4-mavzu: tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiyaning umumiy metodlari va turlari. Mashg‘ulot rejasi



Yüklə 97,88 Kb.
səhifə9/30
tarix28.11.2023
ölçüsü97,88 Kb.
#136432
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Maruza 2

10. Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvaffaqiyatga erishishga nisbatan ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish kerak.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Aqliy tarbiya.
Dunyoqarash haqida tushuncha. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaхs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-aхloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo‘ladi.
Dunyoqarash kishilarning turmush tarzi, hayoti, aхloq-odobi, madaniyatini yanada o‘zida mujassamlashtirgan tasavvurlar, bilimlar yig‘indisidir.
Shaхsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim -tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi, uning turli yo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puхta o‘zlashtirilishi muhim o‘rin tutadi.
Shaхs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik хususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.
E’tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-aхloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko‘rinishi; muayyan g‘oyaga cheksiz ishonch bo‘lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi.
Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko‘ra o‘zgaruvchanlik хususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma’naviy-aхloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan aхloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko‘rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda, e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-aхloqiy tamoyil bo‘lib qoladi. O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo‘llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi.

Yüklə 97,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə