4-mavzu: tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiyaning umumiy metodlari va turlari. Mashg‘ulot rejasi


Shaxs ongini shakllantirish (ishontirish) metodlari



Yüklə 97,88 Kb.
səhifə5/30
tarix28.11.2023
ölçüsü97,88 Kb.
#136432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Maruza 2

Shaxs ongini shakllantirish (ishontirish) metodlariga quyidagilar kiradi: hikoya, tushuntirish, izohlash, ma‘ruza, etik suhbat, nasihat, o‘git, ko‘rsatma, munozara, namuna
Bu guruhga mansub metodlarning mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim.
Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan metoddir. Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Suhbat. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirchan metod hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o‘quvchilari uchun dolzarbligi, o‘quvchilarning suhbat mazmuniga bo‘lgan munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur.
Hikoya. O‘quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o‘tmishi, tabiiy boyliklar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari – radio, televidenie, gazeta va jurnallar sahifalarida hamda Internet matbuotida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o‘quvchilar uchun qimmatli material bo‘lib xizmat qiladi. Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda, ular tushunadigan so‘zlar vositasida adabiy tilda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o‘quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning natijasida o‘quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar.
Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.
O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, yoshlarga kattata‘sirko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar.

Yüklə 97,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə