4. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini yig‘ishni tashkil qilish



Yüklə 4,63 Mb.
səhifə5/16
tarix26.10.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#131757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Metallarresiklingi4-bob

4.4-rasm. Metallni mexanik qirqish
Keng qo‘llaniladigan usul bu olovli qirqishdir. Metallarni olovli qirqish ularni kislorodda yonish xususiyatiga asoslangan. Olovli qirqishda metall erish haroratigacha qizdiriladi, bunda metall texnik toza kislorod muhitida yona boshlaydi. Olovli qirqish faqat ma’lum xususiyatli metallarni kesishda ishlatiladi. Metalni kimyoviy tarkibi - olovli kesishda asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Po‘lat tarkibida uglerodni miqdori 0,7 foizdan ortsa, jarayon tezda yomonlashadi, 1-1,2 foiz bo‘lsa, ularni qirqish mumkin bo‘lmay qoladi. Tarkibida 4 foizgacha marganets bo‘lgan po‘latlar yaxshi qirqiladi, 15 foizdan ortsa, qirqish jarayonini bajarib bo‘lmaydi. Agar po‘lat tarkibida uglerod va 4 foizgacha kremniy bo‘lsa, uni qirqish qoniqarli bo‘ladi. Lekin kremniyni yuqori miqdorda qirqish jarayoni tezda yomonlashadi, chunki bunda shlaklarni qovushqoqligini oshiruvchi qiyin eruvchan kremniy oksidi hosil bo‘ladi.
Temir-tersaklarni olovli qirqishni effektivligini oshirish uchun turli xil yonilg‘ilar va materiallar qo‘llaniladi. Bularga asetilen, propan-butan, koks, tabiiy gazlar, yoritish kerosinlari, kislorod, siqilgan havo kiradi. Lekin bu usulda metall isrof bo‘lishi ko‘p bo‘ladi.

4.5-rasm. Kislorodli qirqish

Shuning uchun ko‘pgina ikkilamchi metallurgiya korxonalarida mexanik qirqish usullaridan foydalaniladi. Bu usulga quyidagilar kiradi:


1. Qaychi yordamida qirqish.
2. Plazmali-yoyli aligatorlarda qirqish;



4.6-rasm. Qaychi yordamida qirqish

4.7-rasm. Plazmali-yoyli aligatorlarda qirqish
Plazmali-yoyli aligatorlarda qirqishda ish unumdorligi olovli qirqishdan ko‘ra 3-4 marta yuqori bo‘lgani uchun, yirik gabaritli temir-tersaklar va chiqindilarni bo‘laklashda keng qo‘llanilmoqda.


4.4. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini yirikligi bo‘yicha saralash va elektromagnit ajratish
Yirikligi bo‘yicha saralash jarayoni temir-tersak va chiqindilarni mayda va yirik bo‘laklarga ajratish kerak bo‘lgan hollarda olib boriladi. Xom ashyoni birlamchi ishlov berish jarayonida yirikligi bo‘yicha saralash g‘alvirlarda olib boriladi. Xom ashyoni g‘alvirlash quruq va ho‘l bo‘lishi mumkin. Ishlash prinsipi bo‘yicha g‘alvirlar qo‘zg‘almas, tekis tebranuvchan, barabansimon va inersion turlarga bo‘linadi. Bularni tanlashda ishlov berilayotgan xom ashyoni xususiyati va g‘alvirlash mahsulotlariga qo‘yiladigan talabga e’tibor beriladi.
Qo‘zg‘almas g‘alvirlar 50 mm dan katta bo‘lgan materiallarni ajratib olish uchun qo‘llaniladi. Bularga boshoqsimon g‘alvir va gorizon­tal panjaralar kiradi. Bu g‘alvirlar 30 % qiyalikda o‘rnatiladi. Bu tipdagi g‘alvirlarni effektivligi, foydaliligi 65,0 foizdan oshmaydi.
Barabansimon g‘alvirlar yirik va o‘rtacha g‘alvirlash uchun foydalaniladi va 25 mm dan katta bo‘lmagan zarrachalar panjarada o‘tadi. G‘alvirni effektivligi 60-70 foizni tashkil qiladi. Baraban g‘alvirlar - teshikli, silindr yoki konussimon aylanuvchan shaklda bo‘ladi (4.8-rasm).




Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə