4. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini yig‘ishni tashkil qilish


-rasm. Temir-tersak va chiqndilarni saralash uchun mexanizasiyalashtirilgan stol



Yüklə 4,63 Mb.
səhifə4/16
tarix26.10.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#131757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Metallarresiklingi4-bob

4.2-rasm. Temir-tersak va chiqndilarni saralash uchun mexanizasiyalashtirilgan stol:
1-qabul qilish bunkeri; 2-tayanch g‘ildirak; 3-stol; 4-qo‘zg‘aluvchan to‘siq; 5-elektrdvigatel; 6-reduktor; 7-harakatlanuvchan quvur.

Saralash konveyrlarida (4.2-rasm) mayda zarrachalar bilan aralashmagan, nisbatan yirik temir-tersak va chiqindilarni saralanadi. Platinkasimon konveyer bir vaqtning o‘zida bunkerdan xom ashyolarni uskunaga tushirish, navlarga ajratish va saralangan temir-tersak va chiqindilarni sig‘im yordamida tashish uchun xizmat qiladi. Yuklanishni chegaralovchi - konveyrni ishlab chiqarish unumdorligini o‘zgartiradi va saralashga tushayotgan temir-tersak va chiqindilarni yirikligini nazorat qiladi. Chegaralovchining panjaralarini ochilish chegarasi 500 mm ni tashkil qiladi. Tasmasining eni 800 mm bo‘lgan konveyr 1,25-3,75 m/min tezlikda harakatlanadi va uning ishlab chiqarish unumdorligi 10 t/soatni tashkil qiladi.



(a)

(b)
4.3.(a,b)-rasm. Saralash konveyeri
Bundan tashqari ikkilamchi metallurgiya korxonalarida navlarga ajratishning eng samaralilari quyidagichadir: navlarga ajratish maydonchasida mashinasozlik va turli ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlangan detallarni rasmi, detallarning yasashda ishlatiladigan metallarning turi, ularning miqdori, markasi ko‘rsatilgan albomlar va stendlar tayyorlanadi. Bu ko‘rgazmali stendlarga va albomlarga qarab navlarga ajratish eng samarali, aniq va arzon usul hisoblanadi. Bundan tashqari qora metall temir-tersaklari va chiqindilarini navlarga ajratishning ayrim usullari keyingi bo‘limlarda keltirilgan.
Har qanday katta o‘lchamdagi (hajmi va og‘irligi) temir-tersaklar va chiqindilarni birlamchi ishlov berishdan oldin, keyingi jarayonlarda ularni ishlatish uchun mayda bo‘laklarga bo‘linadi. Bu bo‘lishni qo‘l bilan qirqish, olovli va mexanik usullar bilan bajarish mumkin. Qo‘l bilan qirqish unumdorligi juda past, shuning uchun ayrim hollardagina qo‘llanadi.


Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə