
kitobining tarbiyaviy ta’siri haqida gapirib, “u bolaning yosh kompleks
xususiyatlarini hisobga olishi lozim”, “u bu kompleksdan oldinda bo‘lishi
zarur” bolani “u yurmagan yo‘llar bo‘yicha” olib yurish kerak degan edi.
Demak, talabaning rivojlanish darajasini shartli shaklda ikkiga ajratish
lozim. Birinchisi uning mustaqil harakat qila olishi bo‘lsa, ikkinchisi talaba
ustozlari yordamida qila oladigan xatti-harakatlaridir. Bu psixik taraqqiyot
usuli uning eng yaqin persepsiasidir. Taraqqiyotning shu ikki bosqichini
taqqoslab, bolaning shu paytdagi taraqqiyot darajasi va kelajakdagi
taraqqiyot imkoniyatlari haqida fikr yurita olamiz.
A.S.Makarenko har
bir
bolaning kamolat imkoniyatlariga
va
taraqqiyotning perseptiv yo‘llarini aniqlashga katta e’tibor bergan edi. U
“shaxs loyihasini tuzishga” o‘z tarbiyalanuvchilarida hosil bo‘ladigan ijobiy
hislatlarni mustahkamlash va takomillashtirish, salbiy sifatlarni esa to‘xtatish
yoki ularga barham berish uchun ijobiy hislatlarga tayanishga intilar edi.
Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi.
Tarbiya qoidalari:

tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi;

tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi;




tarbiyaning hayot bilan, mehnat bilan bog‘liqlikdagi qoidasi;



tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar ustivorlik
qoidasi;

tarbiyada talabalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga
olish qoidasi;

izchillik, tarbiyaviy ta’sirning birligi va uzluksizligi qoidasi.
Keyingi o‘n yilliklar mobaynida bir qator Yevropa, AQSH, Rossiya va
bizning mamlakatimizda, oliy ta’lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi.
Bunda asosiy e’tibor, talabalarda egallayotgan mutaxassisligi bo‘yicha
kompetensiya shakllanishi va takomilla- shuviga qaratilmoqda. Bugungi
kunlarda jamiyat uchun butunlay yangi qiyofadagi mutaxassis talab
qilinayapti. U faol ijodiy fikrlovchi, izlanuvchan, ilmiy axborotlarni
mustaqil ravishda izlab topuvchi va ularni o‘z amaliy faoliyatida qo‘llovchi
mutaxassis bo‘lib yetishishi lozim.
Olimlarning fikriga ko‘ra, oliy ta’limni isloh qilish, yangilash,
takomillashtirishda zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni
tayyorlashning asosiy yo‘llaridan biri kompetensiya nuqtayi nazaridan 

Yüklə 39,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə