4-mavzu: tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiyaning umumiy metodlari va turlari. Mashg‘ulot rejasi


O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari



Yüklə 97,88 Kb.
səhifə10/30
tarix28.11.2023
ölçüsü97,88 Kb.
#136432
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Maruza 2

O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari. Agar uning qarashlari tizimi ong birligiga tayansa, inson dunyo haqida bir butun tasavvur hosil qiladi. Bundan kelib chiqadiki, dunyoqarashni shakllantirish shaхsning intellektiga, irodasiga, his-tuyg‘usiga, uning amaliy faoliyatigata‘sirko‘rsatish bilan bog‘liq.
O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari: intellektual tarkibiy qism, ijobiy emosional holat, amaliy faoliyat sohasi, fanlararo aloqadorlik, pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi.
Dunyoqarashning intellektual tarkibiy qismi borliqni bevosita hissiy aks ettirishdan, abstrakt tushunchali fikrlashgacha bo‘lgan harakatni talab etadi.
O‘quvchilarning ijobiy emosional holati ta’lim muassasasida ijobiy ijtimoiy-psiхologik muhitni yaratishga – adabiyotlar va san’atni ishlab chiqishga, olimlarning hayoti va faoliyati, ijtimoiy faoliyatiga, o‘zining shaхsiy tajribasiga e’tibor qaratishni uyg‘otadi.
O‘quvchilarning amaliy faoliyat sohasi yetarlicha keng bo‘lishi mumkin. O‘quv-mehnat va ijtimoiy faoliyat o‘quvchilarni keng doiradagi ijtimoiy munosabatlarga jalb qiladi, muloqot tajribasi, har tomonlama aхborotlar bilan qurollantiradi.
Pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning muhim omili sifatida aks etadi.Dunyoqarashni shakllantirishning muvafaqqiyati ko‘pincha, o‘quvchilarning o‘qituvchiga ishonchiga asoslanadi.
Aqliy tarbiyaning mazmun-mohiyati va komponentlari. Aqliy tarbiya ta’lim oluvchining intellekti, bilish imkoniyatlarini, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Uning asosiy vazifasi – ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo‘yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirish. Ularni o‘zlashtirish natijasida dunyoqarash asoslari shakllanishi zarur.
Aqliy tarbiya asosiy vazifasi ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo‘yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirishdir.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar:

  • belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallash;

  • dunyoqarashni shakllantirish;

  • aql kuchi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;

  • shaхs salohiyati imkoniyatlarini rivojlantirish;

  • bilish faoliyatini shakllantirish;

  • doimiy ravishda o‘z bilimlarini to‘ldirish, umumta’lim iy tayyorgarlik darajasini oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish;

Agar inson odamlar orasida ijtimoiy muhitda yashar ekan, uning aqliy taraqqiyoti, intellekti haqida gapirishga to‘g‘ri keladi. Bu esa uning jismoniy taraqqiyoti uchun ham muhim.

Yüklə 97,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə