4. «Minglik» mavzusida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi



Yüklə 71,68 Kb.
səhifə1/16
tarix21.10.2023
ölçüsü71,68 Kb.
#129643
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1, Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari


4. «Minglik» mavzusida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.
1000 ichida sonlarni nomerlashni o`rganishda o`qituvchining vazifasi o`quvchilarni quyidagilarga o`rgatishdan iborat:
a) narsalarni bittalab, o`ntalab, yuztalab gruppalarga birlashtirib sanash;
b) 1000 ichida sonlarni o`qish va yozish, hamda ularning natural qatorda kelish tartibini bilish;
v) sonlarni yuzlik, o`nlik va birliklardan hosil qila olish;
g) o`ngdan chapga hisoblanganda birlik, o`nlik va yuzliklar qaysi o`ringa yozilishini aniqlash;
d) sonni xona qo`shiluvchilarining yig`indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish;
1000 ichida sonlarni og`zaki nomerlashni 5 bosqichga bo`lishi mumkin.
I. Tayyorlash ishi. Bu bosqichning asosiy vazifasi 100 ichida nomerlashga doir materialdan 1000 ichida sonlarni nomerlashga yordam beradigan qismini takrorlashdan iborat:
1) Sonlarni tartib bilan sanang; 15…, 26…, 67…;
2) Sanashni davom ettiring; 86, 87…, 60, 70…;
3) 7 o`nlik va 2 birlikdan iborat sonni ayting, undan oldingi va keyingi sonni ayting. Bu sonni yozish uchun nechta raqam kerak bo`ladi? 72 sonini qanday xona qo`shiluvchilarining yig`indisi bilan tasvirlash mumkni?
4) 69 soni qanday qo`shni sonlar orasida turadi?
5) 10 sonidan boshlab, bittalab, (5,10) qo`shib sanang.
6) 100 da nechta o`nlik bor? O`nlik yuzlikdan nechta marta kam?
7) Birinchi xonaning 3 birligi va ikkinchi xonaning 5 birligidan iborat sonni ayting.
8) 50, 100 sonlarining yozilishida nechta raqam qatnashadi?
II. Bu bosqichda o`quvchilarni yangi sanoq birligi – «yuzlik» bilan tanishtirish kerak. Buni ko`rsatma qo`llanmalar, jumladan cho`plar, cho`plar dastalaridan foydalanib amalga oshirish mumkin. Yangi sanoq birligi « yuzlik » bilan tanishtirish quyidagicha bajariladi:
O`quvchi 1 dan 10 gacha alohida cho`plarni sanaydi va 10 ta cho`pni ryezina bilan bir bog` - o`nlik qilib bog`lanadi. So`ngra o`qituvchi oldindan tayyorlab quyilgan 9 bog` «o`nlik» cho`plarni oladi. Boshqa o`quvchiga 10 talab sanashni buyuradi. (1 o`nlik, 2…,). Bu dastalarda qancha birlik borligini aniqlaydi. (10, 20).
Shundan keyin 10 bog`-o`nliklar ryezina bilan bir bog`-yuzlik qilib bog`lanadi. O`qituvchi oldindan tayyorlangan 100 lik bog`lamlardan 100 talab sanashni o`zlashtirishda foydalaniladi. O`quvchilar e'tiborini sonlar (100,200…) qanday hosil bo`lishiga qaratib, o`quvchilarga 5 yuzlikni, 7 yuzlikni qanday atash mumkinligini mashq qiladilar.

Bundan tashqari, 1000 ichida sonlarni nomerlashni o`rganishda «kvadrat va poloskalar» dan ham foydalanish mumkin. Qo`llanmani o`quvchilar o`zlari tayyorlashlari mumkin. Bunda birliklar kvadratlar bilan belgilanadi, o`nliklar har qaysisida 10 tadan kvadrat bo`lgan poloskalar bilan belgilanadi, yuzliklar esa har birida 10 tadan poloskalar bo`lgan kvadratlar bilan belgilanadi:
III. Bu bosqichda 100 dan 1000 gacha bo`lgan sonlar bilan tanishtiriladi. O`quvchilar 0 lar bilan tugaydigan (100, 200,…900) uch xonali sonlar bilan oldindan tanish bo`lganligi uchun har ikki qo`shni sonlar orasidagi bo`shliqni to`ldirish kerak.
Shu maqsadda eng oldin qatorda navbatdagi har bir son qanday hosil bo`lishini, bir necha mashq bajarish yo`li bilan takrorlash kerak.
a) Yuzlikda nechta birlik bor? 4 yuzda-chi?
b) 100 da nechta o`nlik bor? 400 dachi?
v) 1000 da nechta yuzlik bor? 5000 dachi
g) 200 so`mda necha tiyin bor? 300 so`mdachi?
d) 200 sm necha metrni tashkil qiladi? 600 sm chi?
Shundan keyin bolalarga qatorga 100 sondan keyin keladigan sonlarning hosil bo`lishini (101, …) ko`rsatish kerak, hamda bir sondan ikkinchi songa o`tishning qiyin hollari… 198, 199, 200, 201… hollarini oydinlashtirib olish kerak.
Ko`rsatma qo`llanma sifatida “ming lyentasi” va rulyetkadan ham foydalanish mumkin.
IV. Bosqichda uch xonali sonlar o`nli tarkiblarini, ya'ni ularning yuzliklaridan, o`nlik va birliklardan hosil bo`lishini qarash kerak. Ko`rsatma qo`llanma sifatida «cho`p va cho`plar dastasi», «kvadratlar va poloskalar» dan foydalanish mumkin. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga 3 ta kichkina kvadrat (birlik) 2 ta poloska (o`nlik), 5 ta katta kvadrat olishni buyuradi va hosil bo`lgan sonni aytishni so`raydi. (523) yoki tyeskari mashqlar bajariladi: 231 aytiladi, o`quvchilar tegishli poloska va kvadratlarni qo`yishadi.
Bu mashqlarni bajarish natijasida o`quvchilar quyidagicha savollarga javob berishni o`rganib olishlari kerak:
1) Quyidagilardan iborat sonni ayting. 4 yuzlik 5 o`nlik 2 birlik.
2) 452 sonida nechta yuzlik, o`nlik va birlik bor?
Shuni nazarda tutish kerakki, ayrim xonalarda raqamlari yo`q sonlar o`quvchilarga qiyinlik qiladi. (501, 804, 600…).
Mustahkamlash uchun «Jonli nomerlash» o`yinidan foydalanish maqsadga muvofiq: Doskaga uchta o`quvchi chiqadi, ular qator bo`lib turishadi. Ularning har biriga raqamlar nabori beriladi. Birinchi o`quvchi yuzlik sonni, ikkinchi o`nlik sonini, uchinchi o`quvchi birliklar sonini ko`rsatishi kerak. Masalan, o`qituvchi 308 sonini aytadi. O`quvchilar esa mos ravishda 3, 0, 8 raqamli kartochkani ko`tarishadi.
V. Yirik birliklarda ifodalangan sonlarni maydaroq birliklarda ifodalangan sonlar bilan almashtirish va aksincha almashtirishga bog`liq bo`lgan mashqlar ham uch xonali sonlarni o`nli tarkibini o`zlashtirishga yordam beradi:
1) 2 m necha sm ga teng? 3 m chi?
2) 400 sm necha m ga teng?
Shu bosqichda o`quvchilarni biror berilgan uch xonali sondagi birliklarning umumiy sonini, o`nliklarning umumiy sonini aniqlashga o`rgatish kerak. Ko`rgazmalilikdan foydalanib, 257 sonida 5 ta alohida o`nlik borligi, ammo hamma o`nliklarni hisoblasak, ya'ni yuzliklardagi o`nliklarni ham hisoblasak, u holda berilgan sonda 25 ta o`nlik bor ekanligini tushuntirish kerak. Birliklar ham shunday tushuntiriladi.
Yozma nomerlash. Uch xonali sonlarni yozma nomerlashga tayyorlash maqsadida ikki xonali sonlarni yozma nomerlashni takrorlash kerak. «Son», «Raqam» raqamlarning o`rin qiymati, xona birligini takrorlovchi bir qancha mashqlar bajariladi. Uch xonali sonlarni yozma nomerlashni o`rganishga oid ishni demonstratsion jadvalda kvadratlar yoki cho`plar yordamida tasvirlarini qarashdan boshlash kerak. Bunda cho`plar va kvadratlar tegishli xona nomlari tagiga qo`yiladi. Masalan, 235 sonini tasvirlash uchun «yuzlik» grafikasi 2 ta katta kvadratni, «o`nlik» grafikasiga 3 ta poloskani va birliklar grafikasiga 5 ta kichik kvadratni joylashtirish kerak.
Shu joyning o`zida sonlarni sonli kartochkalar yordamida tasvirlashni o`rgatish kerak. O`quvchilarda 0, 1, 2,…9, 10, 20… 90, 100, 200…900 sonlari yozilgan kartochkalar nabori bo`lsa, undan foydalanib 637 sonini tasvirlash uchun 600 soni yozilgan kartochka olinadi, uning yoniga 30 soni yozilgan kartochka 2 ta nolni berkitadigan qilib qo`yiladi, uning ustiga 7 raqamli kartochka 30 raqami nolini berkitadigan qilib qo`yiladi.
300+8, 740-40, 960-900, 400+0+ kabi misollarni kartochkalardan foydalanib yechish mashqlari bajariladi.
Bir xonali, ikki xonali sonlar deb qanday sonlarni aytishni takrorlab, so`ngra uch xonali son tushunchasi bilan tanishtiriladi. Sonlarni yozilishida nollarga ko`proq e'tibor beriladi. Nol raqami biror xona birligi yo`qligini bildirishi aniqlashtiriladi. O`quvchilar 1, 2, va 3 - xona birligi tushunchasi bilan tanishadi. O`ngdan chapga hisoblaganda yuzliklar uchinchi o`ringa yozilishi bilib olish kerak. 1000 soni yozilishi ko`rsatiladi.
Mustahkamlash maqsadida quyidagicha mashqlarni bajarish lozim:
1) Sonlarni yozing, o`qing. 1986, 408, 699, 700, 1000.
2) Uch yuz bir soni yozilishini tushuntiring.
3) 696 bilan 703 sonlari orasidagi sonlarni yozing.
4) 5,7,9 raqamlari yordamida yozish mumkin bo`lgan hamma uch xonali sonlarni yozing, har bir sonni yozishda raqamlardan faqat bir marta foydalaning.
5) Ushbu 635, 63, 306, 666 sonlari yozilishida 6 raqami nimani bildiradi?
6) 6 yuzlik 1 birlikdan iborat sonni yozing.
1-mavzu:Boshlang’ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomеrlashga o’rgatish mеtodikasining umumiy masalalari. Konsentrlar bo`yicha raqamlash va nomerlashni o`rgatish metodikasi.

Yüklə 71,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə