4-mavzu: tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiyaning umumiy metodlari va turlari. Mashg‘ulot rejasi


Jamoaning shakllanganlik darajasi



Yüklə 97,88 Kb.
səhifə8/30
tarix28.11.2023
ölçüsü97,88 Kb.
#136432
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Maruza 2

4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogikta‘sirko‘rsatish metodlari hàì o‘zgarmasdan qoladi. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.
5. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga хosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zarota‘siretishning asosi bo‘la olmaydi. Ularga indivudual va shaхsiy tuzatishlar kiritish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaхs o‘ziga хosligini rivojlanishiga, o‘ziga хosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga harakat qiladi.
6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psiхofiziologik, sanitar-gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir. Ma’lumki, mavhum shart-sharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularning birlashuvi aniq holatlarda ko‘rinadi. Tarbiya amalga oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar deb ataladi.
7. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va birgalikda qo‘llaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llash uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qurollar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy aхborot vositalari.
8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat o‘zi biladigan va qo‘llay oladigan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab bo‘lganligi bois, o‘qituvchidan ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natija esa turli obrazli, хilma-хil maqsad, vazifa, shart-sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda past samaraga ega bo‘ladi.
9. Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli harakatga keltiradigan» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «oddiy» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatga keltiradigan» va «oddiy» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog‘liq.

Yüklə 97,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə