4-mavzu: sotsiologiya strukturasi


Makrosotsiologiya, o’rta darajadagi sotsiologiya va mikrosotsiologiya



Yüklə 151 Kb.
səhifə6/7
tarix22.05.2023
ölçüsü151 Kb.
#111914
1   2   3   4   5   6   7
3-Мавзу SOTSIOLOGIYA STRUKTURASI

4. Makrosotsiologiya, o’rta darajadagi sotsiologiya va mikrosotsiologiya
Sotsiologiya fani jamiyat istiqbo’li xususida sotsial utopiyaga asoslangan nazariyaga suyanmasdan, balki jamiyat taraqqiyotining bugungi ijtimoiy-iqtisodiy holatini atroflicha o’rganish asosida yaqin kelajakda bu taraqqiyot tarkibi va mazmunidagi tadrijiy o’zgarishlar manzarasini ilmiy asoslab beradi.
Ogyust Kontning fikricha, sotsiologiya ijtimoiy hayot jarayonlarini uch bosqichda o’rganadi: aniq-empirik, xususiy(mahsus), umumiy. Shunga muvoffiq bugungi kunda ham sotsiologiya empirik, mahsus va umumsotsiologik tadqiqot jarayonlarini o’z ichiga oladi.

  • Umumsotsiologik nazariyalarni bevosita tadqiq etishga mo’ljallangan yo’nalish - makrosotsiologiya.

  • Maxsus (xususiy) sotsiologik nazariyalar asosiga quriluvchi tadqiqot yo’nalishi – o’rta darajadagi sotsiologiya.

  • Bevosita empirik sotsiologik tadqiqotlar bilan Shug’ullanuvchi mikrosotsiologiya.

Makrosotsiologiya jamiyatni yaxlit tixzim sifatida tushunishga ko’maklashuvchi xulq-atvor modellariga e'tibor qaratadi. Mazkur modellar yoki strukturalar deyilganida, oila, ta’lim va din kabi ijtimoiy institutlarni tushunishimiz mumkin. Inosn tug’ilishidan boshlab jamiyatdagi mazkur sotsial strukturalarning tarkibida bo’ladi va sotsial institutlarning ta’sirini sezadi. Makrosotsiologiyaning asosiy vazifasi jamiyatdagi turli elementlarning o’zaro munosabatlarini va mazkur munosabatlarning o’zgarish tendensiyalarini tadqiq etishdir. Makrosotsiologik darajada tadqiqotlarini olib boruvchi olimlar mavjud bo’lgan ikki raqobatdosh nazariyalar: funksionalizm va konflikt nazariyasidan biriga asoslanib o’z sotsiologik bilimlarini shakllantiradi. Funksionalizm nazariyasining tarafdorlari sifatida Gerbert spenser, Emil Dyurkgeym, Talkott Parsons, Robert Mertonni ko’rsatish mumkin. Konflikt nazariyasi esa Karl Marks, Ralf Darendorf kabi olimlar tomonidan rivojlantirilgan, qo’llangan.
Sotsiologiya strukturasining tarixiy rivojlanishiga nazar tashlasak, avvalboshdan makro – va mikrosotsiologiya o’rtasida aniq Chegara bo’lmagan.
P.Lazarfeld mikrosotsiologik tadqiqot deganda, “zamonaviy Sharoitda shaxsning bevosita hulq-atvorini miqdoriy metodlar va sifatiy protseduralarning keng qo’llanilishi asosida o’rganuvchi tadqiqotlar4”ni tushungan. Makrosotsiologik tadqiqotlar esa “ Shunday umumiy qonunlarni ochib berishga qaratilganki, ular ijtimoiy rivojlanishning o’tmish va kelajakdagi trendensiyalarini belgilab beradi5”.
R.Merton mikrosotsiologik muammolar sifatida “kichik guruhlarni o’rganish davomida ochib beriladigan muammolar”ni, makrosotsiologik muammolar deyilganida esa “sotsial mobillik, formal tashkilotlarning qiyosiy tadqiq etish va sotsial institularning o’zaro bir-biriga bog’liqligi muammolari”ni ko’rstagan6
Barcha olimlar uchun bu ikki bilim sohasini bir-biridan ajratuvchi shart sifatida mikrosotsiologik darajada empirik tadqiqotlarning o’tkazilishi, makrosotsiologik darajada esa umumiy nazariya sohasiga tegishli tadqiqotlarning o’tkazilishi namoyon bo’ldi.
Kont tomonidan sotsiologiyaga asos solingan davrdan boshlab XX asrning 20yillariga qadar sotsiologiyada makrosotsiologik tadqiqotlar ustuvor bo’lgan. Bu davrda yaratilgan barcha sotsiologik bilim umumnazariy bilimlardan iborat bo’lgan. Mikrosotsiologik yo’nalishning Shakllanishi tahminan XX asrning 30 yillaridan boshlangan. Bu Shartli ravishda mazkur asrning 20-30yillarida AQSHda boshlangan ijtimoiy jarayonlar bilan bog’liq edi. Iqtisodiy inqiroz, buyuk depressiya, yirik Shaharlarda gettoning paydo bo’lishi, ko’p sonli sotsial anomaliyalarning paydo bo’lishi (alkogolizm, tilamchilik, jinoyatchilik) kabilar mikrosotsiologik tadqiqotlar, ya’ni empirik tadqiqotlarning rivojiga sabab bo’ldi. Mikrosotsiologiyaning paydo bo’lishidan so’ng sotsiologlarning aksariyati jamiyatda kuzatilayotgan sotsial muammolarni o’rganish davomida ularni makro darajadagi bilimlar, ya’ni umumiy nazariyalar nuqtai nazaridan birgalikda o’rganmay qo’ydi. O’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar asosan mikro darajada amalga oshirilib, pragmatik yo’nalishda, ya’ni tor doiradagi aniq sotsial muammoni echishga qaratilgan bo’lgan.
Ammo makrosotsiologiya ham avvalgi shijoati bilan bo’lmasada o’zining rivojlanishida davom etgan. P.Sorokin va T. Parsonsning ijod namunalari bunga misol bo’ladi.
XX asrning 60 yillari so’ngida strukturaviy – funksionalizmning makro va mikro darajadagi sotsiologik bilimlarni bir yaxlit tizimga birlashtira olmaganligi ularning qat'iy ravishda bir-biridan ajralishiga olib keldi. Fanda yuzaga kelgan mazkur holat butun dunyo olimlarining makro- va mikrosotsiologiyaning integratsiyasi masalasida izlanishlar olib borishga rag’batlantirdi.
R.Mertonning mazkur yo’nalishda olib borgan izlanishlari taxsinga sazovor. U o’zining ustozlaridan (P.Sorokin, T.Parsons) farqli ravishda Yevropa nazariy sotsiologiyasining AQSHda tarqalishiga o’z hissasini qo’shgan. Uning fikricha, Yevropaning nazariy sotsiologiyasi va AQSHning amaliy tadqiqotlari birlashishi sotsiologiyaning mukammallashuviga olib keladi. U nazariya va amaliyotning integratsiyasi tarafdori bo’lgan. Shu maqsadda Merton “o’rta daraja nazariyasi”ni yaratgan. Olimning “o’rta daraja nazariyasi” kundalik hayotdagi sotsial muammolarni tadqiq etish davomida yuzaga keluvchi kichik ishchi gipotezalar bilan umumsotsiologik nazariyalar o’rtasidagi oraliq bo’g’inni tashkil etishi kerak bo’lgan. Shunday qilib, Merton “o’rta darajadagi sotsiologiya”ni yaratdi hamda makro va mikrosotsiologiyani o’zaro uzviy bog’ladi.
Bugungi kunda mahsus sotsiologik nazariyalar yoki o’rta darajadagi nazariyalar amaliy tadqiqotlar asosida shakllantirilib, umumsotsiologik nazariyalarni to’ldirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birgalikda reallik bilan uzviy bog’liq bo’lgan empirik sotsiologiyani rivojlantirishga o’z hissasini qo’shmoqda.
Mikrosotsiologiya insonlarning kundalik hayotidagi o’zaro sotsial muloqotlarini (interaksiya, o’zaro munosabatlar) o’rganadi. Mazkur yo’nalish tarafdorlari sotsial hodisalarning mazmunini mazkur hodisalarga insonlarning o’zaro munosabatlarga kirishganidan so’ng bergan ma’nolarini o’rganib tushunish mumkin, deb hisoblashadi. Ularning asosiy e'tibori individlarning xulq-atvori, qilmishlari va motivlariga qaratilgan. Chunki insonlarning xulq-atvori, motiv va xatti-harakatlari jamiyatdagi shaxslararo o’zaro harakatga ta’sir ko’rsatib, jamiyatning barqarorligi va unda kechuvchi o’zgarishlarda o’z aksini topadi.
Sotsiologiyada ayirboshlash nazariyasi (Dj.Xomans), etno-metodologiya nazariyasi (G.Garfinkel), belgili interaksionizm nazariyasi (G.Blyumer) namoyondalari mikrosotsiologik tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlashgan.
A.M.Rumyantsev va G.V.Osipov 60-yillar so’ngida sotsiologiya strukturasini tahlil qilish natijasida sotsilogik bilimlarni umumsotsiologik nazariya; jamiyat sotsial strukturasi nazariyasi; turli sotsial tizimlar nazariyalari; empirik darajalarga ajratgan7
Xulosa qilib aytish mumkinki, XXasr 70yillari oxiri - 80yillar boshlaridan boshlab butun dunyo olimlari orasida sotsiologiyaning uch darajali strukturasi kontseptsiyasi (makro, mikro va o’rta darajadagi sotsiologiya) keng tarqaldi.



Yüklə 151 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə